Fakulteti > kafedrasi > fanidan



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə1/18
tarix28.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#113696
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Faxriddin




OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


JIZZAX PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI




<> KAFEDRASI
<> FANIDAN

Taqlit va modal so’zlarning otlashishi” mavzusida


KURS ISHI


Bajardi: G’aniyev Faxriddin


Ilmiy rahbar: Turanazarova Nilufar
Kurs ishi “Maktabgacha va boshlangʻich yoʻnalishlarida masofaviy taʼlim” kafedrasida bajarildi.
Kafedra mudiri: ____________________
Kurs ishi kafedraning 2023-yil ________ maydagi majlisida himoya qilindi va ___ foizga baholandi.
Komissiya raisi: __________________________________________
A’zolari: ________________________________________________
TOSHKENT 2023

MUNDARIJA




Kirish…………………………………………………………………………….2


I.BOB.Undov taqlid, modal so‘zlarni o‘qitishning ilmiy-metodik va nazariy


asoslari

1.1. Undov taqlid, modal so‘zlar haqida nazariy tushunchalar ……………........6


1.2. Undov taqlid, modal so‘zlarni o‘qitishning ilmiy-metodik adabiyotlarda


yoritilishi………………………………………………………………………..20




II.Ta’lim bosqichlarida modal, undov, taqlid so‘zlarni o‘qitish


usullari

2.1. Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘qitish metodlari……….……….28


2.2.Undov, taqlid va modal so‘zlarni o‘qitishda o‘yin-topshiriqlardan foydalanish………………………………………………………………………39


Xulosa…………………………………………………………………………….69


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….74

KIRISH


Mavzuni o‘rganilganlik darajasi. Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengil-mas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘u bergan: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”1. Shu bois ona tili ta’limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va Adabiyoti Universitetini tashkil qilindi. Umum ta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini, shu bilan birga undov, taqlid,modal so‘larini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z turkumlari haqidagi ta’limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.

. Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanida morfologiya bolimini o‘rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. T.Ziyodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini





  1. Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 176.

oshirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini,2 A.Bobomurodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini3 asos sifatida keltirish mumkin.


Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ona tili darslarining samaradorligi masalasi tadqiq etilgan ilmiy tadqiqotlardan biri bu – Sh.Yusupovaning “Ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish (noan’anaviy usullar va kompyuterdan foydalanish)”4 nomli nomzodlik dissertatsiyasi hisoblanadi. Ishda “Aqliy hujum” metodidan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanib o‘tilgan darslardan namunalar va ularni tashkil qilish yo‘l-yo‘riqlari bayon qilingan. Shuningdek, ishda “Bu bizniki” usulidan foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan.


Sh.Yusupovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakku-rini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari”5 nomli doktorlik dissertatsiyasida ham dars samaradorligini oshirish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmuni yoshlarga falsafiy fikrlashga o‘rgatish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, motivatsiya hosil qilish, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlashga emas, uni ta’limga tatbiq etish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidlaydi. Metodist o‘z ishida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, o‘quvchi tafakkurini o‘stirishda “Aqliy hujum”, “Bu bizniki” metodlarini qo‘llash yaxshi samara berishini olib borgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan izohlaydi.


Ona tili darslarini qiziqarli tashkil etishning eng qulay yo‘llaridan biri o‘yin darslaridir. Ona tili darslarida o‘yin turlaridan foydalanish masalasi metodist A.Bobo-





  1. Зиёдова Т.У. Она тили таълими жараёнида ўқувчиларнинг сўз бойлигини ошириш. Пед. фан.номз. ...

ёзилган дисс. – Тошкент, 1995. – Б. 141.





  1. Бобомуродова А.Я. Она тили таълими жараёнида ўйин-топишмоқлардан фойдаланиш: Пед. фан. номз. ... ёзилган дисс. – Тошкент, 1996. – Б. 146.




  1. Юсупова Ш.Ж. Она тили таълими самарадорлигини оширишда илғор педагогик технологияларни жорий этиш (ноанъанавий усуллар ва компьютердан фойдаланиш): Пед. фан.номзоди ... дисс. – Тошкент,

1998. – Б. 26.





  1. Юсупова Ш.Ж. Ҳозирги ўзбек адабий тили дарсларида ўқувчилар тафаккурини ўстиришнинг илмий-методик асослари: Пед. фан.доктори ... дисс. автореферати. – Тошкент, 2005. – Б. 44.

murodovaning dissertatsion ishida tahlil etilgan.6 U o‘z ishida ona tilining har bir bo‘li-mini o‘rganishda qaysi tildagi va turdagi ta’limiy (didaktik) o‘yin-topshiriqlardan foyda-lanish maqsadga muvofiq ekanligi va buning yo‘llarini ko‘rsatgan. O‘yin usulida darsni yoki darsning ma’lum bir bosqichini tashkil etish, albatta, o‘z-o‘zidan o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, ularni hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga undaydigan ta’lim usuli hisoblanadi. A.Bobomurodova ona tilidan o‘quvchilarga beriladigan o‘yin-topshiriqlarni murakkablik darajasiga ko‘ra uch turga ajratar ekan, birinchi turiga qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlarni kiritadi. Faqat ushbu o‘yinlarning kamchilik tomoni borligini eslatadi: «Qayta xotiralashga asoslangan o‘yin-topshiriqlar o‘quvchidan hech qanday ijodiylikni, egallagan bilimlarni yangi sharoitda qo‘l-lashni, yaratuvchanlikni talab etmaydi. Bunday o‘yin-topshiriqlarni bajarish o‘quv-chiga katta murakkablik tug‘dirmaydi, oldin o‘rganilgan mavzular va muayyan bilimga ega bo‘lgan o‘quvchi bunday topshiriqlarni bemalol bajarishi mumkin»7. Albatta, topshiriqlarni bemalol bajarish uchun bilim, ko‘nikma va malakalar yaxshi egallangan bo‘lishi lozim. Buning uchun esa o‘quvchi o‘zi unutgan narsalarini xotiraga tushirish haqida o‘ylashi, biror yo‘l bilan o‘qib olishi, sinfdoshlaridan eshitib bo‘lsa ham, bila borishi darkor.



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə