Международный
научный
журнал
№
5 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
27
PUL-KREDIT SIYOSATINI BARQAROR IQTISODIY O’SISHGA TA’SIRINI TATQIQ QILISH
Kaxorova Anora Nusratovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiyot fakulteti “Fundamental
iqtisodiyot” kafedrasi assistenti
Annotatsiya:
2021 yil va 2022 yilning o’tgan 9 oyida O’zbekistonda pul-kredit siyosati
va tarkibiy iqtisodiy islohotlar borasida ko’rilgan chora-tadbirlar iqtisodiy faollikni va yalpi
talabni rag’batlantirish zaruratini ko’rsatmoqda. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan
konsepsiyaga asosan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga
qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o’rta muddatli istiqbolda pul-kredit
siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi.
Kalit so'zlar
:
Pul-kredit siyosati, iqtisodiy o'sish, valyuta kursi, inflyatsiya, inflyatsion
target,monetary target, yalpi ichki mahsulot.
KIRISH
2022 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o’sish ya’ni, YAIM o‘sishi sekinlashib, 5,77% ni
tashkil etishi kutilmoqda. O‘sish sur’atining sekinlashishi mamlakatda xususiy iste’molning
qisqarishi va natijada sanoat hamda xizmatlar sohasi kengayishining
cheklanishi bilan
izohlanmoqda. Bank mamlakatga «yashil o‘sish» va xususiy sektorning rivojlanishi yordam
berishi OTB prognozlariga ko‘ra mumkinligini ta’kidlanmoqda.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish
dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.
Bunda
inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash,
ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili
sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi
davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.
Pul-kredit siyosati
mamlakat yalpi ichki mahsulotining barqaror o’sishini ta’minlashda, milliy bank tizimidagi
likvidlilik muammosini hal qilishda va inflatsiyani jilovlashda muhim o’rin tutadi. Ayniqsa,
dunyoning ko’plab mamlakatlarida moliyaviy inqiroz davom etayotgan hozirgi sharoitda
pul-kredit siyosatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul-kredit siyosatining
makroiqtisodiy o’shish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashda eng avvalo, milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlash va inflatsiya darajasini oshishiga yo’l
qoymaslik
hisoblanadi. Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining baland ekanligi importning
qimmatlanishiga olib kelishi mumkin va bu natijada investitsiya me’yorini pasayishida yuz
berishi mumkin. O’z navbatida, investitsiya me’yorining pasayishi yuz berishi mumkin.
Investitsiya me’yorining pasayishi yalpi ichki mahsulotning o’sish
suratini pasayishiga va
ayrim hollarda iqtisodiyotni retsessiya holatiga tushib qolishiga olib keladi. Iqtisоdiy
islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish shаrоitidа Mаrkаziy bаnkning (Abdullayev.O’.2018)