Energetika va atrof muhit



Yüklə 37,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü37,23 Kb.
#164886
  1   2
Energetika va atrof muhit



20-MAVZU 
ENERGETIKA VA ATROF – MUHIT. 
 
Toza energiyani axtarish: Energetikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi juda ko‘p 
muommalarni keltirib chiqarmoqda . Ulardan biri – insoniyat energetik «Ochlikka» mubtalo 
bo‘ladimi? Bu savolga – «yo‘q», energiya taqchilligi insoniyatga xavf solmaydi, chunki er 
yuzida energiya zahiralari etarli deb javob qaytarish mumkin. Atom va termoyadro energetikasi, 
insoniyatni bir necha o‘n ming yilliklarda energiya bilan ta’minlash qobiliyatiga egadir. 
Ikkinchi muomma – energetikani yanada rivojlanishiga yo‘l qo‘yish mumkinmi? Ba’zi 
mutaxassislarning fikricha – «yo‘q». Elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko‘paytirishni 
to‘xtatish zarur, uning o‘rniga, uni tejab samarali foydalanishni va energiya manbalarini 
tejashni ham amalga oshirish zarur, bo‘lmasa sivilizatsiya halokatga uchrashi mumkin.
Boshqalarning fikiriga ko‘ra, energetikaning rivojlanishi, tabiat va insoniyatga
quyidagicha, potensial xavf etkazishi mumkin:

atmosferaning ifloslanishi;

suv havzalari va daryolarning isishi;

planeta landshaftining izdan chikishi;

dunyoning ba’zi rayonlarida iqlimning o‘zgarishi;

erning isib ketishi;

muzlarning erishi;

okean sathining ko‘tarilishi va boshqalar. 
Ammo bularning barchasi bilan kurashish va ularni bartaraf qilish mumkin. Energiyani katta 
masshtabda qo‘llashdan, rivojlangan sanoatdan va qishloq xo‘jaligidan voz kechish
insoniyatning ko‘p qismini o‘limga mahkum qiladi. Energiyasiz sanoat ishlab chiqarish usuli, 
tabiatga yanada salbiy ta’sir ko‘rsatadi (Masalan, o‘g‘itlarsiz va irrigatsiya usulisiz haydaladigan 
erlar va o‘tloqlar nobud bo‘ladi).
Tuproq unumdorligini oshirish (o‘g‘itlar va irrigatsiya), erlarni cho‘lga aylanishiga qarshi 
kurash, suv bilan ta’minlash (Odamlarni, erlarni, sanoatni), gidrotexnik inshootlar va 
boshqalarni qurishni energiyadan foydalanmasdan amalga oshirish mumkin emas. 
Energetikaning salbiy oqibitliridan:birinchisi-havo basseynining ifloslanishi (oltingugurt 
oksidi – SO2, ugleroda oksidi – SO2, azot oksidi – RO2, va uglevodorodlar bilan). Asosan 
kislarod va azotdan tashkil topgan er shari atmosferasining og‘irligi 
tonnaga tengdir. Bu 
massaga kelib qo‘shiladigan qandaydir 100 mln. tonna boshqa moddalar uning tarkibiga 
o‘zgartirish kirita olmagandek tuyuladi. Ammo bunday emas. Masalan, oltingugurt oksidining 
odam uchun mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi – 30 qism oltingugurt oksidiga 1.000.000.000


qism havo aralashishi zarur. SHaharlarda oltingugurt oksidi 15-20 qismga to‘g‘ri kelmoqda. Bu 
inson salomatligini yomonlashuviga va uni sekin – asta o‘limga olib kelishi mumkin. Ko‘mir va 
neft maxsulotlarining yonishi jarayonida hosil bo‘ladigan zaharli gazlardan havoni tozalash 
usullari mukammal bo‘lmaganligi sababli bu masala yanada chuqurlashib bormoqda. 
Ikkinchisi - suv havzalariga issiq tashlamalarni tashlash tufayli atrof-muhit temperaturasining 
ko‘tarilib borishi, bazi bir holatlarda suv havzalarining isishi va unda kislarodning borligi 
sababli, suv havzalarida o‘zidan zararli moddalar ajratuvchi mikroorganizmlarning rivojlanishiga 
qulay sharoit yaratib berilar ekan. SH sababli, elektrostansiyalarni sovutish uchun suv 
resurslarini tejash va sovutishning boshqa usullarini ishlab chiqish hamda tadbiq qilishi orqali 
ham qilinadi 
Uchinchisi- atrof-muhitni isishi natijasida sun’iy energiya zichligining o‘rtacha 1
ga 0,03
vattga tengligi. Ammo quyosh nurlanishining quvvati bu miqdordan 10 ming barobar ortiq 
bo‘lganligi sababli, uning planetaga hech qanday zarari tegmasligi mumkin. Ammo er yuzida 
shunday mamlakatlar borki, ularda sun’iy energiya zichligi katta bo‘lib (masalan, YAponiyada 
1
ga = 2 vatt to‘g‘ri keladi.), atrof - muhitga xavf tug‘dirishi mumkin, chunki u 
mikroiqlimga ta’sir qiladi. 
Sun’iy issiqlikni quyosh nurlari energiyasidan 2-3% ko‘tarilishi; er yuzidagi issiqlik 
balansining buzilishiga va iqlimning keskin o‘zgarishiga olib keladi. Biroq erning isishi asosan 
parnik effekti hodisasiga bog‘liqdir. Parnik effekti –atmosferada hosil bo‘lgan karbonat angidrid 
gazi, qaytarilgan infraqizil nurlarni kosmosga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik hodisasidir. SHuning 
uchun karbanat angdrid gazi konsentratsiyasini belgilangan miqdordan yuqori bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymasligi kerak. 
Boshqa tomondan olib qaraganda, atmosferaning chang bilan qoplani-shi natijasida, er 
shari temperaturasining pasayishi kuzatilmoqda (aniqlashlarga ko‘ra er yuzida muzlash davri, 
erni boshqa planetalardan kelgan zich chang bulutlari bilan qoplanganligi sabab bo‘lgan ekan). 
Qachongacha energetikani rivojlantirish mumkin degan savolga javob berish hozircha mumkin 
emas. Insoniyatning har xil faoliyati natijasida, er sharining har xil rayonlarida iqlim o‘zgarish 
yuz berishi mumkin (masalan, daryo suvlarining ko‘p qismidan sug‘orishda foydalanish, 
bug‘lanishning ko‘payishi, atmosferada energetic balansning qayta taqsimlanishi va boshqalar).
Odamlar o‘zalari hosil qilgan muammaolarni echish yo‘llarini topishlari mumkin, ammo 
bu ishlarni ham energiyasiz amalga oshirib bo‘lmaydi. SHuning uchun «toza energiya» zarurdir. 

Yüklə 37,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə