Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat muammosi



Yüklə 6,5 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü6,5 Kb.
#163633
Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat muammosi-fayllar.org


Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat muammosi

Jahon iqtisodiyotida oziq-ovqat muammosi

Reja


  • Oziq-ovqat muammosi

  • Oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari

  • Butunjahon oziq-ovqat kuni vazifasi

Oziq-ovqat muammosi

Insonning normal hayoti va faoliyati uchun zaruriy oziq-ovqat miqdori uning jinsi, yoshi, vazni, bo'yi, qiladigan mehnatining harakteri va sharoiti, turmushi, hududining iqlimiy hususiyatlariga bog'liq. Olimlarning hisoblashicha, iste'mol qilinadigan taomning kaloriyalik medisina normasi sutkasiga 2300-2600 kkal va 70-700g oqsildan kam bo'lmasligi kerak. Biroq BMT ma'lumotlariga ko'ra insoniyatning qismi muttasil ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligi seziladigan mamlakatlarda yashaydi. Mana shuning uchun ham oziq-ovqat muammosini global (dunyoviy) muammo deb hisoblash lozim. Bu muammoni yechish uchun insoniyat ziroatchilik, chorvachilik va baliqchilik resurslaridan to'laroq foydalanish kerak, mazkur muammoning yechimi ikki xil bo'lishi mumkin.

Bu muammoni yechish uchun insoniyat ziroatchilik, chorvachilik va baliqchilik resurslaridan to'laroq foydalanish kerak, mazkur muammoning yechimi ikki xil bo'lishi mumkin.

Birinchi-ekstensiv yo'l-haydaladigan va yaylov yerlar hamda baliq ovlashda foydalaniladigan yerlarni kelgusida kengaytira borishdan iborat.

Ikkinchi-intensiv yo'l avvalo mavjud yerlarning biologik mahsuldorligini oshirishdan iborat. Bu yo'lni amalga oshirishda biotexnalogiya, o'simliklarning yangi, yuqori hosildor navlaridan va tuproqqa ishlov berishning yangi usullaridan foydalanish, mexanizasiya, kimyolashtirish, shuningdek meliorasiyani yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, butun Yer shari aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmini XX asrning oxirgi choragida-2 baravar, XXI asr o'rtalariga borib esa-5 baravar ko'paytirish lozim. Binobarin, intensiv yo'l- insoniyat oziq-ovqat muammosini yechishning bosh yo'lidir.

Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o’ta dolzarb bo’lib turibdi: och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo’lgan bo’lsa, 1990 yilda 550 millionga yetdi. 2000 yilga bu ko’rsatkich 650 million kishiga yetishgan (sayyora aholisining 10%).

Shunday qilib oziq-ovqat muammosini hal qilishda insoniyatning turli qismlari oldida turlicha vazifalar turadi

Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun - bu yetarli ovqatlanish imkoniyatlarini qidirib topish (dehqonchilikdan va chorvachilikdan olinadigan mahsulotlarni ko’paytirish, yovvoyi tabiat va okean resurslaridan foydalanish, oziq-ovqat importi va hokazo);

rivojlangan mamlakatlar aholisi uchun - ovqatlanish tarkibini o’zgartirish (oqsillar, yog’lar va qandni kamaytirish va tabiiy mahsulotlarni ko’paytirish).

Butun jahon oziq-ovqat kuni

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) 1945 yil 16 oktyabrda vujudga kelgan bo’lib, shu yildan e’tiboran har yili 16 oktyabr kuni Butunjahon oziq-ovqat kuni sifatida keng ko’lamda nishonlanadi.

Butunjahon oziq-ovqat kuni vazifasi quyidagilardan iborat:

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga e’tibor qaratish va milliy sharoitlarni faollashtirish, ikkitomonlama va ko’ptomonlama hamkorliklarni hamda ushbu sohadagi nohukumat tashkilotlar faoliyatini yo’lga qo’yish;

-Rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida iqtisodiy va texnik hamkorliklarni rivojlantirishga ko’maklashish; - Qishloq aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar va eng kam imtiyozli toifaga ega aholiga yaqindan yordam berish, ular ishtirokida yashash sharoitlarini yaxshilash faoliyatlarga oid qarorlar qabul qilish; - Aholining dunyodagi ocharchilik muammolariga oid xabardorlik malakalarini oshirish; - Rivojlanayotgan davlatlarga texnologiyalar yetkazib berish jarayoniga ko’maklashish;

2012 yilgi Butunjahon oziq-ovqat kuni diqqat markazidan qishloq xo’jaligi kooperativlari mustahkam o’rin egallagan. 2012 yilgi Butunjahon oziq-ovqat kunining rasmiy mavzusi “Qishloq xo’jaligi kooperativlari dunyo tirikchiligini ta’minlaydi” deb nomlangan. U kooperasiya mavqyeini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ocharchilikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratadi. Qishloq tashkilotlari va kooperativlarga qiziquvchanlik BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o’z tasdig’ini topganligi tufayli 2012 yil Kooperativlar xalqaro yili deb e’lon qilindi.

Dunyo miqyosida inson iste`mol uchun ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning uchdan bir qismi yo`qoladi yoki isrof qilinadi, bu yiliga 1.3 milliard tonnani tashkil qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilishning moliyaviy xarajatlari har yili taxminan 1 trillion AQSH dollarini tashkil etadi. Bu 2030 yilgacha ocharchilik darajasini kamaytirishga erishish yo`lida ishlayotganimizda hal qilishimiz kerak bo`lgan muammo

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning agrar tarmog’ini barqaror rivojlantirish hamda isloh qilish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligi ekinlariga ishlov beradigan yangi texnika va texnologiyalar o’zlashtirilmoqda, go’shtdor, sutdor oliy zotli yirik qora mollar sotib olinmoqda, mamlakatimizda vaqti-vaqti bilan innovasion qishloq xo’jaligi ko’rgazmalari tashkil etilmoqda va o’tkazilmoqda. Zero, qishloq xo’jaligini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’i aholini bevosita oziq-ovqat mahsulotlari, har xil sanoat tarmoqlarini esa xom ashyolar bilan ta’minlaydi. Qishloq xo’jaligining yirik mexanizasiyalashtirilgan tarmoqlari esa respublika iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat



http://fayllar.org
Yüklə 6,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə