Ish hujjatlari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar



Yüklə 20,6 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü20,6 Kb.
#145152
1   2   3   4
ISH HUJJATLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR

sodda hujjatlar (muayyan bir masalani o’z ichiga oladi);
murakkab hujjatlar (ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi).
Mazmuni bayonining shakli jihatidan xususiy (individual), namunali va qolipli (trafaretli) hujjatllar farqlanadi. Matnning o’ziga xosligi, byetakrorligi, hamisha ham bir andozada bo’lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo’lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo’ladi. Namunali hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqarishning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog’liq, bir-biriga o’xshash va ko’p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o’z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o’zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o’zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki qo’lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko’pincha “yozmoq” emas, balki “to’ldirmoq” so’zi ishlatiladi. Shu o’rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo’llardan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda inson mehnatini anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalar va boshqa ko’plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko’ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko’ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo’lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k).Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko’ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko’chirma. Aksar hujjatlar dastlab
Yüklə 20,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə