Psixologik maslahat predmeti Reja: Psixologik maslahat ishlarining maqsad va vazifalari. Psixologik maslahat turlari



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#139010
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

Psixologik maslahat turlari
Odatda psixologik yordam so’rab murojaat qilgan kishilarning har xilligi va har xil sabablar bilan murojaat qilishlari tufayli ularni individual xususiyatlari va muammolari nuqtai nazaridan kelib chiqib quyidagi 4 turga ajratish mumkin.


1. O’zaro-shaxsiy maslahat turi.
Juda tez-tez va ko’pchilikda uchraydi. Bunday kishilar o’z sirlarini hammadan yashirishga harakat qilishadi va o’z sirlariga nisbatan juda hissiy-emotsional munosabatda bo’ladilar. Masalan, o’z xulq-atvorlaridagi kamchiliklar, o’zlari uchun qadrli bo’lgan insonlar bilan bo’ladigan munosabatlardagi muammolar, har xil qo’rquvlar, omadsizliklar, psixogen kasalliklar va boshqalar.


2. Oilaviy masala bo’yicha maslahat berish turi.
Bunday maslahat odatda insonning o’z oilasida, o’zgalar oilasida, yaqin kishilari oilasida bo’lgan muammolar bo’yicha tashkil qilinadi. Bo’lg’usi turmush o’rtog’ini tanlash, oiladagi o’zaro munosabatni eng qulay yo’llarini tanlash, oilaviy nizolarning kelib chiqish sabalarini tahlil qilish, kelin yoki kuyovning qarindoshlarga bo’lgan munosabati, ajralish paytidagi holatlar kabi muammolar mazkur yo’nalishning mohiyatini tashkil qiladi.


3. Psixologik-pedagogik maslahat turi.
Bolalarga tarbiyaviy ta’limni tashkil etish, katta kishilarni psixologik-pedagogik mahoratini oshirish, pedagogik rahbarlik, bolalar va kattalar guruhini boshqarish kabi masalalar ushbu maslahat turini asosini tashkil qiladi.


4. Ishchanlik masalalari bo’yicha maslahat turi.
Bunda ish bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan maslahat ishlari tashkil qilinib, kasb tanlash, qobiliyatlarni takomillashtirish va rivojlantirish, mehnatni tashkil qilish, ish bilan bog’liq muomalaviy munosabatlarni olib borish masalalarini o’z ichiga qamrab oladi.

YUqorida ko’rib o’tilgan maslahat turlari ko’p jihatdan bir-biriga o’xshasada, ularning o’ziga xos tomonlari mavjudligini unutmaslik lozim. Umumiy kuzatishlar asosida shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, har bir maslahat turi bo’yicha nazariy bilimlarga ega bo’lishi bilan birga, amaliy jihatdan shaxsiy tajribaga ega bo’lgan, shu soxada ma’lum bir muddat ishlagan mutaxassislar ko’proq ijobiy natijaga erishishlari kuzatilgan. Masalan, pedagogik faoliyat soxasida ishlagan kishilar psixologik-pedagogik maslahat ishlarini tashkil qilishda ancha muvaffaqiyatli ish olib borishadi.



Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə