"ijtimoiy va iqtisodiy fanlar" kafedrasi



Yüklə 35,85 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü35,85 Kb.
#154498
Investitsiya 3


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING


JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI

“IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI


“Investitsiyalar” FANIDAN




MUSTAQIL ISH


MAVZU: To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotni modernizatsiya qilishdagi roli

Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Axmedov.N

Qabul qildi: Xudayorov.R

Jizzax 2023



Reja:

  1. Kirish

  2. Aososiy qism

  1. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning tasniflanishi va ularga oid nazariyalar.

  2. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati

  3. O‘zbekistonda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishning asosiy omillari.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlar oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik qilishning roli ortib bormoqda. Jahon mamlakatlarida barqaror iqtisodiy oʻsishni ta‘minlashda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy oʻsish sur‘atlari yuqori boʻlgan rivojlanayotgan davlatlarda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 2000-2016 yillarda jalb qilingan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi Hindistonda 20 martagacha, Turkiyada 15 marta, Vetnamda 8,9 marta, Kambodjada 8,2 marta, Myanmada 7,2 marta, Panamada 6 marta oshdi. O‘z navbatida xorijiy investitsiyalarning yuqori iqtisodiy samarasi natijasida aytilgan davrda ushbu mamlakatlarda oʻrtacha iqtisodiy oʻsish sur‘ati ham baland boʻlib, 6,5-10,5 foizgacha etgan.


Jahonda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, ularning istiqbolli tarmoqlarga kirishini rag‘batlantirish va ulardan samarali foydalanish muammolari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish kengaymoqda. Chunki oxirgi oʻn yilda jahon iqtisodiyotidagi nobarqarorlik, turli tahdidlarning saqlanib qolayotganligi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻsish sura‘tlarining pasayishi dunyoda xorijiy investitsiyalar oqimi hajmini tushib ketishiga sabab boʻldi. Mazkur holatlar tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.

Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarning tasniflanishi va ularga oid nazariyalar Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiya bu transchegaraviy investitsiyalarning shunday turiki, unda bir iqtisodiyotdagi rezident boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga investitsiya kiritishi uning boshqaruvini nazorat qilish yoki unga salmoqli ta‘sir koʻrsatish imkoniyatini beradi. Bunda boshqaruvni nazorat qilish uchun korxonaning kamida 50 foiz ovoz berish huquqi, unga salmoqli ta‘sir koʻrsatish uchun esa 10-50 foiz ovoz berish huquqi talab qilinadi. BMTning Savdo va rivojlanish tashkilotining 1999 yildagi Jahon investitsiya hisobotida aytilishicha esa TTXI bu bir iqtisodiyotdagi rezident birlikning (xorijiy investor yoki bosh korxona) boshqa iqtisodiyotdagi rezident korxonaga uzoq muddatli aloqa, davomli manfaat va nazoratni koʻzlab kiritgan investitsiyasidir. TTXIni investor mamlakat nuqtai nazardan gorizontal, vertikal va konglomerativ turlarga ajratish mumkin6 . Gorizontal TTXI xorijiy mamlakatda oʻz mamlakatida ishlab chiqaradigan mahsulotlar turi bilan bir xil mahsulot ishlab chiqarish uchun yoʻnaltirilgan investitsiyalardir. Shu sababli gorizontal TTXI uchun mahsulot differentsiatsiyasi bozor tuzilmasining muhim elementi sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, gorizontal TTXI monopolistik yoki oligopolistik ustunliklardan yanada toʻliqroq foydalanish uchun amalga oshiriladi. Bu ayniqsa, monopolistik ustunliklardan mahalliy bozorlarda foydalanish monopoliyaga qarshi qonunlarga zid kelib qolgan holatlarda ayni muddaodir. Vertikal TTXI esa chet eldagi xom ashyo materiallardan foydalanish yoki distribyuterlik savdo shoxobchalari orqali iste‘molchilarga yaqinlashish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda turli mamlakatlar ishlab chiqarishning turli bosqichlari yoki omillari bilan qatnashadi. Masalan, uzoq vaqt mobaynida AQSh avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yaponiya avtomobil bozoriga kirishda qiyinchiliklarga duch kelganlar. Chunki Yaponiyalik avtomobil dillerlari oʻz ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin biznes aloqalariga kirishgan va bu xorijiy avtomobillarga nisbatan qarshilikni tug‘dirayotgan edi. AQSh avtomobil dillerlari bu toʻsiqni engib oʻtish uchun Yaponiyada oʻz mahsulotlarini sotishda oʻz dillerlik tarmoqlarini ochishga kirishganlar. Konglomerativ TTXI esa oʻz ichiga gorizontal va vertikal TTXI qamrab oladi. Retsipient mamlakat nuqtai nazardan esa TTXIni import oʻrnini bosuvchi, eksportni rag‘batlantiruvchi va davlat tashabbusi ostidagi turlarga ajratish mumkin. Import oʻrnini bosuvchi TTXI muayyan mamlakatda ushbu mamlakat avval import qilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun kiritilgan investitsiyalar hisoblanadi va bu mazkur mamlakatning oʻsha mahsulot boʻyicha importini qisqarishiga va investor mamlakatning esa eksportini kamayishiga olib keladi. Bu turdagi TTXIni rag‘batlantiruvchi asosiy omillar qabul qiluvchi mamlakat bozori hajmining kattaligi, transportatsiya harajatlari va savdo toʻsiqlarining mavjudligidir. Eksportni rag‘batlantiruvchi TTXI esa retsipient mamlakatning investor mamlakat va TMK filiallari joylashgan mamlakatlarga xom ashyo materiallar va oraliq mahsulotlar eksportini rag‘batlantiradi. Chunki bu turdagi TTXI maqsadi ishlab chiqarish uchun yangi manbalar va omillar izlab topishdir. Davlat tashabbusi ostidagi TTXI turiga hukumat toʻlov balansidagi defitsitni yoʻqotish maqsadida xorijiy investorlarga turli imtiyozlar taklif qilish jarayonida jalb qilingan investitsiyalar kiradi. TTXIni ekspansiyaviy (expansionary ―egallovchi‖) va himoyaviy (defensive) turlarga ajratish mumkin. Chen va Kuning fikriga koʻra ekspansiyaviy TTXI retsipient mamlakatda investor firma ustunliklaridan foydalanishni koʻzda tutadi7 . Bunday turdagi TTXI investor korxonaning ichki va tashqi savdosining oʻsishiga yordam beradi. Himoyaviy TTXI esa qabul qiluvchi mamlakatda mavjud ishchi kuchidan foydalanib ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni maqsad qilib qoʻyadi. Chen empirik tadqiqotlariga koʻra ekspansiyaviy TTXIga eng koʻp ta‘sir qiladigan omillar firma hajmi, ilmiy-texnik salohiyati, rentabellik va texnologiya kabilar hisoblanadi. Himoyaviy TTXIga esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq motivlar salmoqli ta‘sir koʻrsatadi8 . TTXI uch xil shaklga ega boʻlishi mumkin: grinfild (noldan boshlanuvchi) investitsiyalar, transchegaraviy birlashish va yutib yuborishlar (M&As) va qoʻshma korxonalar. Grinfild investitsiyalar investor firma retsipient mamlakat hududida yangi ishlab chiqarish faoliyatini boshlash bilan amalga oshiriladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchi mamlakat uchun yangi ish oʻrinlarini yaratishi va ishlab chiqarishda yangi qoʻshilgan qiymatni shakllantirgani sababli ma‘qul hisoblanadi. Agar xorijiy investor yangi korxona ochmasdan mavjud korxonani sotib olib undagi ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini, ishchilarini va butun jarayonni deyarli butunlay yangilasa bunday TTXI ―braunfild investitsiyalar‖ deyiladi. Bunday TTXI turi asosan oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida koʻp kuzatilgan9 . TTXIning korxonalarning xalqaro darajada oʻzaro birlashishi va yutib yuborishi (M&As) natijasida kelib chiqadi. TTXIning bu turi xorijiy investorlar uchun grinfild investitsiyalarga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega boʻlishi mumkin. Masalan, muvaffaqiyatsizlikka uchragan investitsiya loyihalari odatda investor uchun arzonga tushadi va investorning bozorga qisqa muddatda kirib olishini ta‘minlaydi. Koʻpchilik rivojlanayotgan va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI asosan resurs izlovchi xarakterga ega boʻladi. Bu turdagi investitsiyalar uchun rag‘batlantiruvchi omillar sifatida retsipient mamlakatlarning xom-ashyo va mehnat resurslariga boyligini keltirish mumkin. Ushbu mamlakatlarda neft, gaz, mineral moddalar, metallar kabi tabiiy boyliklarning koʻpligi va arzonligi hamda arzon ishchi kuchi mavjudligi resurs izlovchi investitsiyalar jalb qilishni 8 Xiaoyang Chen, Maggie; Lin, Chuanhaorag‘batlantiradi. Bunday turdagi investitsiyalash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa asosan eksport qilinadi.
Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati

Xalqaro kompaniyalarning paydo boʻlishiga qadar barcha xorijiy investitsiyalar portfel investitsiyalar shaklida boʻlgan. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi, ammo bu yillarda portfel investitsiyalar hajmi toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyalar hajmiga nisbatan ikki barobar koʻp edi. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning aniq moliya-sanoat guruhlari, xalqaro firmalar, transmilliy korporatsiyalar faoliyati orqali amalga oshirilishi ularga muayyan ustunlik beradi. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni boshqarish portfel investitsiyalarga qaraganda oson boʻlib, ularning «oʻyin qoidalari» aniqroqdir. Ushbu holat bozor iqtisodiyotini tartibga solishda muhim ahamiyatga ega . Tahliliy ma‘lumotlarga qaraganda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi bir necha oʻn yilliklar mobaynida jadal sur‘atlar bilan oʻsib bormoqda. 1914 yildan ikkinchi jahon urushi oxirigacha boʻlgan muddatda xorijiy investitsiyalar hajmi 30% ga koʻpaygan holda, keyingi 10 yil mobaynida ikki barobar oʻsgan. XX asrning 60-yillarining oʻrtalaridan boshlab keyingi 25 yil mobaynida esa ushbu koʻrsatkich 4 marotabaga oshgan. XX asrning 1990 yillarida jahonda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining hajmi 449 mlrd. dollarni tashkil etgani holda, ushbu koʻrsatkich 2017 yilga kelib 1,4 trln. dollarga etdi. Mazkur holat mamlakatlar iqtisodiyotiga, shuningdek, xalqaro kapital oqimiga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. XXI asr boshlarida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar jahonda rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchiga aylanib 24 bormokda. Jumladan, jalb etilgan, chetga chiqarilgan va toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2017 yilga kelib 1990 yilga nisbatan mos ravishda 3 martaga ortgan. 2009 yilda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta‘siri ostida 2008 yildagi 1 trln. 979 mlrd. dollarga nisbatan 39% ga pasayib, 1 trln. 197 mlrd. dollarni tashkil etdi. Tahlillar koʻrsatishicha, 2009 yilning birinchi choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 44% ga qisqargan. 2017 yilda dunyo miqyosida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmi 2016 yilga nisbatan 23 foizga yoki 438 mlrd. dollarga kamaygan, toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish hajmi esa 43 mlrd. dollarga kamaygan, shuningdek, dunyo boʻyicha toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 481 mlrd. dollarga kamaygan. 1.3-jadval Jahon iqtisodiyotiga yoʻnaltirilgan toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarning rivojlanish dinamikasi20 Koʻrsatkichlar Joriy baholardagi qiymati, mlrd. doll. 2017 yilda 1990 yilga nisbatan oʻzgarish, marta 1990 y. 2011 y. 2015 y. 2016 y. 2017 y. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 208 1700 1921 1868 1430 7 Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish 241 1712 1622 1473 1430 6 Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi 449 3412 3543 3341 2860 6 2017 yilda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmining 23% ga kamayishiga transchegaraviy birlashish va qoʻshib olishlar hajmining qiqarishi ta‘sir koʻrsatgan. Transchegaraviy birlashish va qoʻshib olishlar hajmi oxirgi ikki yil davomida 887 mlrd. AQSh dollaridan 694 mlrd. AQSh dollarigacha kamaygan holda, 2017 yilda 2016 yilga nisbatan 22% ga pasaygan. Mazkur tuzilgan bitimlar soni Evropada 34% ga, Yaponiyada esa 25% ga kamaygan.
1.3 Jahon iqtisodiyotida toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarning tarkibi va rivojlanish holati tahlili Iqtisodiyotda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik yangilashda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI)ni jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyotida koʻplab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni eksport va import qiluvchilar sifatida mazkur jarayonning faol ishtirokchisi hisoblanishadi. Chunki, toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar asosan transmilliy korporatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning tarkibini xorijiy kapitalni jalb qiluvchi va kapitalni chetga chiqaruvchi mamlakatlarni guruxlagan holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining yoʻnalishlari mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni asosan jalb etuvchi va chiqaruvchi mamlakatlar sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar hisoblanishadi va ularning ulushiga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar yillik oqimining 80% i toʻg‘ri keladi. 2017 yilda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimlari sezilarli oʻzgarish tendentsiyalarii bilan xususiyatlandi. toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning global oqimi 2017 yilda 1,43 trln.AQSh dollarini tashkil etdi. 2017 yilda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi barcha asosiy iqtisodiy guruhlarda – rivojlangan, rivojlanayotgan va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarda keskin oʻzgarish tendentsiyasiga ega boʻldi. Jalb etilgan jami toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2015 yilga nisbatan 25,6 foizga kamayib 1,43 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. Chetga chiqarilgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi esa, 2015 yilga nisbatan 11,8 foizga kamaygan holda 2017 39 yilda 1,43 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. 2.1-jadval. Jahonda toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar rivojlanishining geografik tarkibi, mlrd. doll. 27 Xorijiy investitsiyalar oqimi 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2017 yilda 2015 yilga nisbatan oʻzgarish, % Dunyo toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1921 1867 1430 -25,6 toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish 1622 1473 1430 -11,8 Rivojlangan mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 1141 1133 712 -37,6 toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish 1184 1041 1009 -14,8 Rivojlanayotgan mamlakatlar mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 744 670 671 -9,8 toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish 406 407 381 -6,2 O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish 36 64 47 30,6 toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish 32 25 40 25,0 2017 yilda jahon iqtisodiyotida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda 2015 yilga nisbatan pasayish tendentsiyasiga ega boʻlgan. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida esa toʻg‘ridantoʻg‘ri xorijiy investitsiyalarn jalb etish va chetga chiqarish hajmi 2017 yilda 2015 yilga nisbatan sezilarli darajada ortgan.

XULOSA
Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi. Jumladan: To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning samarali tizimini yaratish uchun birinchidan, rivojlanish strategiyani ishlab chiqish, ikkinchidan, “yo‘l xaritalari” yaratish, uchinchidan, o‘zoq yillarga mo‘ljallangan konseptsiya ishlab chiqish zarurligi asoslandi. Investitsiyalarni kiritish qarorini qabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar to‘plami investorning qaysi tarmoqqa mansubliligiga qarab farqlanadi, lekin barcha turdagi va guruhdagi investorlarni jalb qilishda hududning investitsion muhitini tavsiflovchi va unga xizmat qiluvchi indikatorlar mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan asoslandi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tizimini takomillashtirish quyidagi vazifalarni amaliy ijrosini ta’minlash o‘rinli: to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga oid milliy qonunchilikni xalqaro va mintaqaviy standartlarga uyg‘unlashtirish, xalqaro tajribada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli modelli huquqiy tartibga solish usullaridan foydalanish; innovatsion loyihalarni ishlab chiqayotgan va uni joriy etayotgan yuqori texnologik tarmoqlarga va korxonalarga qo‘shimcha rag‘bat va imtiyozlar berish; to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xususan ularning ishlab chiqarish zanjiriga kirish orqali mahalliy iqtisodiyotni jahon bozoriga integratsiyalashuvini ta’minlash zarur deb hisoblaymiz. Xulosa qiladigan bo‘lsak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha turlicha yondoshuvlar bo‘lib, ularning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish imkonini berishi zarur.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI (REFERENCES)
1. James E. Anderson, Mario Larch, Yoto V. Yotov. Trade and Investment in the Global Economy. Journal of NBER Working Paper No. 23757 (2017) 1879-1913. https://www.nber.org/papers/w23757.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 192 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” gi Farmoni. 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son.
3. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi «Investitsiya va investitsiya faoliyati to‘g’risida» gi O‘RQ-598-son Qonuni, 3-modda.
4. A.Sh.Bekmurodov. Xorijiy investitsiyalar. – Toshkent: Iqtisodiyot. – T. – O‘quv qo‘llanma.
5. A.B.Vaxobov. Xorijiy investitsiyalar. – Toshkent: Moliya, 2010. – T. – O‘quv qo‘llanma.
6. A.S.Azizov. (2021) To‘g’ridan to‘g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishda moliyaviyiqtisodiy va mamlakat xatarlarini kamaytirish. Iqt. fan. bo‘y. fals. dokt. (PhD) diss. Avtoref. – Toshkent: 2021. – 11 b.
7. G.M.Galeeva and E.N.Kadeeva. Problems of attracting foreign direct investment into the regional economy. Journal of Physics: Conference Series, 1730(2021) 012118, 2020. – P. 8.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi “2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasidan.
9. World Investment Report 2020. https://unctad.org/webflyer/world-investment-report2020 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvarda o‘tkazilgan majlisdagi «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» ma’ruzasi. //Xalq so‘zi. 2017 y. 16.01.
Yüklə 35,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə