Psixologik maslahat predmeti Reja: Psixologik maslahat ishlarining maqsad va vazifalari. Psixologik maslahat turlari



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#139010
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu


Psixologik maslahat predmeti


Reja: 1. Psixologik maslahat ishlarining maqsad va vazifalari.
2. Psixologik maslahat turlari.
3. Psixologik maslahat ishlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.

Psixologik maslahat ishlari amaliy psixologiyaning o’ziga xos soxasi bo’lib, mutaxassis-psixolog tomonidan yordamga muhtoj bo’lgan insonlarga psixologik maslahat va tavsiyanomalar sifatida psixologik yordam berishni nazarda tutadi.


Ushbu yordam psixologning mavjud muammoni atroflicha, imkoniyat darajasida o’rganishi hamda mijoz bilan shaxsiy suhbati asosida amalga oshiriladi. Psixologik maslahat ishlari odatda oldindan kelishilgan vaqtda, maxsus xonada, o’zga kishilar ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Bir marta seans (uchrashuv) psixologning mijoz bilan o’zaro suhbati asosida amalga oshirilib 20-30 minutdan 2 soatgacha davom etishi mumkin. Ushbu suhbatda mijoz o’zi haqida hamda o’z muammosi to’g’risida so’zlab beradi. Psixolog o’z navbatida mijozni diqqat bilan eshitishga, uning muammosini tushunishga, o’zi uchun va mijoz uchun muammoning mohiyatini anglashga va anglatishga harakat qiladi. Maslahat davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning individual psixologik jihatlarini hisobga olgan holda muammoni amaliy jihatdan eng maqbul hal qilinishi mumkin bo’lgan ilmiy asoslangan tavsiyalari beriladi.
Psixolog — maslahatchi tomonidan berilgan maslahat va tavsiyalar, avvalo, mijozning mavjud muammolarni mustaqil ravishda hal qilishga qaratilgan bo’ladi. Psixologik maslahat – insonlarga amaliy jihatdan psixologik yordam ko’rsatishning shakllangan tizimi hisoblanib, avvalo har bir insonning o’ziga xosligini hamda har bir inson o’z oldidagi muammolarni hal qilishga qodir insonligiga ishontirishdan iborat. Ko’p hollarda muammoning mohiyati shundaki, ko’p insonlar mavjud bo’lgan muammoning mohiyatini anglab etishmaydi va buning natijasi sifatida muammoni hal qilish yo’llarini bilishmaydi. Mavjud holatni bartaraf etishda maxsus tayyorgarlik ko’rgan maslahatchining roli beqiyosdir. Psixologik maslahat ishining asosiy vazifasi ham ana shundan iboratdir.
Odatda psixologik maslahat ishini olib borish davomida psixolog mijoz bilan ishlash va unga ta’sir ko’rsatish uchun maxsus usul va uslublardan foydalanadi. Maqsad qisqa vaqt ichida mijozning muammosini aniqlash va hal qilish yo’llarini topish hamda ushbu yo’llarni mijoz tomonidan tez va oson anglanishdir.
Ko’p hollarda psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi bir-ikki seans bilan cheklanmaydi. Buning sabablari quyidagi holatlar bilan izohlanishi mumkin:
1. Mijozning muammosi shu darajada murakkabki, uni bir-ikki uchrashuv davomida hal qilishning iloji yo’q.

  1. Mijozda bir vaqtning o’zida bitta emas, balki bir nechta muammo mavjud bo’lib, har bir muammo o’ziga xos maslahat ishlarini talab qiladi.

  2. Taklif qilingan muammoning echimini mijoz mustaqil ravishda birdan amalga oshira olmasligi natijasida unga qo’shimcha dalda berish zarur bo’lishligidir.

Kim, qachon va qanday masala bo’yicha maslahatchi-psixologga murojaat qiladi?
Ko’p hollarda maslahatchi psixologga aholining o’rta xol qismidan, jismoniy va psixologik jihatdan kasallanish ehtimoli yuqori bo’lgan kishilar murojaat qilishadi.
Psixologik maslahat so’rab murojaat qilganlar, odatda hayotga moslashishi qiyin bo’lgan va doimiy ish joyiga ega bo’lmagan hamda o’zini hayotda omadsiz deb bilgan, jismoniy jihatdan sog’lom bo’lsada, ruhiy yordam so’rab murojaat qilgan kishilardir. Psixologik maslahat so’rab murojaat qilgan kishilar orasida hayotiy muammolardan to’yib ketish, hayotdan ko’ngil sovish tufayli hissiy loqaydlik niqobini kiygan kishilar ham ko’p uchraydi.
Qachon bunday holatdagi kishilar psixologdan aktiv ravishda yordam so’ray boshlaydilar? Odatda bunday kishilar hayotlarida muammo vujudga kelgan paytda emas, balki eng og’ir damlardagina psixologga murojaat qilishadi. Masalan, qanday yo’l tutishni bilmay qolganda yoki mustaqil ravishda o’z muammosini hal qilishga o’zini ojiz his qilganda.

Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə