Psixologik maslahat predmeti Reja: Psixologik maslahat ishlarining maqsad va vazifalari. Psixologik maslahat turlari



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#139010
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo’lishi mumkin, Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar ko’pincha psixologga quyidagi muammolar bo’yicha murojaat qiladilar:


1)turli fanlar bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirishdagi qiyinchiliklari,
2)bolalarning o’qiy olmasligi va istamasligi,
3) guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi,
4)xar xil yoshdagi bolalarning oila muhiti;
5) bolalar jamoasining shakllanishi,
6)kasbiy malakalarini oshirish yo’llari,
7) o’quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo’llari,
8)o’quvchilar bilan kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish.
9)o’quvchilar kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatni yaxshilash masalalari, o’z-o’zini tarbiyalash, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar bo’yicha murojaat qiladilar.
Psixolog o’quvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu tug’ridan to’g’ri maslahat berish deb ataladi, Ba’zan o’quvchilarga va ota-onalarga o’qituvchilarning u yoki bu muammolari bo’yicha maslahat beradi, bu bevosita maslahat berishdir, bunda ma’lum qoidalarga amal qilishga to’g’ri keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o’zaro tasir jarayoni, ular orasida ishonchli o’zaro munosabatni o’rnatish yotadi. Bunda psixolog-maslahat beruvchi, o’qituvchi, ota-ona - maslahat beriluvchi, o’quvchi mijoz rolida bo’ladi.


Maslahat berish - psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o’zi nimaligi xaqida yagona tushuncha yo’q. Kollejlardagi va akademik litseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o’quv muassasasidagi o’qituvchilar va o’quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy salbiy tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo’ladi U har bir o’quvchi yoki o’qituvchining o’zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham ko’radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.
YUqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o’qituvchi o’z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo’ladi.

SHunday qilib Maslahat berishning asosiy ahamiyati quyidagicha:




1.O’quvchi – o’qituvchi hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi.
2.Psixolog o’quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o’rganadi, mutaxassis va etuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko’rsatadi.

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o’quv yurti talabalarida uchraydigan o’quv malakalari va ko’nikmalarini egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi.

  2. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan xolda differentsial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyoxvandlik va taksikomanlik, alkogolizm, o’g’rilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni taxlil qiladi.

5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilish ilmiy
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi.



Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə