Ekonometrik modellashtirish asoslari


 Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#134618
1   2   3   4   5   6   7
Ekonometrik modellashtirish asoslari (1)

3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi
o‘zgaruvchilar
Iqtisodiyotda qonuniyatlar iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zaro aloqasi
sifatida nomayon bo‘ladi.


2. Bir vaqtli tenglamalar tizimi. 


Bu modellar tizimli tenglamalar ko‘rinishida bo‘ladi. Tizim
regression tenglamalardan iborat bo‘lishi mumkin va har biri erkin
o‘zgaruvchi omillardan tashqari boshqa tenglamalardagi bog‘liq bo‘lgan
o‘zgaruvchilardan tuzilgan bo‘lishi mumkin.Amaliyotda bunday tizimlarning
rekursiv ko‘rinishga keltiriladi.Buning uchun oldin bog‘liq bo‘lgan
ko‘rsatkichlar (o‘zgaruvchilar) topiladi va ular faqat erkin o‘zgaruvchilarga
bog‘liq bo‘ladi. Keyinchalik erkin o‘zgaruvchilar va topilgan bog‘liq bo‘lgano‘zgaruvchilar aniqlanadi. Shunday qilib har bir Y
faqat erkin o‘zgaruvchilar va tizimda aniqlangan o‘zgaruvchilardan iborat bo‘ladi. Tizimli ekonometrik tenglamalar oddiy regression tenglamalardan farqli o‘laroq
murakkab matematik apparatni talab etadi.
3. Vaqt qatorlari modellari. 
Ma’lum ko‘rsatkichni vaqt bo‘yicha ketma-ket joylashtirilishi vaqtli
qator deb ataladi. Tadqiq qilinayotgan o‘zgaruvchining qiymatlari qator
darajasi deb ataladi. Vaqt qatorlari modellarda faqat bitta erkin o‘zgaruvchi
t -vaqt bo‘ladi va ular bir omilli modellardir.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan tashkil topgan vaqtli qatorlarda quyidagi
tarkibiy elementlar:trend,mavsumiy,siklik va tasodifiy komponentlarni
aniqlash mumkin. Trend deb jarayondagi uzoq muddatli barqaror va
takrorlanuvchi komponentga aytiladi.
Masalan:vaqt oralig‘ida maxsulotning
sotish hajmining uzluksiz oshishi, maxsulot ishlab chiqarishning o‘zgarishi
va h.k.
Iqtisodiy jarayonlarning vaqtli qatorlar trendining atrofida
doimiy tebranuvchi komponenta bo‘lishi mumkin. Agar u davriy bo‘lib yil
davomida tebranib tursa uni mavsumiy tebranishlar deyiladi. Agar
tebranish bir necha yil davomidadavom etsa uni siklik tebranish deb
ataymiz.Trend mavsumiy va siklik komponentlar doimiy bo‘lsa ularni
vaqtli qatorlarning tizimli komponenti deyiladi. Vaqtli qator doimo bu
komponentlarga ega bo‘lishishart emas. Siklik tebranishlardan tashkil topgan ekonometrik modellarni additiv yoki multiplikativ shaklda yozish mumkin.
Vaqtli modellarga shuningdek ko‘p miqdordagi murakkab additiv
prognoz va avtoregression modellarni kiritish mumkin.


Ekonometrik modellarning malumotlar turi:
Makon bo‘yicha- malum davrda har xil obektlar bo‘yicha malumotlar,
masalan: Mintaqa korxonalarining ishlab chiqarish hajmi, ishchi
xizmatchilar soni.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə