Ish hujjatlari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar



Yüklə 20,6 Kb.
səhifə4/4
tarix11.12.2023
ölçüsü20,6 Kb.
#145152
1   2   3   4
ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko’rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo’ladi. Ularda tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog’liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko’rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to’rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o’rinli. Ish yuritish tili va uslubiga rioya qilish
Tashkilotda ish yuritish odam (xodim) orqali amalga oshiriladi. Uning davlat tilini mukammal bilishi, ish yuritish uslublariga rioya qilishi hujjatchilikni takomillashtirish va shakllantirish samarali ta’sir ko’rsatadi. hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o’zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Har bir menejer, menejment, rahbar tashkilotlarning xodimlari, umuman, faoliyati ish yuritish (munshoot, munshiylik) bilan bog’liq har bir kishi o’zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan bo’lishi kerak. Bu siz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo’nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo’lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, rahbar vaqtini 50-90%ini axborotlarga va hujjatlashtirishga sarflaydi. Axborotni uzatish va hujjatlashtirish ko’p hollarda menejmentning qobiliyatiga ham bog’liq. Ma’lumot kimga tegishli bo’lsa, uzatilgan axborot qabul qiluvchi tomondan aynan bil xil idrok qilishga erishish lozim. Ko’pgina menejerlar bu muammoning ahamiyatini tushunadilar va bunga katta e’tibor beradilar.
Axborotning o’ta ortig’i ham, o’ta kami ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ish yuritishda qatnashuvchilarning har biriga talablar qo’yildi. Masalan, qatnashuvchilarning har biri ko’rish, eshitish, sezish, hid va ta’m bilish qobiliyatiga to’la yoki ma’lum darajada ega bo’lishi kerak. Samarali ish yuritish har bir tomon (ma’lumot bir kishidan boshqasiga, tashkilot bo’limidan bo’limga, tashkilotdan tashkilotga uzatiladi)dan ma’lum mahorat va bilim talab etadi, hamda ma’lum darajada o’zaro tushunish bo’lishi kerak. Ish yuritish o’zbek tilida olib borilar ekan, agar mazkur xodimlar o’zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bo’lmasalar, ular ish vaqtlarining hammasini (100%) bu ishga sarflaganlarida ham ijobiy natijaga erishish qiyin. Mamlakatimizda o’zbek adabiy tilining rasmiy ish uslubi tilini o’rganish bo’yicha ilk qadamlar qo’yilgan, xususan, bitta fan nomzodligi dissertatsiyasi himoya qilingan8. Lekin hali bu mutlaqo etarli emas, juda ko’p va ko’p ishlar qilinmog’i lozim.
Ayrim hujjatlarning nomlanishi rus tilida qanday nomlansa, o’zbek tilida ham shundayligicha nomlanib kelingan. Ish yuritish asosan rus tilida olib borilganligi uchun ham bunga ehtiyoj bo’lmagan chog’i. Ruschadan tarjima qilingan “ish yuritish” atamasining muqobili sifatida “munshiy “ (arabcha) so’ziga o’zakdosh va ma’nodosh bo’lgan hamda o’tmishda bobolarimiz tilida ishlatilgan “munshoot” so’zini tavsiya etish mumkin. Bu kabi misollar etarli. Masalan, o’zbek tilida hozirgacha qo’llanib kelingan “spravka”, “instruktsiya”, “akt”, “xarakteristika”, “avtobiografiya” kabi ko’plab hujjatnomalari uchun tegishli o’zbekcha muqobil so’zlar bilan almashtirilmoqda, ya’ni ma’lumotnoma, yo’riqnoma, dalolatnoma, tavsifnoma, tarjimai hol kabi nomli hujjatlar ishlatilmoqda.
Qisqasi, hujjat nomlarini o’zbek tilining o’z imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so’z va iboralarning o’zbekcha muqobilini ishlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.
Hujjatlar matniga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog’i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so’z va so’z shakllarini qo’llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish- erkalash qo’shimchalarini olgan so’zlar, ko’tarinki-tantanavor yoki bachkana so’zlar, dag’al so’zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so’zlar, o’xshatish, jonlantirish, mubolag’a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxosligiga olib keladi.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo’ndalik, mazmuniy to’liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo’la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga halaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo’ndalik, mazmuniy to’liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjat tilining o’ziga xos uslubi, undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min etiladi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llaniladi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so’z shakllari tanlanadi, ya’ni “harakat noma” deb ataluvchi so’z shakllari faol ishlatiladi; “. tayyorgarlikning
borishi haqida”, “...qarorning bajarilishi to’g’risida”, “...yordam berish maqsadida” , “...qabul qilishingizni so’rayman” kabi.
Fe’l shakllarining qo’llanishida ham birmuncha o’ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o’tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo’llanish darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo’shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajritishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslandi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo’lakli gaplar ko’p qo’llaniladi. Lekin gap tarkibida odatdagi so’z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo’lgan g’ayriodatiy so’z tarkibiga yo’l qo’yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so’roq va undov gaplar deyarli qo’llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi - xabar berish (informativ) va buyurish (volyuntativ) vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, majlis bayonida esa ham axborot (“eshitiladi...”), ham buyurish (“Qaror qilinadi....”) o’z ifodasini topadi.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko’rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo’ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlarda esa yo birinchi shaxs ko’plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi: “...ga ruxsat berishingizni so’raymiz”, “....deb hisoblaymiz”; “ma’muriyat talab qiladi”, ”boshqarma so’raydi” kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg’unlashgan, qoliplashgan so’z birikmalaridan ko’proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shakliga ega bo’lgan so’z tizimlari, iboralar, muhandislik ruhiyatining ma’lumotlariga ko’ra, boshqa so’z birikmalariga qaraganda 8-10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so’z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi.
Har qanday hujjat, eng avvalo, axborot tashuvchi vosita ekan, hujjatning axborot sig’imini kengaytirish, undagi fikrning teran mantiqini ta’minlash muhimdir. Shuning uchun hujjatda tilning ortiqchalik tamoyilini chetlab o’tish, tilning tejash talabi (tamoyili)dan oqilona foydalana bilish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qo’llash yaxshi natija beradi. Ammo, ta’kidlash lozimki, bunda me’yorga qatiy va izchil amal qilmoq lozim. Chunki qisqartmalar o’zbek tilining tabiatiga u qadar mos emas, shuning uchun ham qisqartmalar o’zbek tilida uncha ko’p emas. Hozirda bizda bir qadar odatga kirgan qisqartmalar bor: ToshDU, ToshDIU, «prof.»(professor), km (kilometr), «sh.k.» (shu kabi) va boshqalar. Ayni paytda o’zbek tilining so’z va so’z birikmalaridagi ichki ma’noviy imkoniyatlaridan kengroq va unumliroq foydalanmoq lozim.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda Hujjatdagi fikrni aniq, lo’nda bayon qilishda xat boshi (abzats)ning ahamiyati ham katta. Har bir yangi alohida fikr xat boshi bilan ajratilishi, bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo’lgan matn 4-5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. Savodli yozilgan hujjatgina o’z vazifasini mukammal bajarish mumkin. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo’lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni tuligicha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajritib ko’rsatish mumkin. Lekin hujjatning nomi bo’lganligi uchun (sarlavhalaridagi kabi) undan so’ng nuqta qo’yish joiz emas.

Yüklə 20,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə