Fanidan bajargan mustaqil ishi mavzu: bolajak



Yüklə 106,2 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü106,2 Kb.
#134334
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT GUMANITAR
FANLAR UNIVERSITETI
_____-GURUH
TALABASI_________________________________ning


_______________________________________
FANIDAN BAJARGAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:BOLAJAK BOSHLANG‘ICH SİNİF O’QUVCHİLARNİNG TARİXİY ONGİNİ RİVOJLANTİRİSHDA SHARQ OLİMLARNİNG ASOSLARİDA FOYDALANİSH


BAJARDI: _________________________________
QABUL QILDI: _________________________________
TO’RTKO’L-2023


REJA:



  1. O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari.

  2. Jadidchilik harakati namoyondalarining boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishdagi faoliyatlari.

  3. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni tahlili va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar.



Kirish
Mamlakatimiz taraqqiyotining ko‘p jihatlari olib borilayotgan yoshlar ta’lim- tarbiyasiga oid davlat siyosatiga bog‘liq bo‘lib, unda ta’lim tarbiya sohasida sezilarli sifat o‘zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish asosiy e’tiborda bo‘ladi. Bunday jihatlar uzluksiz ta’lim tizimida qo‘lga kiritilayotgan sifat o‘zgarishlarining mazmun-mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, u ko‘proq boshlang‘ich ta’limga ham tegishlidir. Bunga sabab boshlang`ich ta’limda o‘quvchilar savodxonlik asoslari, hisoblash tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari va shaxs ma’naviyati elementlari bilan qurollantiriladi hamda yuqori sinflarda
o‘rganiladigan fanlar asoslari bilan tanishtiriladi.
Shu sababli ham zamonaviy ta’lim tizimi, uning maqsad va vazifalari mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan muammo yechimiga mos kelishi kerak. Bular zamonaviy ta’lim tizimida millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va boshlang‘ich ta’limda savodxonlik asoslarini puxta egallash hamda hisoblash tafakkurini shakllantirishning innovatsion usullarini yaratishni taqozo etadi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi bo‘lmish boshlang‘ich ta’limdan boshlash ahamiyatli va foydali hamda istiqbolli ekanligi hozirda hech kimga sir emas. Chunki, bu orqali o‘quvchilar jamiyat taraqqiyotining ma’naviy asoslarini egallagan, Vatanning istiqbolini o‘ylaydigan, Vatan ravnaqiga , yurt tinchligiga va xalq farovonligiga munosib hissa qo‘sha olish mumkinligini ongli ravishda his qila oladilar. Bu tabiiyki, boshlang‘ich ta’lim mazmuniga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 1997 yil 29-avgustdagi «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi ma’ruzasida «Agar poydevor mustahkam bo‘lsa (Bu erda boshlang‘ich ta’limga urg‘u berilayapti - mualliflar), imorat baquvvat bo‘ladi (ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi - mualliflar)» degan ko‘rsatmaviy fikrini bildirishi ham boshlang‘ich ta’limning uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki (poydevoriy – fundamental) asosi ekanligi va unga e’tiborni kuchaytirish zarurligini ta’kidlashidir. Bu muammo yechimi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongi va qalbiga ma’naviy va milliy qadriyatlarni singdirish orqali hal qilish mumkin. Bunga sabab mazkur qadriyatlar o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashi va intellektual salohiyatini kengaytirib, ularning tashabbuskorlikka va fidoyilikka hamda ijodkorliklarga bo‘lgan moyilliklarini yanada oshiradi. Bu borada donishmandlarimiz tomonidan qoldirilgan va bizgacha yetib kelgan boy milliy va ma’naviy meroslarimiz hamda umuminsoniy, shu jumladan, milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirishimiz ularning kelajakda ma’naviy barkamol shaxs bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali o‘quvchilarning turli tahdid va salbiy ta’sirlar domiga tushib qolishining oldi olinadi, chunki, ma’naviy jihatdan etuk va intellektual salohiyatli o‘quvchilar hech qachon turli salbiy ta’sirlar domiga tushib qolmaydi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi va ular bilan bog‘liq savodxonlik asoslarining dastlabki ildizlari juda qadimiy tarixga ega, ya’ni ular Zardushtiylar ta’limoti bo‘lmish «Avesto» kitobining paydo bo‘lishi va Urxun Enisey bitiklarining yuzaga kelishi hamda Selenger madaniyatining shakllanishidan buyon to hozirgacha jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bulardan uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichlaridan biri boshlang‘ich ta’lim turli davrlarda turfa ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib kelmoqda. Bunga sabab, Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklar ham jahondagi eng qadimiy xalqlardan bo‘lib, ular orasidan etishib chiqqan olimlarimiz, donishmandlarimiz va allomalarimiz jahon ilm-faniga, jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shganlar. Bular milliy-ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga, ular haqida xolisona (qanday bo‘lsa o‘shandayligicha) fikr bildirishga va qolaversa, mamlakatimizda Mustaqillikka erishishda ma’naviy ozuqa va asos bo‘la oladi.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida xalq pedagogikasi ham millatimizning tarixidek uzoq o‘tmishga, ya’ni eramizdan oldingi ming yilliklarga borib taqaladi. Xususan, Zardushtiylar ta’limoti bo‘lmish, «Avesto» muqaddas kitobining yuzaga kelishi bunga yorqin misoldir, chunki, xalqimizning savodxonlikka intilishisiz inson ma’naviy-marifiy kamolotini yuksaltirish muammosini hal etib bo‘lmaydi.
«Avesto» kitobining muallifi Spitama Zardushtra ta’lim-tarbiya masalasiga katta ahamiyat bergan donishmand bo‘lgan. Buni mazkur kitobdagi quyidagi fikrdan ham bilsa bo‘ladi: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».
Keltirilgan fikrdagi «...yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganish bilan...» - degan talabning o‘zi o‘sha davrda ham boshlang‘ich ta’limga nechog‘lik e’tibor qaratilganligidan dalolatdir. Shuningdek, «Avesto» da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari asosan quyidagicha uchta yo‘nalishda olib borilishi ta’kidlangan:
diniy va axloqiy tarbiya; jismoniy tarbiya;
o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Agar bu yo‘nalishlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bizning ota-bobolarimiz farzandlarini ma’rifatli va ma’naviyatli bo‘lishligini xohlaganligini anglash mumkin. Bunga asos sifatida yuqoridagi yo‘nalishlarni misol sifatida keltirish
mumkin. Ya’ni birinchi yo‘nalishga (diniy va axloqiy tarbiyaga) e’tibor beradigan bo‘lsak, bu to‘liq inson ma’naviyatini ta’minlovchi jihatlardir. Ikkinchi yo‘nalish esa (jismoniy tarbiya) kishi ma’naviyatidagi sog‘lom turmush tarzining ifodasidir va uchinchi yo‘nalish (o‘qish va yozishni o‘rgatish) farzandlarimizning «ma’naviy qashshoq» ligining oldini olishdagi ma’rifiy negizdir.
Bu haqda «Avesto»da yana shunday bir fikr bor: «Tarbiya jamiyatning asosi. Shuning uchun bolalar yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi o‘qishni, yaxshi yozishni bilmog‘i lozim. Bolalarga voyaga yetgan sayin to‘rt narsani yaxshi o‘rgating. Eng avvalo, ko‘chat ekib bog‘ qilishni, uy ro‘zg‘or buyumlarini yasashni, chorvani boqishni hamda ekin ekishni yaxshi o‘rgating, mana shu to‘rt narsani bola yaxshi bilsa xor bo‘lmaydi, farovon hayot kechiradi».
Ota – onalar yetti yoshga yetganda bolalarga muqaddas oq ko‘ylak kiydirib, shu kuni o‘qituvchiga berganlar. Ular eng avvalo, «ezgu fikrga, ezgu so‘zga, ezgu ishga ishonaman» deb quyoshga qarab qasam ichganlar va har kuni besh marta tahorat olib, ustozi bilan birgalikda quyoshga qarab madhiya o‘qiganlar.
Eng qadimgi «Hayot yo‘riqnoma – «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yildan oshib ketdi. Bu muqaddas kitobning yaratilishi va tarqalishi, ya’ni zardushtiylik ta’limoti va undagi diniy-falsafiy aqidalar, pandu nasihatlarni, O‘rta Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, urf-odati va ularni o‘rganish yoshlar ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«Avesto»ning nasihatlari va boy an’analari yoshlarni har tomonlama tarbiyalab, kamolga yetkazuvchi qadriyatlarni qadrlashga chorlaydi. «Avesto»da bayon etilgan aqidalar, dono fikrlar odamlarni ezgulikka chorlovchi pandu- nasihatlar, juda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan qadimgi Xorazmda kurtak yozgan zardushtiylik ta’limoti keyin O‘rta Osiyoga tarqalib uzoq vaqt davlat dini maqomiga ega bo‘lgan. Hozir ham Xoja nulai haqda turli rivoyatlar saqlanib kelinmoqda.
«Avesto»ni o‘rganishning ahamiyati shundan iboratki, u yoshlarimizni Vatanga e’tiqodli, dunyoqarashini teran qilib tarbiyalashda muhim ma’naviy merosdir. Undagi milliy qat’iyatlar orqali, ya’ni Hubbimxo‘janing (U haqda
«Avesto»dagi rivoyatlarda ma’lumot bor, xususan Hubbimxo‘ja o‘sib-ulg‘ayibdi. Shuning uchun uning ota-onasi yurtga osh beribdi. Ular Amudaryo suviga sig‘inib yashabdilar, ulardan «Suvga tupirma» degan gaplar ham o‘sha davrdan hozirgacha yetib kelgan – mualliflar) onasi o‘g‘lini kutib yashagani, uning ishini davom ettirishi va bu orqali odamlarga yaxshilik qilishlik, insofli, diyonatli bo‘lishlikni o‘zlarining insoniy fazilatlari deb bilishlari ham yoshlar ma’naviy tarbiyasida o‘ta muhimdir
Demak, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda
«Avesto» kitobidagi pand-nasihatlar, rivoyatlardan foydalanish mumkin. Ular yoshlarimizning milliy qadriyatlarga va an’analarga qiziqishlarini oshiradi, ilmiy- dunyoviy va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashlarini yuksaltiradi hamda pirovard natijada o‘quvchilar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish jadallashadi. Bu esa
mustaqil mamlakatimizning yetakchi kuchlarining, ya’ni yoshlar tarbiyasi uchun muhimdir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday (ta’lim-tarbiya jarayonini boshlang‘ich ta’limsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bular jamiyat taraqqiyotining mazmun-mohiyatiga mos ravishda yangicha mazmun kashf etib kelindi. Xususan, Zardushtiylar davridan keyin eramizdan avvalgi VI-I asrlardagi savodxonlikka e’tibor beradigan bo‘lsak, unda boshlang‘ich ta’limning elementlari asosan ikki yo‘nalishda amalga oshirilgan, ya’ni yerli xalqlar boshlang‘ich ta’limiga oid dastlabki ma’lumotlar va yunon savodxonligiga asoslangan boshlang‘ich ta’lim elementlari. Ta’lim yo‘nalishining ikkiga ajralishiga sabab o‘sha davrdagi Eron bosqini va undan keyin IV asrga kelib, Markaziy Osiyoni Iskandar Zulqarnayin (Aleksandr Makedonskiy) tomonidan bosib olinishining ta’siri edi.
Eramiz boshidagi, ya’ni I—VIII asrlarda diyorimizdagi boshlang‘ich ta’lim o‘zgacha mazmun-mohiyat kasb etdi, ya’ni oldingi davrlardagi boshlang‘ich ta’lim mazmuni jamiyat taraqqiyotiga mos takomillashib bordi. Bunda asosan boshlang‘ich ta’lim oldingi davrdagi Yunon mutafakkirlarining asarlarini o‘rganishga asoslangan savodxonlik asoslarini egallash qisman kun tartibida qolib, asosan arab alifbosi asosidagi boshlang‘ich ta’lim rasm bo‘la boshladi. Bu davrga kelib masjidlar tashkillashtirila boshlandi. Tarixiy manbalarga qaraganda bundan olti yuz yillar muqaddam Samarqand shahrida Hazrati Xizr masjidi ishga tushirilgan, uni Ko‘k masjid deb ham atalgan. Tabiiyki, bunday joylarda ham boshlang‘ich ta’limsiz savodxonlik asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi.
Tarixda Sharq ma’naviy yuksalishining Oltin davri deb buyuk iz qoldirgan davr Ilk Uyg‘onish va So‘nggi Uyg‘onish davrlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati shunisi bilan ahamiyatliki, bunda dunyoviy va diniy bilimlarga bab-baravar e’tibor qaratildi, marifat-ma’naviyatga intilish va jamoani ezgu niyatlarga, bunyodkorlikka yo‘naltirish insoniyatning asosiy burchi deb qaraldi. Bu davrga kelib, ta’lim tizimi turlari hozirgi ta’lim tizimi turlariga yaqinroq bo‘lgan ketma-ketlikka keltirilgan. Bular X asrlarga kelib an’anaviy ta’lim tizimiga aylandi. Ularning tarkibiy qisimlarini quyidagilar tashkil etadi: an’anaviy boshlang‘ich maktablar; o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari – madrasalar; xususiy o‘quv maskanlari; ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim maskanlari; mustaqil ta’lim.
Bu davrga kelib diyorimiz ilm-fani dunyoga mashhur bo‘ldi. Ayniqsa, ilm ahli hurmat-e’tibor topdi, ommaviy ta’limga e’tibor kuchaytirildi va tabiiyki bunday jarayonlarda boshlang‘ich ta’limga e’tibor yanada kuchaytirildi. Buni Alisher Navoiyning quyidagi fikridan ham anglash mumkin:
«Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamoq bo‘lmas ado aning haqqin yuz ganj ila».
Umuman olganda, Uyg‘onish davrlarida insoniy qadriyatlar ulug‘landi. Bunda boshlang‘ich ta’limdan ko‘zlangan maqsad yurtimizda manaviyat va marifat turlarini keng egallash ko‘maklashish bo‘lgan. Ularda ilmga intilishga, har
bir insonning iymonli, e’tiqodli bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilgan. Ana shu sababli yurtimiz olimlari, allomalari: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abi Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Mahmud az-Zamaxshariy, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabilar dunyo ilm-faniga buyuk xizmatlar qildi. Ular yaratgan intellektul mulklari orqali dunyo fani ham rivojlanish cho‘qqilariga erishdi va xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, o‘zbek xalqi Yer yuzidan tortib Samogacha ma’lum va mashhur bo‘ldi. Bunday allomalarga boy yurtda albatta ma’naviyat. madaniyat, ma’rifat keng rivojlangan bo‘ladi. Bularning hammasi diyorimizdagi ta’lim-tarbiyaga kuchli
e’tiborning natijasidir.
VII-VIII asrlarda ham ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyoti va davlat tinchligiga bog‘liq holda olib borildi. Xalqimizning ma’rifatli hamda ma’naviyatliligi sabab bu davrda ham oilalarda. mahallalarda ta’lim-tarbiya muassasalari tashkil qilindi. Bu davrda otin oyilar ham tayyorlandi va ular yordamida qizlarimizni ham savodxon bo‘lishiga kirishildi.
Demak, har qanday davrda ham boshlang‘ich ta’lim o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas, chunki u siz inson, insoniyat, jamoa, jamiyat hattoki davlat ham yuksaklikka erisha olmaydi.

  1. Jadidchilik harakati namoyondalarining boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishdagi faoliyatlari.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida diyorimizda jadidchilik harakati keng yoyildi. Jadidchilik harakati namoyondalari xalq savodxonligini taraqqiy ettirishga fidoyiliklar qildilar va bu borada ular milliy maktablar ochishda jasorat ko‘rsatdilar. Ularning faoliyatlari milliy o‘zligimizni anglash va yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Avvalo, jadidchilik haqida yoki jadidchilik o‘zi nima?
Bizga ma’lumki, millatning yashamog‘i va uni rivojlantirilishi uchun avvalo Vatan mustaqil bo‘lmog‘i lozim. Jadidchilar buni anglab yetdi va ular shu oliy maqsadda keng xalq ommasini uyg‘otishga alohida e’tibor berdi. Jadidchilar bu maqsadga yetish uchun yangi g‘oya zarurligini ham chuqur anglab yetgan edilar. Shuning uchun bu g‘oyalarni targ‘ib etishga gazeta, jurnallar ta’sis ettirdi, teatr va ularga mos sahna asarlari tayyorlandi va tabiiyki birinchi navbatda yangi maktablarni tashkil etishga hamda yangi O‘quv adabiyotlarini chop ettirishga kirishildi.
Demak, «Usuli jadid» maktablarining yuzaga kelishi bejiz emas. Ular jamiyat taraqqiyotiga mos hayotiy zarurat edi. Umuman olganda, «Jadid» so‘zining ma’nosi «Yangi» so‘zini anglatadi. Jadidchilik harakati namoyondalari nuqtayi nazaridan qaraganda esa u «Yangi tafakkur», «Yangi inson», «Yangi avlod» kabi keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. Shu maqsadni shior qilib olgan ma’rifatparvar fidoyi insonlar tufayli mamlakatda jadidchilik harakatlari boshlanib ketdi va ular g‘oyalari tezlik bilan hayotning qaloq zulmatli qarigacha yoritdi, hayotimizga sof va musaffo ruhni olib kirdi. Ushbu jarayonda birinchi navbatda maktablar isloh
qilina boshlandi. Isloh dastlab boshlang‘ich maktabni tashkil etishdan boshlandi. Boshlang‘ich ma’lumot beruvchi «Usuli jadid» maktablari dastlab Buxoroda, Samarqandda, Shahrisabzda, Toshkentda, Farg‘ona vodiysida ketma-ket tashkil etila boshlandi. Bu borada 1901-yilda birinchi bo‘lib Munavvarqori ochgan «Usuli jadid» maktabi alohida kasb etdi. U o‘z maktabi uchun «Adibi avval», « Adibi soniy» kabi alifbo kitoblarini, «Tajvid al-Qur’on», « Yer yuzi» kabi qo‘llanmalar yozib nashr ettirdi. U o‘z maktablarini rivojlantirish va targ‘ib qilish uchun 1913- yilda «Turon» nomli jamiyatni ta’sis ettirdi hamda «Maktab» va «Nashriyot» nomli shirkatlarni tashkil etishga erishdi. Shuningdek, «Turon» kutubxonasi,
«Turon» klubi, «Turon» gazetalari tashkil etilib, milliy aholi uchun moddiy- ma’naviy yordam bera oldi. Shuning bilan birga jadidchilarning deyarli barcha faoliyatlari xalqimizda maorif-madaniyatga, ayniqsa, ma’naviyatga rag‘bat uyg‘ota oldi. Shu ma’noda ular g‘oyalari bunyodkorlikka asoslangan edi, deb to‘liq ishonch bilan aytish mumkin.
Ular ma’rifat va madaniyatni ulug‘lash, o‘zligini anglash, o‘z xalqini hurmat qilish va ularning istiqbolli kelajagi uchun kerak bo‘lsa, o‘z jonini fido qilish kabi fidoiyliklar bilan yo‘g‘rilgan insonlardir. Bular nafaqat o‘z faoliyati, balki o‘z yangi g‘oyalariga sodiq va ularni amalga oshirishga jasorat ko‘rsata oladigan insonlar edi. Bular o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishda eng ta’sirchan vositalar va ma’lumotlar hamdir. Bundan jadidchilik harakati namoyondalari milliy g‘oyalarga sodiq va uni ro‘yobga chiqarishga fidoyi insonlar, degan xulosani chiqarish mumkin. Bu borada, aynan boshlang‘ich maktabni rivojlantirish borasidagi jadidchilik harakati namoyondalarining milliy g‘oyaga sodiqligi diqqatga sazovordir.
Shu ma’noda Q. Karmishev va K. Normatovlarning izlanishlaridagi quyidagi fikrlari ahamiyatlidir: «Boshlang‘ich maktabni rivojlantirish, uni ma’rifatga xizmat qildirish, ma’rifat tufayligina milliy istiqlolni qo‘lga kiritish - bu umumiy maqsadning bir bo‘lagi edi xolos. Ular kerak bo‘lganda aktyor, kerak bo‘lganda muxbir, kerak bo‘lganda nashriyotchi, kerak bo‘lganda yozuvchi, kerak bo‘lganda siyosatchi, kerak bo‘lganda diplomant, kerak bo‘lganda olim bo‘ldilar va hayotning hamma jabhalarida kata jasorat ko‘rsatdi, hatto jonlarini xatarga qo‘yib, milliy istiqlol g‘oyasi sari yaqinlashib bordi.
Bugungi kundagi milliy istiqlol g‘oyasini milliy qadriyatlarga aylantinish masalalari bundan yuz yil ilgari jadidlar tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan va qizg‘in muhokama qilingan.
Milliy va milliy g‘oya tushunchasi bundan ikki yarim ming yil ilgari Demokrit tomonidan ishlatilgan. U yozadi: - har bir mamlakatning yagona sohibini
- millat deb tushuntiradi. Millat va uning oldiga qo‘yilgan buyuk g‘oyalar, buyuk ezgu niyatlar uni buyuk kashfiyotlarga olib chiqqaniga tarix guvoh» . Jadidchilik harakati namoyondalarining millatparvarligi (ular millatimizning ma’naviy- madaniy yuksalishiga turtki bo‘ldi), ma’rifat-parvarligi (ular darsliklar va boshqa O‘quv qo‘llanmalarini tayyorladilar hamda yangi usul maktablarini ochdilar),
madaniyatliligi (ular ko‘pgina jurnallar va gazetalar ta’sis etdi, sahnalashtirilgan teatrlar uyushtirdi) va shu kabi jihatlari ma’naviyatimiz yuksalishiga mustahkam asos va turtki bo‘la oldi. Ularning har biri xalqimizni ilm-ma’rifatli qilish yo‘lida hormas tolmas kurashchilar bo‘lgan. Ular tanlagan yo‘l tamoman yangi yo‘l bo‘lib, u milliy ta’limni yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga qodir ta’lim-tarbiya usuli edi.
Bu haqda tadqiqotchi O.Jamoliddinovaning quyidagi fikrlari o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirishda didaktik asos bo‘la oladi:
«Ma’rifat ahillari avlodlar kamoliga befarq bo‘lmagan. Ular Vatan ozodligi va asriy armonlar ushalishini ilmli, shijoatli, tarbiyali avlod misolida ko‘rishgan.
Ana shunday jonkuyar ma’rifatparvarlardan biri, o‘zbek ma’rifatparvarlarining yorqin namoyondasi Abdulla Avloniy ham sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasi borasida boy meros qoldirgan....
Abdulla Avloniyning ta’limiy-axloqiy asarlari, xususan, «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari, «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» darsliklaridagi ixcham hikoyalari bugungi kun yosh avlod tarbiyasi uchun g‘oyat dolzarbdir. Uning pand-nasihat, ibrat turkumidagi hikoyalari va asarlari yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Jumladan, u «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida badan tarbiyasiga e’tiborni qaratar ekan, shunday deydi: «Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki, o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur». Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yuqoridagi qayd etilgan davrlarda doimo yurtimizda qahramonlar, olimlar, allomalar, donishmandlar bo‘lgan va ular taraqqiyparvar, bunyodkor, ma’rifatparvar, ma’naviyalli hamda fidoyi insonlar bo‘lgan. Buni mustaqillik davrida yanada yaqqolroq sezish mumkin.
Yurtimizdagi mustaqillik (1991-yil 31-avgust kuni birinchi Prezidentimiz Ona diyorimizni muslaqil O‘zbekiston Respublikasi, deb e’lon qildi va 1-sentabr kunini
«Mustaqillik kuni» bayrami deb e’lon qildi) O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etdi. O‘sib kelayotgan barcha yosh avlodga ularning ma’naviy va aqliy yuksalishiga keng imkoniyallar yaratildi. Ana shular asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi va undan amaliyotda foydalanishga keng yo‘l ochildi hamda bunday faoliyat davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi. Ushbu davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislar oldiga milliy g‘ururli, insoniyat aql-zakovati yaratgan milliy moddiy va ma’naviy merosimizdan xabardor bo‘lgan barkamol avlodni shakllantirishdek buyuk istiqbolli vazifani qo‘ymoqda. Bu vazifani bajarish orqali millatning, jamiyatning taraqqiyotini (ta’minlash, ya’ni yurtimizning ham moddiy jihatdan, ham ma’naviy jihatdan yuksalishini ta’minlash mumkin. Bular yurtimizda shakllanayotgan barkamol avlod ishtirokida amalga oshiriladi. Bu tabiiyki, uzluksiz ta’lim tizimi oldiga, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limga katta mas’uliyat yuklaydi. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Poydevor mustahkam bo‘lsa, imorat baquvvat bo‘ladi». Ya’ni boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlarini (DTS) talablarini o‘quvchilar mukammal o‘zlashtirsa, yuqori
sinflardagi DTS talablariga javob berishi osonlashadi. Bunday uzviylik va uzluksizlik barkamol shaxsni ma’naviy jihatdan ham yetuk qilib shakllantirish imkonini beradi
Demak, boshlang‘ich ta’limni tashkil etishning yuqorida ta’kidlangan barcha bosqichlardan mustaqillik davri boshlang‘ich ta’limi tubdan farq qiladi.
«O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda (1998-yil 5-yanvar) «Boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘quv nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta’minlanadi», deyilgan .
Shuningdek, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3 - qismi –«Kadrlar tayyorlash milliy modeli»da boshlang‘ich ta’limga qo‘yilgan talabni quyidagicha ifodalagan, ya’ni «Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (1-4-sinflarni) qamrab oladi hamda O‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy- axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi». Bu hujjatda boshlang‘ich ta’limda savodxonligi haqidagi ma’lumot uzluksiz ta’lim tizimining keyingi bo‘limlarida intellektual salohiyatli bo‘lishiga mustahkam asos bo‘la oladi. Shu sababli boshlang‘ich ta’limda yaxshi ta’lim-tarbiya berilsa, qaysi fan bo‘lishidan qat’i nazar, yuqori sinflarda O‘quvchining fanlarni o‘zlashtirishi oson bo‘ladi, degan xulosaviy fikr mavjud.
Boshlang‘ich ta’limning yuqorida qayd qilingan tarixiy va nazariy asoslari quyidagi xulosani chiqarishga asos bo‘ldi.
Demak, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar, birinchidan, savodxonlik asoslarini egallashi va hisoblash tafakkuriga ega bo‘lishi, ikkinchidan, umummadaniy va axloqiy ko‘nikmalar bilan qurollanishi, uchinchidan, mantiqiy tafakkur qilishga kirisha olishi, to‘rtinchidan, aqliy rivojlanishning samarali bosqichiga o‘tishi, beshinchidan, ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish tizimining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni o‘quvchi shaxsi ma’naviyati rivojlanishining jadallashuviga erishishi, oltinchidan, kommunikativ savodxonlikka kirishishi, yettinchidan, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga harakat qilishi, sakkizinchidan, moddiy va ma’naviy go‘zallikni his eta bilishi hamda zavqlana bilishi, to‘qqizinchidan, milliy boyliklarimiz (marosim, an’ana, urf-odatlarimiz va h.k.)ni o‘ziga singdira olishliklari zarur bo‘ladi va bu orqali ularda milliy ta’lim- tarbiyaga nisbatan moyillik uyg‘onadi. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning tarixiy va nazariy asoslaridan ham ma’lum bo‘ldiki, bugungi kundagi ta’lim tizimi yangi standartlar va dasturlar doirasida ta’lim jarayonini eskirgan uslubda olib borishga yo`l qo`ymaydi, chunki bu jamiyat taraqqiyoti talabidir. Shu sababli ham hozirda zamonaviy ta’lim uchun pedagogik innovastiyalar zarur. Bunga sabab pedagogik innovastiyani yaxlit murakkab
dinamik jarayon sifatida qaralib, uning interfaol sifatlari, tarbiyaviy qismlari, funkstional tavsifi va uzviyligi izchil tadqiq qilinmoqda.



  1. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni tahlili va unga qo‘yilgan zamonaviy talablar

Vatanimizda hozirda ta’lim tizimiga e’tibor davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”) qabul qilindi. Shundan keyin boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha konsepsiyalar qabul qilindi .
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va yuqorida qayd etilgan qonunlar hamda me’yoriy hujjatlar boshlang‘ich ta’limni zamon talabi darajasida olib borishni talab etadi. Bu zamonaviy boshlang`ich ta’lim pedagogikasida dolzarb muammodir. Bunga sabab boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimi uchun asosiy poydevor vazifasini o‘taydi. Unda ta’kidlanganidek boshlang‘ich ta’limga qadimdan ota-bobolarimiz e’tibor berib kelganlar. Ulardan ba’zilari haqida quyida qisqacha to‘xtalamiz:
Zardushtiylik dinining asoschisi va «Avesto» kitobining muallifi Spitama Zardushtra ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor bergan.
Demak, boshlang‘ich ta’limga eramizdan oldin yaratilgan muqaddas kitoblarda ham alohida e’tibor bergan desak xato bo‘lmaydi. Ularda asosan mantiqiy tafakkurni va shu asosdagi dunyoqarashni yuksaltirish asosiy e’tiborga olingan. Bu davr boshlang‘ich ta’limida o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga harakat qilingan.


Xulosa
Shu sababli ham zamonaviy ta’lim tizimi, uning maqsad va vazifalari mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan muammo yechimiga mos kelishi kerak. Bular zamonaviy ta’lim tizimida millat ruhiyatining nozik jihatlariga kirib borish va boshlang‘ich ta’limda savodxonlik asoslarini puxta egallash hamda hisoblash tafakkurini shakllantirishning innovatsion usullarini yaratishni taqozo etadi.
«Avesto»da qayd etilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tabiat va ular hodisalariga bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar, shuningdek, tabiat va insoniyatni sof saqlashga qaratilgan, qadriyatlar ta’lim mazmuniga to‘laligicha kirishiga harakat qilingan. Bu davrning va unga mos «Avesto» ta’limotining diqqatga sazovor joyi shundaki, unda ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi tarannum qilingan, ya’ni
«Ezgu o‘y → ezgu so‘z → ezgu amal» tizimining “Yovuz niyat → yovuz fikr → yovuz harakat» tizimi ustidan g‘alabasini odamlar va ta’lim oluvchilar ongiga singdirish asosiy e’tiborda bo`lgan. Bu yurtimiz yoshlari ma’naviyatini yuksaltirishga fundamental asos bo‘la oladi va ular yoshlarimizdagi ma’naviy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi hamda ma’naviy tarbiyamizning chuqur ildizlari uzoq tarixga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Eramizdan oldingi VI-I asrlarga kelib yurtimizdagi boshlang‘ich ta’lim mazmunida o‘zgarishlar bo‘ldi. Ya’ni an’anaviy boshlang‘ich ta’limga yunon
savodxonligiga asoslangan boshlang‘ich ta’lim ham qo‘shildi. Yurtimiz xalqlari boshlang‘ich ta’limida Quyosh, Oy, tuproq, havo, olov muqaddasligi asos qilinib olinadi va insonlarning bir-birlari bilan bo‘ladigan muloqoti hayotiy ehtiyoj ekanligi haqidagi tasavvurlar hosil qilinadi. Bu davrdagi ikkala yo‘nalishdagi boshlang‘ich ta’limda ham jamiyatning ehtiyoj va talablari haqida ta’lim oluvchilarda tasavvur shakllantirilgan. Shuningdek, o‘simliklardan va hayvonlardan olinadigan xomashyolar to‘g‘risidagi tasavvurlarni ta’lim oluvchilar ongiga singdirish ham ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablardan biri bo‘lgan. O‘sha davr boshlang‘ich ta’limining asosiy maqsadi insonning moddiy va ma’naviy ehtiyoji hamda jamiyat talablarini qondirishga oid bo‘lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan. Ayniqsa, tabiatga bo‘lgan munosabat, Ona diyorni muqaddas deb bilish mazkur maqsadning asosini tashkil etadi. Havo, suv, olov, quyosh oliy qadriyat hisoblangan.
Demak, o‘sha davrdagi moddiy va ma’naviy qadriyatlar o‘z davri boshlang‘ich ta’limining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etgan ekan.
Eramiz boshidagi I-VIII asrlarda ta’lim mazmuniga yana o‘zgarishlar kirdi, ya’ni oldingi davrda yunon mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish savodxonlikning asosini tashkil etgan bo‘lsa, bu davrga kelib, arab alifbosini va raqamlarini o‘rganish hamda ular yordamida amallarni bajarish boshlang‘ich ta’lim mazmunini tashkil etgan. Unda o‘qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat malakalarini hosil qilish ham asosiy e’tiborda bo‘lgan.

Yüklə 106,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə