Psixologik maslahat predmeti Reja: Psixologik maslahat ishlarining maqsad va vazifalari. Psixologik maslahat turlari


Psixolog maslahatchiga murojaat qilgan kishilar undan nimani kutishadi? Ular nima uchun psixologga murojaat qilishadi?



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#139010
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

Psixolog maslahatchiga murojaat qilgan kishilar undan nimani kutishadi? Ular nima uchun psixologga murojaat qilishadi?

Bunday savolga quyidagicha javob qilish mumkin:





  1. Ba’zi bir mijozlar o’z muammolarini qanday hal qilish yo’lini biladilar. Ular psixologdan faqat hissiy daldani kutishadi.

  2. Boshqa bir kishilar muammolarini hal qilish yo’lini umuman bilmaydilar va shuning uchun psixologga murojat qilishadi.

  3. Ayrim kishilar o’z muammolarini hal qilishning bir nechta yo’llarini bilishsada, qaysi bir yo’lni tanlashda ikkilanishadi.

  4. Ba’zi bir kishilar hayotda juda yolg’izlar va kim bilandir yurakdan suhbatlashishni juda istashgani holda psixologga murojat qilishadi.

  5. Odatda shunday kishilar ham uchraydiki, ular shunchaki psixologni sinab ko’rish uchun ham maslahat xonasiga tashrif buyurishadi.

Maslahatchi psixologning kasbiy mahorati shunda ko’rinadiki, ular kelgan har bir insonni kim bo’lishidan va qanday maqsadda kelishidan qat’iy nazar mijozni ochiq chehra bilan kutib olishlari, diqqat bilan tinglashga harakat qilishlari hamda ochiq chehra bilan kuzatishga harakat qilishlari lozim.
Psixologik maslahat ishlarining maqsad va vazifalari.
Maslahat ishlari amaliy psixologiyaning asosiy turlaridan biri sifatida quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:


1. Mijoz oldida vujudga kelgan muammoni tezkor ravishda hal qilishga yordam berish;
Odatda insonlarda shunday muammolar vujudga keladiki, bu narsa tezda malakali mutaxassisning aralashuvini va muammoni echimini topishni talab qiladi. Bunday paytda og’zaki usulda psixologik maslahat berilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: oilada er va xotin o’rtasidagi kutilmaganda munosabatlarning murakkablashuvi.

  1. Mijozning mustaqil ravishda (psixologning aralashuvisiz) o’z muammolarini o’zi hal qilish imkoniyatlari mavjud bo’lib, unga faqat hayotiy tajribalarga tayangan holda maslahatlar berish orqali ko’maklashish. Masalan: mehnat qilishi va dam olish rejasini tuzishda, o’z vaqtini oqilona taqsimlashda.

  2. Aslida psixoterapevtik yordamga muhtoj bo’lgan, ammo u yoki bu holat sababli imkoniyati bo’lmagan mijozga vaqtinchalik yordam berish. Bunda eng muhimi mijozda salbiy xislar yoki holatlarning kuchayib ketishiga yo’l qo’ymaslik. Masalan: depressiv holatlarni vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslik.

  3. Odatda mijoz o’z muammosini anglab etgan va uni hal qilishga tayyor bo’lsada, ba’zi bir ikkilanishlar saqlanib turgan paytda unga yordam berish va o’z kuchiga bo’lgan ishonchni kuchaytirish.

  4. Mijozga psixologik maslahat berishdan boshqa chora qolmagan paytda yordam berish. Bunday paytda psixolog-maslahatchi mijozga u haqiqatan ham psixoterapevtik yoki psixokorrektsion yordamga muhtoj ekanligini anglatish.

Mazkur va boshqa holatlarda psixologik maslahat ishlari quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’ladi.




1. Mijoz duch kelgan muammoni mohiyatini aniqlash.

  1. Mijoz duch kelgan muammoni mohiyatini va uning jiddiylik darajasini unga etkazish.

  2. Mijozning o’z oldida vujudga kelgan muammoni qay darajada mustaqil hal qila olish imkoniyatini mavjudligini bilish maqsadida maslahatchi psixolog tomonidan mijoz shaxsini o’rganish.

  3. Mijozga mavjud muammoni hal qilishning eng maqbul yo’llarini belgilaydigan maslahat va tavsiyalarni aniq ifodalash.

  4. Mijoz o’z muammosini mustaqil ravishda hal qilishga kirishgan paytda qo’shimcha maslahatlar berib turish.

  5. Mijozni kelgusida shunga o’xshash muammolardan asrashga o’rgatish.

7. Mijozga maslahatchi psixolog tomonidan oddiy, sodda, tushunarli tilda hayoti uchun zarur bo’lgan psixologik bilimlarning ayrim qirralarini etkazish.



Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə