Farg’ona politexnika instituti klt fakulteti 56-22 guruh talabasi abdubannonov behruzning



Yüklə 0,72 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#151112
abdubannonov behruz

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI KLT FAKULTETI

56-22 GURUH TALABAsi abdubannonov behruzning

Kompyuterni tashkil etish fanidan

Tayyorlagan taqdimot loyihasi

Mavzu: Registrlar va ularning turlari

  • Reja:
  • 1. Registr va uning vazifasi
  • 2. Registrning turlari

1. Registr

  • Registr deb raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o’zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so’zdan olingan bo’lib “yozuv jurnali” degan manoni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko’rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi.
  • Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
  • Sonning kodini o’zgartirish
  • Axborotni o’ngga va chapga, ya’ni istalgan razraydga surish
  • Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha
  • Ayrim mantiqiy amallarni bajarish

2. Registrning turlari

  • Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo‘linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi.
  • Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo‘linadi:
  • Xotira registri (siljitmaydigan)
  • Siljituvchi registr
  • Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta’sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o‘ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo‘qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo‘llaniladi. Qo‘shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin:
  • 1) Paralell kodlarda
  • 2) Ketma-ket kodlarda
  • Ketma – ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma – ket kodli signal impulsi ko‘rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Natijada yozilgan ikkilik son bir razryad o‘ngga siljiydi. Siljituvchi impuls hamma trigerlarni 0 holatga keltiradi. Bu holda trigerlarda yozilgan birlik signal impulsi shu trigerlarning chiqishidan kichik razryadli trigerga ma’lum vaqt kechikib boradi. Trigerlardagi o‘tkinchi protsesslar tugashi bilan registrdagi ikkilik son (kodli signal) kichik razryadga siljiydi. Registrda soni hamma razryadlar yozib bulingandan keyin “o‘qish” komandasi bilan chiqishdagi kon’yunktorlar orqali parallel kodli shinaga uzatiladi.

Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin. Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi, shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi. Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va amaliy maqsadga yo‘naltirilgan.

  • egistr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
  • 1) Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
  • 2) Segment registrlar
  • 3) Flag registrlar
  • 4) Buyruq registrlar
  • 5) Soprotsessor registrlari
  • 6) MMX kengaytmali butun sonli registrlar
  • 7) MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar

Mikroprotsessorning sistemali registrlari

  • Ushbu registrlarning nomidan ko‘rinib turibdiki ular sistemada maxsus funksiyalarni bajaradi. Aynan shu registrlar himoyalangan rejim ishini ta’minlaydi. Shuningdek ularni mohir dasturlovchi turli xil amallarni bajarish uchun dastur tuzishga to‘sqinlik qilmaydigan mikroprotsessorning maxsus qismi deb qarasa bo‘ladi.
  • Boshqarish registrlari guruxiga beshta registr kiritilgan, CR0, CR1, CR2, CR3, CR4. bu registrlarning vazifasi butun sistema ishini boshqarish hisoblanadi. Mikrolprotsessor beshta boshqarish registrlariga ega bo‘lsa ham, ulardan faqat to‘rtasi ishlatiladi.
  • CR1 registri ishlatilmaydi, chunki uning funksiyasi aniqlanmagan.
  • CR0 registri mikroprotsessorning holatini va uning ish rejimiga tasvir etuvchi sistema flaglaridan tashkil topgan.
  • CR2 registri tezkor xotiraning sahifa rejimida ishlatilib ma’lum vaziyatdan chiqib ketishga mo‘ljallangan. Ushbu vaziyat quyidagicha: Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo‘lmagan sahifa adresiga murojaat qilsa, mikroprotsessor ushbu adresni CR2 registriga yozib qo‘yadi. Shu ma’lumotga qarab kerakli sahifa topiladi va xotiraga yuklanadi.
  • CR3 registri ham xotiraning sahifalashda ishlatiladi. Ushbu registrni birinchi darajali sahifalar katalogi registri deb atasak bo‘ladi.
  • CR4 Pentium mikroprotsessorlarining turli modellariga paydo bo‘lgan elementlarni xarakterlaydi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə