Iv bob. Aholining tabiiy harakati statistikasi



Yüklə 54,01 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü54,01 Kb.
#167377
  1   2   3   4   5
Iv bob. Aholining tabiiy harakati statistikasi-hozir.org


Iv bob. Aholining tabiiy harakati statistikasi

IV bob. AHOLINING TABIIY HARAKATI STATISTIKASI
4.1.Aholi takror paydo bo‘lishining umumiy ko‘rsatkichlari
Tug‘ilgan va vafot etganlar, nikohdan o‘tgan va o‘chganlarning mutlaq soni aholi tabiiy harakatining intensivligini ifodalab berolmaydi. Aholi soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, tug‘ilganlar soni ham, vafot etganlar soni ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Aholining tabiiy harakati intensivligi haqida fikrlash uchun mutlaq miqdorlardan nisbiy miqdorlarga o‘tish kerak. Buning uchun tug‘ilgan va vafot etganlar sonini aholining o‘rtacha soniga bo‘lish kerak.
Tug‘ilish, vafot etish, nikohdan o‘tish va undan o‘chish holatlari quyidagicha aniqlanadi:
  1. Tug‘ilish


  2. Vafot etish



  1. Tabiiy o‘sish Kt – tug‘ilish, Kt – Vafot etish Kt


  2. Nikohdan o‘tish


  3. Nikohdan o‘chish


Aholining yashash koeffitsienti tug‘ilish, vafot etishga nisbatan necha marta yuqori yoki kamligini ifodalaydi.

Har xil vaqt oralig‘ida, tug‘ilgan va vafot etganlar soni bir xil bo‘lmaydi, vaqt oralig‘i qanchalik katta bo‘lsa, ularning soni ham shunchalik katta bo‘ladi va boshqa Bu ko‘rsatkichlarni solishtirish mumkin bo‘lgan holga keltirish uchun, ularni qandaydir bir yilga keltiriladi. U holda tug‘ilish koeffitsienti tug‘ilganlar soni o‘rtacha aholi soniga bo‘linadi va vaqt oralig‘iga ko‘paytiriladi.
Tug‘ilish
Bunda: T – davr uzunligi yillarda.
Aholining tabiiy harakati koeffitsientlari, odatda, 1000 kishiga nisbatan aniqlanadi va natija promilleda (%0) ifodalanadi.

4.2.Aholi tabiiy harakatining maxsus koeffitsientlari va ularning umumiy koeffitsientlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Aholi statistikasida aholi tabiiy harakatini ifodalovchi maxsus koeffitsientlar ham muhim ahamiyatga ega.
Aholining takror paydo bo‘lishini sinflar va ijtimoiy guruhlar doirasida o‘rganish lozim. Aholining tabiiy harakati koeffitsientlar, har xil sinf va ijtimoiy guruhlar bo‘yicha lozim ko‘rsatkichlarning o‘rtacha natijasini ifodalaydi.
Maxsus koeffitsientlarga aholining ma’lum jinsiy yoshi bo‘yicha aniqlangan koeffitsientlar kiradi. Maxsus koeffitsientlarni hisoblash usuli umumiy koeffitsientlarni hisoblash usulidan farq qilmaydi. Ularning farqi shundaki, unda aholi ma’lum guruhida yuz bergan farqlar usha guruh aholining o‘rtacha soniga bo‘linadi.
Masalan, qishloq aholisining vafot etishi koeffitsienti:


Vafot etish Kb =


Qishloq joylarda vafot etganlar soni


Qishloq joylardagi aholining o‘rtacha soni



Vafot etishning umumiy koeffitsientini, ayrim olingan maxsus koeffitsientlardan hisoblash mumkin:
m umumiy  mx*dx;
Bu erda: m umumiy – umumiy vafot etish koeffitsenti;
mx – maxsus vafot etish koeffitsienti (masalan, ma’lum yoshdan X, ma’lum yoshgacha XQ1 yil);
dx – umumiy aholi sonida X dan XQ1yoshgacha bo‘lgan aholi ulushi.
Aholining takror paydo bo‘lishini o‘rganishda tug‘ilishning maxsus koeffitsientini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Uni aniqlash uchun tug‘ilgan bolalar sonini 15 dan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollarning o‘rtacha yillik soniga bo‘linadi:
Maxsus tug‘ilish
Maxsus tug‘ilish Kt bilan umumiy tug‘ilish Kt orasida yaqin aloqa mavjud. Agar maxsus tug‘ilish koeffitsientini va 15-49 yosh orasidagi ayollar sonining umumiy aholi sonida ulushi ma’lum bo‘lsa, umumiy tug‘ilish Kt ni aniqlash mumkin va aksincha:

Bu erda: ds – 15-49 yosh ayollarning umumiy aholi sonidagi ulushi.


Nikohdan o‘tishning maxsus koeffitsienti ham aholi takror paydo bo‘lishini tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Maxsus nikohdan o‘tish koeffitsientini aniqlash uchun nikohdan o‘tganlar soni 15 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar soniga bo‘linadi.
Aniqlik kiritilgan maxsus nikohdan o‘tish koeffitsientini aniqlash uchun nikohdan o‘tganlar soni 15 dan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar soniga bo‘linadi; yoshiga qarab nikohdan o‘tish koeffitsienti – ma’lum yoshda nikohdan o‘tgan ayollar sonining shu yoshdagi ayollar umumiy soniga nisbatan aniqlanadi.
Aholining takror paydo bo‘lishini tahlil qilishda nikohda turuvchi erkak va ayollar foizini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Nikohdagi va nikohda bo‘lmagan tug‘ilganlar koeffitsientini bir-biridan ajratish lozim:
Bu erda: Nm va Np – nikohda bo‘lgan va nikohda bo‘lmagan 15-49 yoshda tuqqan ayollar soni.
Maxsus koeffitsientlar qatoriga bolalar vafot etish koeffitsienti va bir yoshdan o‘tib vafot etganlar ko‘rsatkichlarini ham hisoblash lozim. Lekin ularni hisoblash va koeffitsientlarini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari ularni alohida bo‘limga olishni taqozo etadi.


Yüklə 54,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə