Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya kbia-70 husniddinov jasurbek



Yüklə 6,04 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü6,04 Kb.
#184226
Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya-fayllar.org (1)


Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya

Globallashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya

KBIA-70

HUSNIDDINOV JASURBEK

NOMOZOV O’KTAM

MAVZU REJASI:

1.ISHCHI KUCHI BOZORI VA RESURSLARI


2.ISHCHI KUCHI MIGRATSIYASINING MAZMUNI VA MOHIYATI
3.MEXNAT MIGRATSIYASINING ASOSIY TURLARI
Ishchi kuchi (inglizchaLabor force ) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli boʻlgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni boʻlib uning yoshi va mehnatga boʻlgan qobiliyati hisoblanadi.
Ishchi kuchi resurslari
Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band boʻlgan nafaqaxoʻrlar ham ishlashi mumkin. Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar va vaqtinchalik uy xoʻjaligida band boʻlganlar potensial qismi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va taʼminlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi oʻsishini taʼminlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar oʻrtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan toʻla va samarali band boʻlishini taʼminlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham oʻz ichiga oladi. Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo boʻlib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon boʻladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy koʻpayishi hisoblanadi.

2.ISHCHI KUCHI MIGRATSIYASINING MAZMUNI VA MOHIYATI


  • Migratsiyaaholining, shu jumladan ishchi kuchining bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chib o‘tish harakati bo‘lib, uning miqyosi va sur’ati mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat hamda mehnat bozori sig‘imini ham belgilab beradi.

  • Ishchi kuchi migratsiyasi deganda mamlakat mehnat resurslarining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib yurishi tushunilsa, iqtisodiy nuqtai-nazardan esa, ijtimoiy mazmuni bilan bog‘langan holda, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholining mintaqa va hududlararo ko‘chib yurishi tushuniladi.


Emigratsiya - bu fuqarolarning ma'lum bir davlatdan chiqib ketish jarayoni. Bu atama yashash joyini oʻzgartirish maqsadida chiqib ketgan mamlakatga nisbatan qoʻllaniladi. Masalan, Rossiyadan emigratsiya Rossiya hududini tark etishni anglatadi.
Immigratsiya - bu vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun davlatga kirish jarayoni. Ushbu atama ular yashash uchun ko'chib o'tadigan mamlakatga nisbatan qo'llaniladi. Masalan, Germaniyaga immigratsiya degani, shaxsning Germaniya hududida yangi yashash joyini tashkil etishini anglatadi.
"Emigratsiya" va "immigratsiya" atamalari o'rtasidagi farqni soddaroq tushunish uchun siz emigratsiya - bu ketish, immigratsiya - kirish ekanligini bilishingiz kerak.
3.MEXNAT MIGRATSIYASINING ASOSIY TURLARI
1. Shartnoma asosida ishlovchilar. Bunda ishlovchilarning kirib kelish muddati qabul qiluvchi davlat tomonidan aniq qilib ko‘rsatadi. Bu holat asosan mavsumiy ishlar, jumladan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ekish, parvarishlash va hosilni yig‘ib olish kabilar bilan bog‘liqdir. Mazkur turdagi faoliyatga odatda malakasiz yoki malakasi past bo‘lgan ishchilarning mehnat migratsiyasi misol bo‘la oladi.
2. Malakali kadrlar migratsiyasi. Bunga amaliy tajribasi bilimi shuningdek tayyorgarligi yuqori bo’lgan hodimlarning mehnat migratsiyasi misol bo’la oladi.
3. Noqonuniy migrantlar. Mazkur toifaga tegishli rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirmasdan xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar kiradi.
4. Qochoqlar – bular hayoti va faoliyati xavf ostida bo‘lganligi sababli xorijga ketib qolgan kishilar.
5. Ko‘chmanchilar bular doimiy yashash uchun boshqa mintaqalarga ko‘chib yuruvchilar.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Yüklə 6,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə