G’aznachilik tizimi sharoitida shaxsiy g’azna hisobbraqamlarini yuritish tartibi



Yüklə 279,25 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü279,25 Kb.
#147799
G\'AZNACHILIK 1

G’aznachilik tizimida byudjet tashkilotlari xarajatlari to’lov tizimini takomillashtirish.

6MM-20 GURUH TALABASI JO’RAYEV SIROJIDDIN


Mamlakatimizda g’aznachilik tizimini joriy etilishi budjet parametrlarini yaxhsilash borasida amalga oshirilgan islohotlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda mazkur sohani yanada tokomillashtirish lozimligi g’aznachilik tizimining tashkiliy va huquqiy tizimini takomillashtirish, uning tarraqiy etishining yo’nalishlarini o’rganish muhimligini keltirib chiqaradi.
O´zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta´kidlaganidek “Davlat budjetini bajarishga qaratilgan g’aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash budjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini ancha oshiradi. Bu borada Moliya Vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan G’aznachilik tuzilmasining moddiy-texnik bazasini barcha pog’onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xalq ta’limi va sog’lig’ini saqlash sohasida budjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozim”
G’aznachilik tizimining joriy qilinishi natijasida keyingi yillar davlat budjetini profisit bilan ijro etilishi ta´minlanmoqda. Xususan, 2014 yil yakunlariga ko’ra davlat budjetini, soliq yuki 20,5 foizdan 20,0 foizgacha kamaygani va foydadan olinadigan soliq stavkasi 9 foizdan 8 foizgacha pasaygani holda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etilishiga erishildi. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha imkoniyatlarning safarbar etilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shunday bo’lishiga qaramasdan g‘aznachilik tizimini yanada samarali faoliyat yuritishi hamda takomillashtirish uchun quyida keltirilgan yo’nalishlarda amaliy ish olib boorish maqsadga muvofiqdir:
 Respublikamizda G‘aznachilik tizimining samarali faoliyat yuritishi uchunme’yoriy–huquqiyasoslarning yanada takomillashtirish;  Mamlakatimizdag‘aznachiliktizimidailmiyfaoliyatolibborayotganiqtisodchiolimlr hamdasohagadoirilmiyadabiyotlar miqdorini oshirish;
 Sohada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning g‘aznachilik bo‘yicha tajriba, bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish;
 Respublikaning barcha hududlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, aloqa tizimlaridan foydalanish darajasini oshirish va boshqa bir qator muammolarni keltirishimiz mumkin.
G‘aznachilik tizimi — yosh moliyaviy struktura bo‘lishiga qaramasdan uning rivojlanish darajasi juda yuqori. Davlat budjetini boshqarishda g‘aznachilik organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar yildan yilga takomillashib bormoqda. G‘aznachilik instituti budjet daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri rejlashtirish hamda ijro qilish imkonini beradi.
Asosiysi, kelgusi yil loyihasini tayyorlash uchun prognoz ma’lumotlarini shakllantirilishiga xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining barqarorligini, mamlakatimiz hududlarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvafaqqiyatini belgilab berishda davlat budjeti g‘azna ijrosi muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunga qadar davlat budjetining ijrosida ko‘pgina o‘zgarishlar amalga oshirildi. Respublikamizda 2010–2014 yillarda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish kuzatildi:
 davlat budjeti daromadlari hisobini budjet tizimi bo‘g‘inlarida tartibga solish;
 mahalliy soliqlar va yig‘imlar, respublika soliqli va soliqsiz daromadlari hisobi;
 davlat va mahalliy budjetlarning kassa ijrosi;
 quyi budjetlarni pog‘onali moliyalashtirilishiga chek qo‘yildi;
 budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi;
 mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash muddati qisqartirildi va sifati yanada yaxshilandi.
Davlat budjeti g‘azna ijrosini boshqarish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish zarur bo‘lganda, g‘aznachilik organlarining faoliyati Davlat budjeti islohotlarida o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatmoqda. Davlat budjeti kassa ijrosini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qilishga qaratilgan “ichki nazorat” xizmatini rivojlantirish va takomillashtirish budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu borada g‘aznachilik organlarida tashkil etilgan ichki nazorat bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini barcha pog‘onalarda mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasiga ko‘ra, Moliya vazirligi G‘aznachiligida ichki nazorat tizimini rivojlantirish konseptsiyasiga muvofiq Davlat moliyasini boshqarish tizimi ustidan nazoratni takomillashtirish pirovard maqsad qilib belgilandi.
Jahon standartlariga muvofiq davlat moliyasini boshqarish sohasida tashkil etilgan ichki nazorat va audit rivojlangan jamiyatga erishishning zarur quroli deb baholanmoqda. Markazlashgan budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda ishlatilishini nazorat qilish, mahalliy budjetlarni bajarilishida investitsiya va kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilgan xarajatlar ustidan nazorat qilish tartibini mukammallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro‘yxatli bo‘lishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish, budjet mablag‘laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachilik tizimini yanada takomillashtirishning yana bir muhim masalalaridan biri bu davlat xaridlar tizimi hisoblanadi. Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi:
davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish;
davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish.
Davlat xaridlar tizimini takomillashtirishni muhim strategik masalalaridan biri — davlat xaridini rejalashtirishni qisqartirishdir. Davlat xaridi faoliyatini rejalashtirishning tamoyili budjet mablag‘larining ishlatilishi samaradorligini va tejamkorligini oshirish deb baholanishi kerak. Respublikamizda kelgusida g‘aznachilik tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish uchun doimiy g‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘i monitoringini o‘tkazish kerak. Hozirgi kunda budjet amaliyotida g‘aznachilik takomillashtirish va davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish uchun Davlat budjeti mablag‘larini prognozlashtirish va kassali rejalashtirishni takomillashtirish bilan birga, davlat budjeti mablag‘larini likvidligini oshirishga olib keladigan G‘aznachilikning Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi operatsiyalarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish zarur. Davlat budjetini bajarishga qaratilgan g‘aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini ancha oshiradi [2]. Budjet tashkilotlari xaridini to‘g‘ri va samarali tashkil qilish uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish jarayoniga kompleks yondashish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini boshqarishni takomillashtirish, budjet jarayonini tizimlashtirish, budjet tasnifini mukammallashtirish bo‘yicha nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolmasligi uchun budjet tasnifi bo‘yicha aniq tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish zarur. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda budjet jarayonlarini samarali boshqarish yanada murakkablashadi. Bu esa budjet mablag‘larini boshqarish, ularni budjet tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash mexanizmini takomillashtirish zarurligini talab etadi. Davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda budjet ijrosini samarali boshqarish muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Respublikamizda amalga oshirilgan tadbirlar qatorida bank, moliya, budjet, g‘aznachilik tizimini mustahkamlash masalasiga qaratiladi. Shunday sharoitda Davlat budjetidan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga mamlakat ichida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta’minlaydi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 279,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə