Ish hujjatlari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar



Yüklə 20,6 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü20,6 Kb.
#145152
  1   2   3   4
ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR



Reja:



1.Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo’lgan talab.
2.Hujjatlarni kuchga kirishi.
3.Hujjatlarni tayyorlanish xususiyati

Inson, hujjat, axborot, boshqarishning barcha pog’onalarini, shu kabi ish yuritishning ajralmas qismidir. Shuning uchun rahbar (menejment) ish yuritish oqilona hujjat, uslub, til, qoidalardan foydalanishi lozim.Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday tashkilotdagi ish yuritishning asosi. Ma’lumki, hujjatlar har xil va miqdoran juda ko’p. Hujjatlarning maqsadi, yo’nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar turiga, tiliga, mazmuniga, hujjatlarning tegishliligiga, ularning tayyorlanish xususiyati va qoidalariga, hujjatlarning xizmat mavqeiga qarab qo’yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo’yiladigan ko’pgina til talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o’ziga xos til xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o’rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.


Hozirgi hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko’ra tasnif qilinadi. Tasniflashda garchi mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo’lmasada, har qanday, bir qadar yagonalashgan guruhlashtirish bor.
Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko’ra ish yuritish (munshoot)dagi hujjatlar eng avvalo yaratilish o’rniga ko’ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni tashkilotning o’zida tuziladigan va shu tashkilot ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan tashkilotga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.
Hujjatlar mazmuniga ko’ra ikki turli bo’ladi:

Yüklə 20,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə