18 Amaliy mashg’ulot



Yüklə 10,53 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü10,53 Kb.
#167863
18. Amaliy mashg’ulot

18 - Amaliy mashg’ulot




Eskiz tuzish tartibiga asosan eskiz chizmasini bajarish.

Eskizlar chizma asboblari qo’llanilmasdan, masshtablarga rioya qilmasdan detal tomonlari nisbatlarini ko’z chamasida saqlagan holda kerakli ko’rinishlarda qo’lda chiziladi.


Eskizlar bevosita detalning o’ziga qarab, mashina va mexanizmlar hamda ularning detallarini loixalashda, ta’mirlash ishlarini bajarishda, eskirib qolgan uskunalarga yangilik kiritishda chiziladi. Ishlab chiqarishda bazan bevosita eskizlar bo’iycha detal tayyorlanadi. Shuning uchun eskizda detalning kostruktiv shakllarini aniq tasvirlash bilan bir qatorda detalning ish chizmasida beriladigan barcha ma’lumot ko’rsatilishi shart.
Eskizlar detallarning ish chizmalarini chizish uchun asos hisoblanib, uni juda kichik o’lchamda chizish tafsiya qilinmaydi. Chunki eskizi chizilayotgan detal katta yoki kichik bo’lishi faqat uning o’lcham qiymatlari orqali aniqlanadi.Eskizlar KNYT (Konstruktorlik hujjatlarning yagona tizimi)da talab qilinadigan barcha kerakli o’lchamlar, shartli belgilar va boshqa ma’lumotlarni o’z ichida olishi zarur.
Eskizlarni millimetrlarga bo’lingan katak yoki oq qog’ozga chizish mumkin.Qulay bo’lishi va tez bajarish maqsadida uni katak qog’ozga O’zDSt 2.301-96 talabiga muvofiq chizma qog’ozining bichimlarida chizish tafsiya e’tiladi.Eskizlarni chizishda eskiz chizish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Detalning asliga qarab uning eskizini chizish (1-chizma).
Detal nechta ko’rinishda chizilishi aniqlangandan keyin ular uchun formatda joylar ajratiladi. Detal elementlarining qiyofalari chizib chiqiladi va undagi tsilindrik teshik, muntazam oltiburchaklik yon ko’rinishdan boshlab ciziladi. Detalning ichki qismi ko’rinmas ko’ntur chiziqlarda chizib chiqiladi.(1-chizma b).Detal simmetrik bo’lganligi uchun qirqimning yarmi bilan ko’rinishning yarmi qo’shilib tasvirlanadi, va chizmaga o’lchamlar qo’yilib taxt qilinadi (1-chizma d). Yana bir necha misol (2-3 chizma)lardagi detallarning eskizi bo’yicha ularning ish chizmalarini chizish.
1.Ish chizmalari uchun format tanlanadi, ramka chizig’I va asosiy yozuv o’rni belgilanadi. Masshtab tanlanadi va detalning simmetrik o’qlari hamda markaz chiziqlari o’tkaziladi.Detalning gabarit o’lchamlari bo’yicha uning ko’rinishlarining o’rinlari belgilanib olinadi.

18.5-chizma
2.Detal ko’rinishlari chizib chiqiladi, ortiqcha chiziqlar o’chiriladi,va o’lchamlar qo’yiladi,chizma taxt qilinadi.(2-3 chizmalar). Yuqorida bajargan eskizlar kabi endi (4,5,6 va 7-chizmada) berilgan detalning yaqqol tasviriga qarab uning eskizini chizishni o’rganamiz. Buning uchun yuqorida takidlaganidek detalni yaxshilab kuzatamiz,keyin millimetirovka qog’ozni olib detalni ko’rinishlarini chizib olamiz. Bu detalda ikki ko’rinish yetarliekan. Endi detalga zarir bo’lgan qirqimlarni bajariladi. Endigi qilinadigan vazifa detalni ko’ntir chiziqlari to’qlashtirilib eskiz chizmasiga o’lchamlar qo’yiladi. Shuning bilan detalning eskiz chizmasi taxt holatga keltiriladi.

18.6-chizma

18.7-chizma

Tarqatma materiallar


Quyida berigan detallarning eskizi va texnik rasmi hamda maqsadga muvofiq kerakli o’lchamlari, qirqimi va kesimlari bajarilsin?





18.8-chizma



18.9-chizma

18.9-chizma

18.10-chizma
Yüklə 10,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə