Iqtisod tarmoqlari va sohalari



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#133213
  1   2   3
2 5253658379343116294


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

IQTISOD TARMOQLARI VA SOHALARI” YO‘NALISHI


921.20- GURUH TALABASI Boyboʻtayeva Dildora
INNOVATSION IQTISODIYOT” FANIDAN
Mustaqil ishi
Mavzu:Korporativ innovatsion tizimlar va loyihalar


Jizzax 2023


Reja:


1. Innovatsiya va innovatsion faoliyat tushunchalarining nazariy
asoslari
2. Innovatsion faoliyat sharoitida korxonalar samaradorligining
korporativ tarmoqli taxlili


1. Innovatsiya va innovatsion faoliyat tushunchalarining nazariy
asoslari


Innovatsiyalarni davlat tomonidan boshqarish — yurtimizning bugungi taraqqiyotida eng dolzarb vazifalardan. Boisi, davlat iqtisodiyotning xususiy sektori mustaqil uddalay olmaydigan xavf-xatarlarning bir qismni oʻz zimmasiga oladi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish — oʻz-oʻzidan xavfli biznes. Tavakkalchilik. Bu esa ham markaziy, ham mintaqaviy darajada innovatsiyalarni davlat tomonidan boshqarish shakllari, usullari va tamoyillarini takomillashtirishni talab etadi. Davlatning moliyaviy resurslari cheklangan sharoitda innovatsion sohadagi iqtisodiy asoslanmagan tavakkalchilikni kamaytirish uchun innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashning obyektiv mezonlari va yoʻnalishlarini belgilab olish muhimdir. Jahon va mahalliy iqtisodiyotda yuz berayotgan jarayonlar tahlili, innovatsion faoliyat natijalari ilmiy-texnik taraqqiyot sur’atini tashabbusli jadallashishi va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta‘minlaydi, iqtisodiyyotning o‘sishiga yangi impuls beradi, murakkab iqtisodiy vaziyatdan chiqishga xayrixox bo‘ladi, jamiyatning barcha jabhalarini rivojlantirishga sezilarli darajada ta‘sir qiladi. Shu munosabat bilan, iqtisodiy tizimlar rivojlanishning innovatsion modeli, ayniqsa, hozirgi inqirozli vaziyatda, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun o‘ta jozibali va maqbul model hisoblanadi. N.Kondratyev ning uzun to‘lqinlar nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiy inqirozdan chiqish va yangi iqtisodiy tiklanish asosiy innovatsiyadan boshlanadi, bu esa boshqa sohalarda bir qator ishlab chiqarishga joriy etiladigan yangiliklarga start beradi. Shunday qilib, innovatsion faollikni oshirish qayta tiklanadigan o‘sishni boshlash uchun zarur shart bo‘lib hisoblanadi1 . Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va tabiiy resurslar va energiya resurslari narxlarining o‘zgaruvchanligi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar rivojlanishining asosiy omili ularning modernizatsiya va innovatsiyaga yo‘naltirilganligidir. Innovatsion echimlarni jadal ishlab chiqish va qo‘llash kompaniyalarga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va o‘z mavqeini mustahkamlash, shuningdek, jahon va mahalliy bozorlarda yangi o‘rinlarni egallash imkonini beradi. Innovatsion infratuzilmaning rivojlanishi kompaniyalarga raqobat muhitida muhim afzalliklarni olib kelishi mumkin, bu butun dunyo kompaniyalarining global rivojlanish tendentsiyalarini belgilaydi. Innovatsiya nazariyasining asoschisi J. Shumpeter bo‘lib, u innovatsiyani birinchi navbatda tadbirkorlik bilan bog‘lagan, ya'ni "yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi texnologiyani joriy etish yoki yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirish, yangi manbalar va yangi ta'minot shakllarini olish, shuningdek ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarini optimallashtirishga intilishi"24 . P. Druker buni quyidagicha ta'riflaydi: “innovatsion faoliyat - bu tadbirkorga o‘zgarishlardan foydalanish va ularni yangi imkoniyatlarga aylantirish imkonini beradigan maxsus vosita, masalan, yangi biznes ochish yoki yangi xizmatlar ko‘rsatish25 . U muvaffaqiyatli faoliyatning asosiy tamoyillarini "innovatsion faoliyatning maqsadga muvofiqligi va tizimli xarakteri" deb ataydi, ayniqsa "mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish va innovatsion imkoniyatlar manbalari deb atash mumkin bo‘lgan narsalar haqida o‘ylash" muhimligiga e‘tibor qaratadi. P. Drukerning ta'kidlashicha, "innovatsiya - texnologik emas, balki iqtisodiy atama bo‘lib, korxonaning barcha tarkibiy qismlarini, uning barcha funktsiyalari va faoliyatini qamrab oladi” 26 . B. Tviss innovatsion faoliyatni talqin qilishda quyidagi sohalarni ham hisobga oladi - "yangi (yoki takomillashtirilgan) mahsulotni tijorat maqsadlarida ishlatishga yoki yangi (yoki takomillashtirilgan) ishlab chiqarish jarayoni yoki uskunasini birinchi tijorat maqsadlarida ishlatishga qaratilgan texnik, ishlab chiqarish va marketing faoliyati. "Korxonalar bu faoliyatining doimiyligini ta'kidlab, tadqiqotchi uning maqsadini "ixtiro yoki g‘oyaning iqtisodiy mazmunini egallashi" deb ta'riflaydi.27 K. Kristensen va M. Raynor quyidagi ta'rifni beradi: “Korxonaning innovatsion faoliyati - bu ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini mahsulot turlarini yangilash va sifatini yaxshilash, uni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan faoliyatdir” 28 . Mualliflar ikkita turdagi innovatsiyalarni ajratadilar: "qo‘llab -quvvatlovchi" va "buzuvchi". "Qo‘llab -quvvatlovchi" innovatsiya mavjud mahsulotlarni joriy iste‘mol xususiyatlariga moslashtirishga, "buzuvchi" - "foydalanish uchun qulay, arzon va past sifatli" mahsulotlarning yangi versiyalarini yaratish orqali mavjud mahsulotlar, texnologiyalar, sanoat va bozorlarni almashtirishga qaratilgan.29 . B. Santo quyidagi ta'rifni beradi: «innovatsiya-bu ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo‘lib, u g‘oyalar va ixtirolarni amalda qo‘llash orqali o‘z xususiyatlariga eng mos bo‘lgan mahsulotlar, texnologiyalarni yaratishga olib keladi va agar yangilik iqtisodiy foyda yo‘nalishiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning bozorda paydo bo‘lishi qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin"30, va shu bilan innovatsiyaning maqsadi nafaqat foyda, balki jamiyat manfaati bo‘lishi mumkin. G. Mensh innovatsiyalarning tabiati va intensivligini iqtisodiy o‘sish sur'atlari va tsikllari bilan bog‘lashni taklif qilib, innovatsiyalarning uchta asosiy turini ajratib ko‘rsatdi: "asosiy, takomillashtiruvchi va soxta innovatsiyalar ". Muallif korxonaning moliyaviy ahvolining yomonlashuvini innovatsion faoliyatni faollashtirishning asosiy drayveri deb hisoblagan va u innovatsiyalarni investitsiyalar samaradorligini oshirish va iqtisodiy rivojlanish turg‘unligini bartaraf etishning asosiy vositasi deb ta'riflagan va unga “ texnologik tanglik” deb nom qo‘ygan»Innovatsiya faoliyatining sotish bilan bog‘liq tarkibiy qismi innovatsiyaning tijoriy jozibadorligi bilan bog‘liq bo‘lib, uning vazifasi yaratilgan innovatsiya mahsulotlari, ularning afzalliklari va imkoniyatlari haqidagi axborotni keng targ‘ib etishdan iboratdir. Ushbu axborot innovatsiyani joriy etishning maqsadlarini aniqlashtiradi, uning yordamida nimalarga erishish mumkinligi va qanday kamchiliklar bartaraf etilishi mumkinligi ko‘rsatiladi.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə