Farg‘ona davlat universiteti Matematika Informatika fakulteti



Yüklə 7,89 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü7,89 Kb.
#183294
O\'rinboyeva Zulayxo taqriz


Farg‘ona davlat universiteti Matematika Informatika fakulteti
Amaliy matematika” yo‘nalishi 20.09-guruh talabasi O‘rinboyeva Zulayxoning “Sonli usullar” fanidan “Funksiyani yaqinlashtirish usullari. Algebraik ko’phadlar bilan yaqinlashtirish. Interpolyatsion masala yechimining yagonaligi” mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ

Kompyuterning qoʻllanilish sohalaridan biri mexanik jarayonlarni va ob’ektlarning matematik modellarini hisoblash mexanikasi usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo`lib qolmoqda. Hisoblash mexanikasi usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda mexanik jarayonlar va ob`yektlarning shu paytgacha noma`lum xususiyatlarini ochishga va, shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda.


Ushbu kurs ishini yozish davomida talaba Funksiyani yaqinlashtirish usullari. Algebraik koʻphadlar bilan yaqinlashtirish. Interpolyatsion masala yechimining yagonaligini o‘rganib chiqgan. Hozirgi kunda fan-texnika rivojlanib borgan sari matematika va kompyuterning oʻrni ortib bormoqda. Shu jumladan, matematikadan nafaqat fizika, mexanika balki, biologiya, kimyo va astronomiya hamda iqtisodiy masalalarni yechishda, mexanik jarayonlarni tahlil etishda va boshqa koʻp sohalarda foydalaniladi.
Kurs ishi kirish, reja qismi, ikkta bob nazariy va amaliy qism, xulosa, adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, reja bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqilgan:

  • Funksiyalarni yaqinlashtirish masalaga qo’yilishi

  • Kubik splayn bilan interpolyatsialash jarayonining yaqinlashishi

  • Interpolyatsion kubator formulalar

  • Interpolyatsialash xatoligi

  • Python dasturlash tilida kodi;

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda O’rinboyeva Zulayxo Siddiqboy qizining “Sonli usullar” fanidan “Funksiyani yaqinlashtirish usullari. Algebraik koʻphadlar bilan yaqinlashtirish. Interpolyatsion masala yechimining yagonaligi” mavzusidagi kurs ishini himoyaga tavsiya etaman.


Taqrizchi: Fizika-matematika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (Ph.D) M.Onarqulov
Yüklə 7,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə