Foydalanish samaradorligi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#115418
  1   2   3   4
ta-lim-da-didaktik-o-yinlar-va-interfaol-metodlardan-foydalanish-samaradorligi



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
129 
TA’LIM DA DIDAKTIK O‘YINLAR VA INTERFAOL METODLARDAN 
FOYDALANISH SAMARADORLIGI 
Xolmatova Ra’noxon Qambaraliyevna 
Toshkent shahar Yangihayot tuman 
285 -maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7259098
Annotatsiya: 
Didaktik о‘yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy), harakatli 
hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, 
axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o‘quvchlarda ta’lim 
olish motivlarini ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan 
biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Ushbu 
maqolada ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlardan interfaol metodlardan foydalanish 
samaradorligi haqida metodik tavsiyalar beriladi. 
Kalit so‘zlar:
Didaktik о‘yinlar, kompyuter vositasi, «Breyn-ring», kichik 
guruhlar, ta’lim metodi, tarbiya, bilim. 
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ Ta’lim metodikasi” tushunchasiga 
nisbatan kengdir. Ta’lim metodi — o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini 
yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli 
bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetni o‘qitishning ilmiy asoslangan 
metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi. 
Ta’lim texnologiyasi — ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy 
mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, 
bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, 
usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda 
ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. 
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi — o‘quvchi shaxsini 
rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagog olim 
V.P.Bespalko pedagogik tizimni pedagogik texnologiyaning asosi ekanligini e’tirof 
etgan holda uni quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi: 
1) o‘quvchi; 2) ta’lim -tarbiyaning maqsadi; 3) ta’lim - tarbiya mazmuni; 4) 
o‘quv jarayoni; 5) o‘qituvchi yoki texnik vositalar; 6) ta’lim-tarbiyaning tashkiliy 
shakllari. Demak, pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni 
to‘g‘risidagi fan ekanligini e’tirof etish lozim. Ayniqsa, o‘qitishga interfaol dars 
usullarini, “Kichik guruhlarda ishlash”, «Breyn-ring» usullari qo‘llanganda 
o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga teng faoliyat ko‘rsatadilar.Darsda ta’limning 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə