Iqtisodiy muvozanat tushunchasi



Yüklə 20,43 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü20,43 Kb.
#132907
18-mavzu. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivo-fayllar.org


18-mavzu. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi Iqtisodiy muvozanat tushunchasi

18-mavzu. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi


  1. Iqtisodiy muvozanat tushunchasi.


  2. Umumiqtisodiy va xususiy muvozanatlik. Turg'un va muttasil rivojlanib boruvchi muvozanatlik.


  3. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari. Iqtisodiy muvozanatning amal qilish tamoyillari va namoyon bo'lish shakllari.


  4. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi.


  5. O'zbekistonda iqtisodiyotning tarkibiy o'zgartirish, diversifikatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirilishi.



Iqtisodiy muvozanat nazariyasiga ilk fikrlar klassik siyosiy iqtisod
asoschilaridan biri A. Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risida
tadqiqot» nomli asarida berilgan bo`lib, unda iqtisodiy munosabatlarning barchasi
bozor mexanizmi yordamida tartibga solinishi, talab va taklif o`rtasidagi muvozanat
faqat bozor mexanizmi yoki «ko`rinmas qo`l» yordamida ta’minlanishi ta’kidlab
o`tilgan. Uning mashhur «Alohida olingan har bir odam faqat o`zini o`ylagan holda,
o`zining shaxsiy manfaatlari yo`lida qilgan harakatlari ko`rinmas qo`l orqali uning
qiziqishi doirasiga mutlaqo kirmagan boshqa maqsadlarga yo`naltiriladi va bu harakat
ongli ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qilgandagiga qaraganda ko`proq samara
beradi» - degan fikri hozirgi kunda ham o`z dolzarbligini yo`qotmagan. Ammo, u
iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash jarayonlariga davlat ishtirokini mutlaqo inkor etgan. Iqtisodiy muvozanat nazariyasini rivojlantirishga o`z hissasini qo`shgan namoyondalardan biri bu - J.S.Milldir. U o`z asarida «Jamiyat ortiqcha puldan o`z kuchi bilan qutula olmaydi, shu sababli yagona yo`l narxning o`sishi bo`lib, faqat shu yo`l bilan talab va taklif o`rtasidagi muvozanatlikni ta’minlash mumkin»- deb ko`rsatadi. Uning fikricha, narx o`sishini talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagunga qadar davom ettirish zarur. XX asr boshlaridayoq iqtisodiy muvozanatlik nazariyasi iqtisodiyot fanida uning boshqa har qanday muammolariga qaraganda ancha aniq va yaqqol bayon qilingan. Bu tushunchaning mazmunini yoritib berish uchun bir qator ilmiy urinishlarbo`lganligiga qaramasdan, faqat shveytsariyalik Nobelь mukofoti sovrindori L.
Valьras birinchilardan bo`lib yaxlit olingan umumiy bozor muvozanati modelini
yaratishga hamda mazkur tushunchaning mazmunini ancha to`liq ilmiy yoritib
berishga erishdi. Lekin L. Valьras umumiy bozor muvozanati modeliga matematik
usulli tengliklar orqali juda oddiy yondashgan. Uning tadqiqot doirasida umumiy
bozor muvozanatining ishlab chiqarish hajmi va narxlar o`zgarishining hamda boshqa
bir qator omillarning ta’siri u ko`rsatgan matritsadagi birgina omillarning o`zgarishi
orqali butun bir matematik tengliklar matritsasining (umumiy bozor muvozanatini
xarakterlovchi talab va taklifning) buzilishiga olib kelinishi uning tadqiqot doirasida
atroflicha hisobga olinmagan. Shunday qilib, o`tgan asrning boshlaridayoq umumiy bozor muvozanatining bazaviy modeli ilmiy tarzda shakllantirilgan bo`lib, asosan ko`pchilik iqtisodchi- olimlar tomonidan tan olingan edi.
XX asrning 20 - yillari oxirlari va 30 - yillar boshlarida §arbdagi bozor
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida «Buyuk depressiya» nomi bilan mashhur bo`lgan barqaror va uzoq davom etgan, makroiqtisodiy beqarorlikka duchor bo`ldi. Bundan yuz yil oldin shakllantirilgan klassik nazariya ta’limoti ro`y bergan krizis jarayonlarning barcha jihatlari bo`yicha tushuntirib berishga layoqatsiz bo`lib
qoldi. D.J. Keyns klassik iqtisodchilar nazariyasini tanqid qilib, iqtisodiyot
nazariyasida haqiqiy to`ntarish qilishga olib kelgan nazariyasini yaratdi.
2.Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat
ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish
natijalari hajmi hamda tarkibining o`zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va
makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to`liq darajada ifodalaydi. Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o`zaro mos kelishlik
darajasini bildiradi. Qiymat ifodasida bu muvozanatlik yalpi talab va yalpi
taklifning nisbati orqali namoyon bo`ladi. Milliy iqtisodiyotda ro`y beradigan barcha
o`zgarishlar pirovard natijada yalpi talab va yalpi taklifdagi o`zgarishlar orqali
ifodalanadi. Yalpi talab tovarlar bozorida taqdim qilingan pirovard tovarlar va xizmatlarga bo`lgan barcha alohida talablar yig`indisidan iborat. Iqtisodiy muvozanatlik yalpi talab va yalpi taklifning tengligini taqozo etsa ham, amaliyotda ularning nisbati o`rtasidagi o`zgarishining mumkin bo`lgan har xil variantlari mavjud bo`ladi.
Jumladan:
• Yalpi talabning ortishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning
o`sishi bilan birga boradi;
• Yalpi talabning tushishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning
pasayishi bilan;
• Yalpi taklifning ortishi. Ishlab chiqarish hajmining o`sishi bilan birga boradi va
baholarning tushishini keltirib chiqaradi;
• Yalpi taklifning kamayishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning
qisqarishi, baholarning o`sishiga olib keladi.
Bu barcha shart-sharoitlar ideal holda potentsial imkoniyat darajada vujudga
keladi. Real hayotda esa umumiy muvozanatlik tarkibiy nomutanosibliklar,
resurslardan samarasiz foydalanish, baholarning beqarorligi, iqtisodiy tsikl
fazalarining o`zgarishi, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi
tarkibidagi o`zgarishlar ta’sirida ta’minlanib boriladi.
Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif
mos kelishi), turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab
chiqishni taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo`lsak,
umumiy muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy
iqtisodiyotining mutanosibligidir.
Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo`g`inlarining bir
me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari,
barcha bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari o`rtasidagi
barqarorlik xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o`z ichiga oladi.
Bu muvozanatliklarning shakllari turli-tuman bo`lganligi sababli ular alohida
holda xususiy muvozanatliklar sifatida chiqadi.
Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy
miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy
muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar
taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo`lgan talab va taklif
o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar
ichida mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o`tganidek: «…..ichki bozorda
talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilanunga sotib olinadigan mollar salmog`i o`rtasidagi nisbatni ta’minlash g`oyat katta rol o`ynaydi».
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o`zining barcha shakllari bilan
birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan
iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli
tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy
modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib
chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal
qilinishini ta’minlash yo`llarini topish imkonini beradi.
3.Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi,
iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to`xtovsiz rivojlanish holatida
bo`ladi. Iqtisodiy tsikl fazalarida, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari
daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ro`y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli
umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o`zaro bog`liq
usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish
umumiy hajmining miqdoriy ko`rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM),
iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning
umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab
chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish
uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy
mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori
(SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo`ladi.
To`liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi
mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi
sarflarning SMM hajmidan kam bo`lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning
SMM hajmidan ortiqcha bo`lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki,
ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini
beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg`arishga
qo`yish mumkin. Jamg`arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni
olib qo`yish hisoblanadi. Bunda jamg`armaga qo`yilgan mablag` investitsiyalar
bilan to`liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo`ladi.
Investitsion sarflarning ko`payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad
darajasining o`sishiga olib keladi. Bu o`zaro natija mulьtiplikator samarasideyiladi. Mulьtiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o`zgarishning
sarflardagi (investitsiyalardagi) o`zgarishga nisbati.
Real SMM dagi o`zgarish
Mulьtiplikator samarasi = __________________________________________
Investitsion sarflardagi o`zgarish
SMM dagi o`zgarish = mulьtiplikator x Investitsiyalardagi o`zgarish.
Agar investitsion sarflarning 5 mlrd. so`mga ko`payishi, sof milliy
mahsulotning 20 mlrd. so`mga ortishiga olib kelsa mulьtiplikator samarasi 4 ga
(20:5), SMMdagi o`zgarish 20 mlrd. so`mga (4x5) teng bo`ladi.
Investitsion sarflardagi o`zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki
eksportdagi o`zgarishlar ham mulьtiplikator samarasiga ta’sir ko`rsatadi.
Mulьtiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda
bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi.
Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o`zgarish iste’mol va jamg`arishda xuddi
shunday yo`nalishda o`zgarish bo`lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari
balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan
iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib
muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
4.Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari
o`rtasida mutanosiblik bo`lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o`rtasida
miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo`lishidir. Bunda tenglik bo`lishi shart
emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo`lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g`oyat murakkab va ko`p qirrali bo`lishi sababli
mutanosiblik turlari ham ko`p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib
mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi
tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg`arish fondi o`rtasidagi: iqtisodiyotdagi
tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o`rtasidagi: aholining daromadlari
bilan xarajatlar o`rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini
ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o`rin tutadi. Mamlakat xalq
xo`jaligi juda ko`p tarmoq va sohalardan iborat bo`lib, ularning rivojlanishi bir-
birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol
qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o`z iste’molchisini topadi. Masalan,
qishloq xo`jalik mahsulotlarning ko`pchilik qismi /paxta, g`alla, pilla, sut va h.k./
sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi
va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab
chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari xalq xo`jaligining
boshqa tarmoqlari /qishloq xo`jaligi, qurilish va h. k./da unumli iste’mol qilinadi.
Bu ularning bir-biriga bog`liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo
mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo`jaligi va xalq xo`jaligining boshqa
tarmoqlari o`rtasidagi mutanosibliklar misol bo`ladi.
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy
ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali
ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi
soha va ishlab chiqarishlar o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning
ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari,
qishloq xo`jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o`rtasidagi
mutanosibliklar va h. k. Shu bilan birga ta’kidlab o`tilgan sohalarning ichidagi
tarkibiy bo`linmalar o`rtasida ham bog`liqlik bo`lishi zarur. Masalan, sanoatning
qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go`sht ishlab
chiqarish sohalari o`rtasida va boshqalar
4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim
hududlari o`rtasidagi bog`liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar
o`rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to`liq namoyon
bo`lmaydi. Lekin alohida hududiy bo`linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa
hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog`liqligi,
ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan
qaralsa, bu bog`liqlikning ahamiyati yaqqol ko`rinadi.
5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi.
Birinchidan, dunyoning ko`pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali
bir-biri bilan bog`langan, ikkinchidan, shu bog`liqlik orqali milliy ishlab
chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab
chiqaruvchilar o`z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar
hisobiga qondiradi. Bu bog`liqlik qanchalik katta bo`lsa, sof eksport hajmi orqali
makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko`rsatadi.
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning
muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko`zda tutiladi:
Mamlakatda mavjud bo`lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan
holda jamiyatning ehtiyojlarini to`laroq qondirib borish.
To`la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo`lgan va
ishlashni xohlaganlarni to`liq va samarali ish bilan ta’minlash.
Narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta’siridan
xoli qilish.
Iqtisodiyotning bir maromda o`sib borishini yetarli darajada investitsiya
bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog`lab borish.
Eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining
faolligiga erishish.
5.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta

qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo`jalik majmuasining bunyod etilganligi,


birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini
davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy
e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini
takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush
darajasida vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va
ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta
ahamiyatga ega bo`ldi.
Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turini o`zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot
tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o`zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni
qisqartirish, xalq xo`jaligining xom ashyo yetishtirishga qartilgan bir tomonlama
yo`nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar
ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish
asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini
hal etish bilan bog`liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o`zgarishlar -
respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni
rivojlan-tirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o`zak tarmoqlarni -
neftь va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik
majmuasini, qishloq xo`jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini
rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo`jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o`zgartirish
asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg`arish fondi
o`rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o`rin tutadi. Iste’mol
fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o`rtasida
mutanosiblikni ta’minlaщda muhim rolь o`ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim
makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga
ko`proq e’tibor berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish
muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik
kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor

rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.


http://fayllar.org
Yüklə 20,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə