Toshkent Irrigatsiya va Mellioratsiya
instituti
Buxoro filiali
“Gidromelioratsiya” fakulteti
MUSTAQIL
ISH
Guruhi: GTI va NSF 2/2
Bajardi: Qurbonov Shaydobek
Tekshirdi: dots. A.Hasanov
Buxoro-2016
Abu Nasr Farobiy komil inson va fozil jamoa
to’g’risida.
Abu Nasr Forobiyning komil inson konstepstiyasi va uning
bugungi kundagi ahamiyat haqida fikr yuritmoqchimiz. Zaminimizda
kamol topgan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar o’zlarida
ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalarni
ko’plab keltirish mumkin. Shunday insonlardan biri Abu Nasr
Forobiydir. Komillikning belgisi haq yo’lidan borib, xalqqa foyda
keltirishdir. Kishi o’z so’zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik
odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to’g’ri yo’lga solsa, haq yo’lida
fido bo’lsa, u shuncha komil bo’ladi. Komil inson iymon va e’tiqodlilik,
halollik va poklikning oliy timsoli. Respublikamizning har bir fuqarosi
shunga intilib yashamog’i lozim. Mustaqil O’zbekistonning bozor
munosabatlariga o’tish sharoitida iymonli bo’lish, halollik va poklik,
vijdonli va diyonatli bo’lish nechog’lik zarur ekanligi hammamizga
ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz ma’naviy barkamol inson
tarbiyasida yoshlarimizni elini, vatanini sevuvchi komil inson qilib
tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berib kelayotir. Prezidentimizning
quyidagi ta’rifida komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama
chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi diqqatga sazovordir:
«Komil inson deganda, — deb yozadi Islom Karimov, — biz avvalo,
ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat
bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»1. Uning
shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa
quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axloqiy etuklik, siyosiy
teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya,
professional iftixor, milliy va umuminsoniy g’urur va boshqalar. Abu
Nasr Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqchi, riyoziyotchi, psixolog,
musiqa san’atining nazariyotchisi edi. U yunon madaniyati, fani,
falsafasini yaxshi egallagan. Abu Nasr Forobiy hayotligida «Muallim as-
soniy» («Ikkinchi ustoz»), ya’ni «ikkinchi Arastu» faxriy nomga ega
bo’lgan. Abu Nasr Forobiy nodir asarlar yaratgan. Uning «Fozil odamlar
shahri», «Exsonul ulum» kabilardir.1 Xayrullaev M.M. O’rta Osiyoda
ilm uyg’onish madaniyati. — T., Fan, 1994; Xayrullaev M.M. Materialы
po istorii progressivnoy obщestvenno-filosofskoy mыsli v Uzbekistane.
2-e izd. Pod red. I.M.Muminova i M.M. Xayrullaeva — Tashkent, 1976;
Xayrullaev M.M. Mirovozzrenie Farabi i ego znachenie v istorii
filosofii. — T., Fan, 1967; Xayrullaev M.M. Farabi i uchenie. — T.,
Uzbekiston, 1967; Xayrullaev M.M. Uyg’onish davri va Sharq
mutafakkirlari. — Toshkent, «O’zbekiston», 1991 va boshqalar 1
Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., Sharq, 1998, 6-bet. 2
Abu Nasr Forobiy ta’limotida ahloqiy tarbiya ham aqlli, ham fazilatli
insonni tarbiyalashning muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya
xususan, «Fozil odamlar shahri» asarida o’z ifodasini topadi. U qaysi
tartibda ahloqli qilib tarbiyalash, xususan bolaning qaysi xislatlariga
e’tibor berish kabi masalalariga to’xtalib o’tirmaydi, balki komil, axloqli
insonning qiyofasini yaratish bilan, tarbiya sohasida shu insonni namuna
qilib olish zarur, — degan g’oyani olg’a suradi. Abu Nasr Forobiy bu
fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka juda katta e’tibor bergan.
Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya masalasida xususan aqliy tarbiyaga,
ma’rifatli bo’lishga, aqlni mavjud bilimlar bilan boyitish, to’ldirishga
katta e’tibor beradi. Har qanday tarbiyani, xususan aqliy tarbiyani, ya’ni
bilimlarni
o’rganishni inson yoshlikdan boshlashligi zarurligi
to’g’risidagi fikrni Abu Nasr Forobiy alohida qayd qiladi. Lekin, Abu
Nasr Forobiy «aqlli» bo’lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik bilangina
chegaralab qo’ymaydi. Abu Nasr Forobiy talqinida «aqllilik» insonning
butun faoliyati – uning bilimi, ahloqi, odobi, harakatlari, qiladigan
ishlari majmuasi bilan o’lchanadi, ya’ni aqllilik barcha fazilatlarning bir
butun, yaxlit xolda muvofiqligidir. Komil inson tarbiyasida jismoniy va
aqliy xislatlar muhim o’rin tutadi. U razil, iflos xislatlarni qoralash,
axloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob axloqiy xislatlarni
qarama-qarshi qo’yish bilan ham jismoniy, ham axloqiy, har jixatdan
etuk va mukammal bo’lgan inson komilini yaratadi va uni har qanday
ta’lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo’yadi. Abu Nasr
Forobiy e’tiqodicha, «O’zida o’n ikki tug’ma xislatlarni birlashtirgan
inson ahloqli bo’la oladi». Bu xislatlar majmuasi fozil inson
konstepstiyasiga asos bo’ladi.
* Birinchidan, bunday odamning barcha organlari shu darajada taraqqiy
etgan bo’lishi kerakki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo’lgan ishlarini
osonlik bilan bajarsin;
* Ikkinchidan, barcha masalani tezda anglaydigan, so’zlovchining
maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo’lsin;
* Uchinchidan, xotirasi juda baquvvat bo’lsin;
* To’rtinchidan, zehni o’tkir bo’lsin;
* Beshinchidan, so’zlari aniq bo’lsin, fikrini ravon va ravshan bayon eta
olsin;
* Oltinchilan, bilish va o’qishga muxabbati bo’lsin;
* Ettinchidan, ovqatlanishida, ichimlik iste’mol qilishda ochko’z
bo’lmasin, qimor o’ynashdan yiroq bo’lsin;
* Sakkizinchidan, haqiqatni haqiqat tarfdorlarini sevadigan bo’lsin;
* To’qqizinchidan, ruhi g’ururli va o’z vijdonini qadrlaydigan bo’lsin;
* O’ninchidan, dirham dinar va shu kabi turmush bid’atlariga jirkanish
bilan qarasin;3
* O’n birinchidan, o’z tabiati bilan adolatli va adolat uchun
kurashuvchilarni
sevadigan,
adolatsizlik
va
jabr
zulmga
kurashuvchilarni sevadigan bo’lsin;
* O’n ikkinchidan, adolatli bo’lsin, lekin qaysar bo’lmasin, adolat oldida
qaysarlik qilib, o’zbilarmonlikka berilmasin.
Farobiy ana shu fazilatlarning hammasi bir kishida bo’lmasligini
hisobga olib, davlatni bir kishi emas, balki bir necha kishi boshqarishi
kerak, degan fikrni olg’a surgan. Shuningdek, Farobiy adolat
tamoyillari, fuqarolarning o’zaro tenglik va umumiy baxtiyorlikni
amalga oshirish zaruratini hukmdorning quyidagi 6 ta xislat va sifat
ko’rsatkichlariga bog’liqligini alohida ta’kidlaydi: — birinchisi,
donishmandlik; — ikkinchisi, avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va
tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun
quvvati hofizga ega bo’lish; — uchinchisi, agar avvalgi imomlar
davridan biror (yoki bir qancha) sohaga taalluqli qonun qolmagan
bo’lsa, bunday qonunni o’ylab topish uchun ijod, ixtiro qilish quvvatiga
ega bo’lish; — to’rtinchisi, hozirgi xaqiqiy ahvolni tez payqab olish va
kelgusida yuz beradigan avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni
oldindan ko’ra bilish uchun bashoratgo’ylik xislatiga ega bo’lish. Bu
xislat unga xalh farovonligini yaxshilash yo’lida kerak bo’ladi; —
beshinchisi, avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek,
avvalgilaridan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal
qilishi uchun so’zlash — notiqlikka ega bo’lishi; — oltinchisi, zarur
hollarda harbiy ishlariga mohirona rahbarlik qilishi uchun etarli jismoniy
quvvatga ega bo’lish, ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida janggu-
jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish. Ko’rinadiki,
fozillar shahri hokimi ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal,
qobiliyatli, har tomonlama etuk bo’lishi bilan bir qatorda dono ham
bo’lishi zarur. «Dono bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi,
bunday shahar halokatga yuz tutadi, fuqarolari esa jabr-zulmga mubtalo
bo’ladi», deydi Forobiy. Abu Nasr Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy–
siyosiy masalalar, xususan davlat tuzilishi, uni idora etish, etuk jamoaga
erishish, baxt-saodatli bo’lish masalasi alohida o’rin egallaydi. Abu Nasr
Forobiy fikricha ko’p fazilatlarni o’zida mujassam etuvchi shaxs juda
kam bo’ladi. Abu Nasr Forobiyning komil inson xususidagi fikrlari
hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Dostları ilə paylaş: |