Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi Reja



Yüklə 38,27 Kb.
səhifə1/6
tarix15.05.2023
ölçüsü38,27 Kb.
#110380
  1   2   3   4   5   6
2. Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi


Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi
Reja:

  1. Qadimgi davrda geografiya ta’limining rivojlanishi.

  2. O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi

  3. Ilmiy geografik tadqiqotlar davrida geografiya ta’limining rivojlanishi

Qadimgi davrda geografiya fani va ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga bo’lib o’rganish mumkin: a) geografik bilimlarning dastlabki to’planishi; b) geografiya fanining shakllanish va rivojlanish.
Geografik bilimlarning dastlabki to’planishi eramizdan oldingi VII-asrgacha davom etgan. Geografik bilimlar ibtidoiy jamoa davrida odamlarning ehtiyoji munosabati bilan qo’llana boshlangan. Ularning birinchi geografik bilimlari joyda mo’ljal olish va eng sodda haritalar tuzishdan iborat bo’lgan. Odamlarni dengiz bo’ylab suza boshlashi geografiya fanini rivojlanishida juda katta omil bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa Kritliklarning O’rta dengiz bo’ylab suzishlari va Gibraltar bo’g’ozi orqali Atlantika okeaniga chiqish juda ko’p geografik nomlarni vujudga kelishiga olib keldi. Bunday nomlarga Yevropa va Osiyo nomini aytish mumkin. Kritliklar uchun g’arb tomon Yevropa, sharq tomon Osiyoni bildirgan. Eramizdan avvalgi VII-asrlarga kelib geografiya fanini rivojlanish markazi qadimgi Yunonistonga ko’chdi. Yunonistonda juda ko’p fanlar shakllandi va rivojlandi. Mazkur davrdagi mashhur olimlardan Gomerni tomonidan miloddan oldingi XII-asrda dunyo haritasi tuzilgan va bu haritada asosan O’rta dengiz atrofi tasvirlangan.
Geografiya fanining shakllanishi bosqichi. (Eramizdan avval VII-asrdan eramizning V-VI asrlarigacha) mazkur bosqichda kemachilikning rivojlanishi odamlarni dunyo haqidagi bilimlarini kengaydi hamda yirik davlatlarning vujudga kelishi tufayli falsafa fani rivojlana boshladi. Ushbu bodqichda geografiya va boshqa fanlar falsafa tarkibida rivojlangan. Eramizgacha VI-asrga kelib yerning shakllanishi haqida turli fikr va qarashlar paydo bo’ldi. Mazkur bosqichda yer Anaksimandir (eramizgacha VI-asr) o’sha paytda fanga ma’lum bo’lgan dunyo haritasini chizib, yerni tavsifini tuzgan. Shundan boshlab geografiya bo’yicha yirik asarlar yozila boshlandi. Ular geografik darsliklar o’rnini bosgan. Aristotel tomonidan miloddan avval IV- asrda yerning sharsimonligi, yerda issiqlik mintaqalarining mavjudligi isbotlandi. Dunyo haritasi tuzildi. Uning haritasida Gomer haritasidagi joylar yanada kengaytirilib, Afrikaning Shimoliy qismi, Osiyo va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo, Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz, Iberiya va boshqa joylar tasvirlangan. Aristotel Yer sharini kishilar yashaydigan issiq mintaqa va kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa ajratilgan. Aristotel tomonidan tuzilgan “ Meteorologiya” kitobini yozgan.
Geografiya predmeti bo’yicha birinchi darslikni miloddan avvalgi III - asrda Eratosfen yozdi va “Geografiya” atamasini fanga olib kirdi. Mazkur darslik uch qismdan iborat bo’lgan. Birinchi qismida geografiyaning rivojlanish tarixi, ikkinchi qisimida Yerning o’lchamlari, quriqlik va okeanlar chegaralari, iqlimlar tavsifi berilgan, uchunchi qismida esa quriqlikni materiklar va okeanlarga bo’linishi va o’sha davrdagi yirik davlatlar tavsifi berilgan. Bundan tashqari Erotosfen dunyo haritasini tuzgan va Yerning o’lchamlarini aniqlagan.
Eramizgacha bo’lgan II-asrning oxiri va eramizning birinchi asrida Strabon 17-tomli “Geografiya” nomli asar yozgan. Strabon tomonidan mamlakatshunoslik geografiyasi rivojlantirilgan.
Huddi shu davrda geografiya fanining rivojlanishiga Klavdiy Ptolomiy juda ulkan hissa qo’shgan. U geografik haritalarni daraja to’ri bilan tuzish usulini ixtiro qilgan. Shu usulda dunyo haritasini tuzgan, 8-tomlik “Geografiya” asarini yozgan. Uning kitobida keltirilgan haritalar konusli va streografik proektsiyalarda tuzilgan. Shimol doimo haritalarning yuqori qismida tasvirlangan.
Demak, qadimgi bosqichlarda geografiya atamasi fanga olib kirilgan, dunyo haritasi tuzilgan, geografiya predmeti bo’yicha kitoblar va darsliklar yozilgan. Haritalarni daraja to’g’ri bilan tuzish usuli ixtiro qilingan. Shimol tomon haritalarni yuqori qismida tasvirlanishi mustahkamlangan.

Yüklə 38,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə