Iv bob. Aholining tabiiy harakati statistikasi


Bir yoshdan oshgan aholining vafoti



Yüklə 54,01 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü54,01 Kb.
#167377
1   2   3   4   5
Iv bob. Aholining tabiiy harakati statistikasi-hozir.org

4.4.Bir yoshdan oshgan aholining vafoti
Ma’lumki, aholi orasida bir yoshga etmagan bolalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, boshqa hollarni e’tiborga olmagan holda vafot etish koeffitsienti shunchalik yuqori bo‘ladi. SHuning uchun bir yoshga etmagan bolalar va bir yoshga etgan shaxslarning vafot etish koeffitsientlarini alohida-alohida hisoblash lozim.
Umumiy vafot etish koeffitsientiga o‘xshab, bir yoshdan oshgan aholining vafot etish koeffitsienti aniqlanadi:

Bunda: M>1 – bir yoshdan oshib vafot etganlar soni.


Tug‘ilish, umumiy va bir yoshga etmay vafot etganlar ko‘rsatkichlari bo‘lsa, bir yoshdan keyin vafot etganlarning vafot etish koeffitsientini aniqlash mumkin:
Bir yoshdan oshgan aholining o‘rtacha sonini aniqlash uchun o‘rtacha aholi sonidan bir yoshga etmagan aholining o‘rtacha soni ayiriladi. Bunda shuni hisoblash kerakki, shu kalendar yilida tug‘ilganlarning 23 qismi shu yilning o‘zida vafot etadi. SHunday qilib, yillik tug‘ilganlar sonida aholi orasida bir yoshga etmay yashayotganlar soni:

SHundan bir yoshdan oshganlarning o‘rtacha sonini hisoblaymiz:

va bir yoshdan oshganlarning vafot etish koeffitsienti:

Tug‘ilishdagi o‘zgarishlarni va go‘daklardagi vafot etish darajasini hisobga olgan holda bir yoshdan oshganlar orasida vafot etish koeffitsienti quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:

«mo» belgi bundan avvalgi yil ko‘rsatkichlari.

4.5.Koeffitsientlarni andozalash
Qator demografik koeffitsientlar (tug‘ilish, vafot etish, maxsus tug‘ilish va boshqa)ni mamlakatlar, sinflar, mashg‘ulotlar bo‘yicha va kasbi bo‘yicha, shahar va qishloq, vafot etish sabablari va boshqa bo‘yicha solishtirilganda ular solishtirilayotgan guruhlarning yosh tarkibiga bog‘liqligini unutmaslik kerak.
Masalan, aholi shu guruhi yoshning vafot etish koeffitsientiga bog‘liq ekanligi e’tiborga olinmasa, bir holatda oshirib, boshqa hollarda esa farqlarni ko‘rintirmay yuboradi. Aholining ayrim guruhlari bo‘yicha umumiy vafot etish, tug‘ilish, maxsus tug‘ilish ko‘rsatkichlarini solishtirish uchun koeffitsientlarni andozalashdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Bir xil yosh tarkibida yoshlar koeffitsientlari bilan tortish natijasida olingan koeffitsientlarni andozalangan koeffitsientlar deb ataladi. Koeffitsientlarni andozalashning uch turi mavjud: to‘g‘ri, teskari va qiyshiq.
To‘g‘ri usulning mohiyati shundaki, unda barcha guruhlar uchun koeffitsientni aniqlash, ma’lum bo‘lgan yosh koeffitsientini aholining umumiy yoshi bo‘yicha vaznlarga javob beradi (yosh aholini qandaydir andoza bo‘yicha yoshlarga ajratish).

Bu erda: K1 andoza – bir guruh uchun andozaviy koeffitsient;


K11 andoza – boshqa guruh uchun andozaviy koeffitsient;
q1 – bir guruh uchun yoshlar bo‘yicha koeffitsient;
q11 – boshqa guruh uchun yoshlar bo‘yicha koeffitsient;
R – andoza.
Teskari usulning mohiyati, unda shu guruh aholisi vafot etish koeffitsienti, shu guruh aholining yoshi bo‘yicha taqsimoti tortilgan vafot etish koeffitsienti bilan solishtiriladi. Olingan natija umumiy aholining yoshi bo‘yicha vafot etish darajasiga ko‘paytiriladi (andoza):
Bunda, q – andoza sifatida qabul qilingan aholining umumiy vafot etishi.
Qiyshiq usulning mohiyati shundaki, unda e’tibor «kutilayotgan» aholi (ma’lum yoshlar bo‘yicha) sonining olishiga qaratiladi.
Andoza bo‘lib yosh tarkibi vafot etish, shu territoriya bo‘yicha avvalgi yillardagi mamlakat bo‘yicha yoki boshqa mamlakat bo‘yicha va h.k.
SHu maqsadda har yoshda o‘lganlar soni vafot etishning o‘ziga mos keluvchi yosh ko‘rsatkichlariga bo‘linadi. YOshi bo‘yicha «kutilayotgan» sonlar yig‘indisi aholining umumiy «kutilayotgan» sonini beradi. «Kutilayotgan» aholi soni bilan amaldagi aholi soni orasidagi farq umumiy vafot etish koeffitsientini – andozani, «kutilayotgan» yoshi amaldagi aholi soniga ko‘paytiriladi. Olingan natija vafot etish koeffitsienti bo‘ladi.
bunda, S0 kutilayotgan quyidagi nisbatdan olinadi:

Andozalashning bu guruhi aholi yosh tarkibi haqidagi ma’lumotlarni talab etmaydi, faqat vafot etgandagina yosh tarkibi haqidagi ma’lumotlar bo‘lsa bas. SHuni nazarda tutish kerakki, andozali koeffitsientlar faqat taqqoslash uchun yaraydi. Binobarin, bunday solishtirishlarni shunday amalga oshirish mumkinki, agar ular bitta standartdan foydalanib hisoblangan bo‘lsa. Agar bevosita vafot etish va boshqa ko‘rsatkichlarni bilish lozim bo‘lsa, odatdagi ko‘rsatkichlarni ishlatish kerak bo‘ladi (andozasiz).





Yüklə 54,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə