Iv bob. Aholining tabiiy harakati statistikasi


YAshay olish yoshi jadvallari



Yüklə 54,01 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü54,01 Kb.
#167377
1   2   3   4   5
Iv bob. Aholining tabiiy harakati statistikasi-hozir.org

4.6.YAshay olish yoshi jadvallari
Vafot etish aholining yashay olish yoshi va hayot tarzini, shart-sharoitlarini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Vafot etish darajasi nisbatlarining yashash sharoitlarini, ularning ish va yashash sharoitlarini, tabiat va butun sog‘liqni saqlash tizimini tavsiflab beradi.
Vafot etishning aniq tavsifini yashay olish yoshi jadvallari ko‘rsatadi. YAshay olish yoshi jadvallari aholining vafot etish tarkibini tavsiflaydi. Ular statistik jadvallardan iborat bo‘lib, tug‘ilganlarning qanchasi, u yoki bu yoshgacha yashashini, qanchasi vafot etishini, har yoshgacha yashash yoki o‘lish ehtimolligi, aholining o‘rtacha yashash davri qancha va hokazolarni ko‘rsatadi. YAshay olish yoshi jadvallari bir-biri bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi:
Ix – x yoshgacha yashayoladiganlar soni;
dx – x dan (x+1) yoshgacha vafot etadiganlar soni;
Rx – x dan (x+1) yoshgacha yashay olish ehtimoli;
qx – x dan (x+1) yoshgacha yashay olish ehtimoli;
Lx - x dan (x+1) yoshgacha aholi tomonidan yashay olgan yillar soni;
Tx – x dan va undan yuqori yoshgacha aholi tomonidan yashay olgan yillar soni;
Rx – x dan (x+1) yoshgacha yashay olish yoshi koeffitsienti;
S0 – oldinda turgan hayotning (to‘liq) o‘rtacha uzunligi;
Vx – oldinda turgan hayotning uzunligi ehtimoli;
Vn – hayotning me’yoriy uzunligi.

4.7.YAshay olish yoshi jadvallarini tuzish
YAshay olish jadvallari shu davr maboynida ayrim olingan yoshdagi yoki yoshlar va yoshlar guruhidagi vafot etish darajasini aks ettiradi. Amaldagi vafot etish darajasini aks ettiruvchi yashay olish yoshi jadvallarini tuzish, avvalgi yillar o‘lish darajasi ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri va shartli usullardan farqli o‘laroq, teskari nomi bilan yuritiladi.
Bu jadvallarni tuzish usullari har xil. Tahminan, har bir mamlakatda buni tuzish usuli mavjud, binobarin, ular tuzilayotgan davrlar orasi ham har xil (Fransiyada olti yillik, AQSH, Angliya va ba’zi Skandinaviya mamlakatlarida o‘n yillik va h.k).
Bunday jadvallarni tuzishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning barchasi aholi ro‘yxati va joriy hisobotning o‘lganlar haqidagi ma’lumoti asosida tuziladi. Bir yillik yosh farqi bilan to‘liq jadvallar, besh yillik va o‘n yillik yosh guruhlari bo‘yicha qisqartirilgan jadvallar tuziladi. Bolalar yoshlari uchun yashay olish yoshi jadvallari tug‘ilgan va o‘lganlar haqidagi ma’lumotlar asosida tuziladi.
U yoki bu usul asosida tuzilgan yashay olish jadvallari bir yil davomida shu yoshga kirganlarning amaldagi vafot etish darajasini tavsiflaydi. Demak, tuzish usulini tanlash mavjud bo‘lgan statistik ma’lumotlarga, shuningdek, shu intervallar olinayotganda, qanday o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lganligiga bog‘liq.
YAshay olish yoshi jadvalini tuzish shu jadvaldagi bir ko‘rsatkichni - qx (bitta usul) omiliga qaratilgan, chunki ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, boshqalarini ham aniqlash imkonini beradi.
Jadvallar tuzish usullarini quyidagicha tasniflash mumkin:
- tuzishning shartli guruhi (Graunt va Eyler jadvallari);
- Laplasning to‘g‘ri usuli;
- tuzishning teskari usullari (Bunenovskiy, Bek, fransuzcha, sovetcha va h.k).
Qisqartirilgan yashay olish yoshi jadvallari muhim ahamiyatga ega.
Qisqartirilgan jadvallar tuzishning ahamiyati kengaytirilgan jadvallarni tuzish davri kabi emas, lekin ularni tuzish kam mehnat va vaqt talab qiladi. SHuni aytish lozimki, xalqaro statistik to‘plamlarda va yillik to‘plamlarda yashay olish yoshi jadvallari besh yillik yosh guruhlari bo‘yicha beriladi. Qisqartirilgan jadvallarni besh va o‘n yillik yosh guruhlari bo‘yicha ham tuzish mumkin.
Har qaysi jadval uch qismga bo‘linadi: erkak aholi uchun, ayol aholi uchun va umumiy aholi uchun.



Yüklə 54,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə