Psixologik maslahat predmeti Reja: Psixologik maslahat ishlarining maqsad va vazifalari. Psixologik maslahat turlari


Psixolog - maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi



Yüklə 27,31 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü27,31 Kb.
#139010
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

Psixolog - maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:



  1. Bolalar, o’qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma’muriyat, direktor, rektor, mudir, o’qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari, xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish.

  2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya. kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga etmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.

  3. Ma’muriyatga, bolalar, o’quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo’yicha bolalar, o’quvchilar, talabalarning psixik o’sishi xususiyatlariga oid ma’lumot berishi, o’g’il va qizlarni asrab olish, onalik va otaliqdan maxrum qilish, tashkilotlarni g’amxo’rlik va vasiylik to’g’risidagi qabul qilgan qarorga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim.

4. Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida
shakllanishi, o’zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi,
individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo’yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.
5. YAngi tipdagi maktablarga o’rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o’quvchilari, akatsemik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istikboli to’g’risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Mazkur ishlar o’quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda o’qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o’tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi. YOsh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o’quvchilar, maxsus maktab. o’quvchilarini, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. O’quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qilshi ularning shaxsiy xislatlari, irodaviy sifatlari, xis-tuyg’ulari, o’z-o’zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.

Yüklə 27,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə