Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti 0110201-Ta ‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim) yo’nalishi bosqich talabasi Isoqova



Yüklə 16,63 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü16,63 Kb.
#152451
TAQRIZ ZEBO


Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti 70110201-Ta ‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim) yo’nalishi 2 bosqich talabasi Isoqova Zebiniso Abdumajidovna “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy moslashuvini tashkil etish shart sharoitlari ” mavzusida tayyorlangan magistrlik dissertatsiya ishiga
T A Q R I Z

O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim sohasini rivojlantirishga yо‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni kо‘proq о‘quvchi shaxsiga yо’naltirilmoqda. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g’oyalarga sodiq va yuksak kasb mahoratiga ega bо‘lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi pedagogik intilishlarning asosini tashkil etadi. Buning uchun о‘quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan natijaga erishishni ta‘minlash lozim.


Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodlarning o‘qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqoza etmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy ta‘lim tizimi oldiga o’quvchilarning qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatlarning maksimal darajada namoyon bo’lishini ta’minlash, ijodiy yetuk, o‘z-o‘zini namoyon eta olishga qodir shaxsni shakllantirish kabi global vazifalarni qo’ymoqda. Bu kabi vazifalarni oqilona hal qilishning dastlabki choralaridan biri boshlang’ich sinfda o‘quv-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishning optimal yo‘llarini aniqlashdir. Ta‘lim-tarbiya eng murakkab va ko‘p qirrali jarayonligi bois, uning har bir bosqichi va bo‘g‘inlarida tarbiyalanuvchi bilan tarbiyalovchi o‘rtasidagi munosabatlar, o‘zaro tushunish, o‘zaro hurmat va o‘zaro qabul qilishning tarkib topishi murakkab psixologik-pedagogik qonuniyatlarga ega.
Isoqova Zebinisoning mаzkur bitiruv mаlаkаviy ishi bolalarning axloqiy rivojlanishida didaktik o‘yinlardan foydalanishga bаg‘ishlаngаn.
Tаdqiqоt ishi kirish, uch bоb, umumiy хulоsаlаr vа fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti qismlаridаn ibоrаt.
Magistirlik dissertatsiya ishida bolalarning axloqiy rivojlanishida didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati yaxshi ochib berilgan. Bitiruvchi Isoqova Zebiniso magistirlik dissertatsiya ishini bajarib ushbu natijalarga erishgan:
Bolalarning axloqiy rivojlanishida didaktik o’yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy holatini to‘la o’rganib chiqqan hamda nazariy-pedagogik asoslarini aniqlagan.
Bolalarning axloqiy rivojlanishida didaktik o‘yinlardan foydalanib tajriba-sinov ishlarini o’tkazilgan, turli natijalarga erishgan va ularning samarali shakl, vosita va metodlari yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqqan.
Shu sababli bitiruvchi Isoqova Zebiniso Abdumajid qizi “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy moslashuvini tashkil etish shart sharoitlari” mavzusida tayyorlangan magistirlik dissertatsiya ishi dolzarb mavzuda tayyorlangan deb hisoblayman va DAKda himoyaga tavsiya qilaman.
Sirdaryo VPYMO‘MM p.f.b.f.d.
(PhD), dotsent G.Berdaliyeva
Yüklə 16,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə