Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132799
61A-21 Bank ishi 111




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULTETI
BUXG`ALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI
BANK ISHI” FANI
MAVZU: Infin bank
TAQDIMOTI
Tayyorladi: Turg`unov Bobojon Shuxratzoda.
Bh va A” yo`nalishi 61A-21 guruh, talabasi.
Farg`ona-2023
Mavzu: Infin bank.
Reja:
1. Infin banki haqida ma`lumot?
2. Infin bankning ta`rixi?
3. Infin bankning aksiyasi?


Infin bankning tuliq nomi “Invest Finance bank” aksiyadorlik tijorat banki yani Investitsiya moliyalash bankidir, Infin bank 14 yildan ortiq vaqtdan buyon mijozlarga keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bank doimiy ravishda takomillashib, mijozlar uchun yangi imkoniyatlar, barcha qulayliklarni yaratmoqda. 2021-yilda bank o‘zining bank kartalarini emissiya qilish tizimini yaratish jarayonini yakunladi va Visa hamda UnionPay to‘lov tizimlarining prinsipial a’zosiga aylandi.
Bankimiz 2007-yil 26-oktabrda tashkil etilgan bo‘lib, 2010-yilda uning sof aktivlari 100 milliard so‘mdan oshgan. 2011-yilda SWIFT tizimi yordamida birinchi to‘lov amalga oshirildi, 2013-yilda esa InfinBANK jismoniy shaxslar orasidagi 100 minginchi mijoziga xizmat ko‘rsatdi.


2015-yilda InfinBANK xususiy aksiyadorlik banki maqomini ATBga o‘zgartirdi, shundan so‘ng u ISO 9001:2015 sertifikatini oldi, yangi bosh ofis ochdi va bankning 27,9 million dona aksiyasini sotishga erishdi — bu Respublika fond birjasining 2016-yil dekabr oyidagi rekord ko‘rsatkichi.


2021-yilda InfinBANK mobil ilovasining yangilangan versiyasi chiqarildi va OpenWay bilan birgalikda o‘z karta protsessing tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bank Visa va UnionPay to‘lov tizimlarining prinsipial a’zosi bo‘ldi.2017-yildan buyon amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tufayli O‘zbekistonda biznes yuritishga qiziqish sezilarli darajada oshdi.
Doimiy ravishda yangi yo‘nalish va formatlarni izlayotgan, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarga e’tibor qaratadigan yangi yosh ishbilarmonlar avlodi shakllandi.
InfinBank xizmatlari:

  1. biznesni kreditlash, xususan, xalqaro kredit liniyalari;

  2. hisobvaraqlarni ochish va ularga xizmat ko'rsatish;

  3. hujjatli operatsiyalar;

  4. sug'urta;

  5. depozitlar;

  6. to'lovlarni qabul qilish;

  7. Pul o'tkazmalari;

  8. jismoniy shaxslar uchun kreditlar;

  9. depozit qutilari;

  10. valyuta ayirboshlash;

  11. esdalik tangalari.



Hozirda yangi mahsulotlarni ishlab chiqish jadal davom etmoqda, bu haqida bank mijozlari tez orada bilib olishadi. Hozir mobil ilovamiz orqali virtual Visa kartasini ochish xizmatini ishga tushirdik, yaqin kelajakda mijozlarimiz ilova yordamida 3D Secure xizmatini ulash, PIN-kod o‘rnatish va o‘zgartirish, karta bo‘yicha ko‘chirmalar olish va kartalarni yetkazib berish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi. Yangi protsessing bazasida biz qiziqarli sodiqlik dasturlariga ega yangi turdagi debet va kredit kartalari ustida ishlayapmiz.
2022-yilning muhim loyihalaridan biri — Oracle FLEXCUBE asosidagi yangi avtomatlashtirilgan bank tizimini ishga tushirish bo‘lib, u bankka mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va xodimlarning ish unumdorligini oshirish, operatsiyalarni optimallashtirish va xavflarni boshqarishni takomillashtirish imkonini beradi.
Manzil:
100029, Toshkent shahri, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko‘chasi, 1-uy
Bank raisi:
Burxanov Bobur Nodirxonovich
Call markaz:
1214; +99871-202-50-60
Ishonch telefoni:
+99871 202-50-69
E-pochta:
info@infinbank.com
Sayt
https://www.infinbank.com/uz/
Telegram kanal:
@Infin_bank_bot
Mobil ilova:
InfinBank
Rekvizitlar:
Batafsil ma'lumot
Aksiyadorlar:
Bank aksiyalari paketiga O'zbekistonning 3ta kompaniyasi, ya'ni «Uztex Tashkent» MCHJ QK, «Azia Trans Terminal» MCHSJ va «Prestij Rielt» MCHJ hamda Shveytsariyaning «Swiss Capital International Group» AG kompaniyalari egalik qiladi.
Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə