Jaloliddin Manguberdi



Yüklə 20,25 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü20,25 Kb.
#140232
  1   2
Jaloliddin Manguberdi1

TerDU Pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi 1-kurs 107-guruh talabasi Botirova Dilshoda, Xidirova Nargisning O’zbekiston tarixi fanidan MUSTAQIL ISHI

Jaloliddin Manguberdi

  • Reja:
  • 1.Jaloliddin Manguberdi
  • 2.Jaloliddinning mo’g’ullarga qarshi
  • 3.Jaloliddin yurt ozodligi yo’lida
  • Jaloliddin Manguberdi (arab. جلال الدين منكبرتي‎‎— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq oti — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli.
  • Jaloliddin Manguberdi, Jaloliddin (toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
  • J. M. voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qatiy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. J. M. otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (q. Irgʻiz daryosi boʻyidagi ekang). Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Obeskun sh. yaqinidagi Ashur ada o.dan panohtopgan.
  • Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda J. M.ni oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan. J. M. ukalari Oqshoh va Qutbiddin Oʻzloqshoxlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb eʼlon qilib, J. M.ga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi boʻldilar. Bundan xabar topgan J. M. Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yoʻl olgan. Niso sh. yaqinida uni 700 nafar moʻgʻul suvoriysi kutardi. J. M. shiddatli jangdan soʻng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joʻnatib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi birlashishga daʼvat etdi, bir oydan soʻng Gʻazni tomon yurdi. Yoʻlda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoʻshin bilan kelib qoʻshildi. Qandahorni qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan 3 kunlik jangda J. M. ularni tormor keltirgan. U Gʻazniga 1221 y. keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshligʻi Sayfuddin Igʻroq, Balx voliysi Aʼzam malik, afgʻonlar sardori Muzaffar malik, qarluklar boshligʻi Hasan Qarluq kelib qoʻshildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoʻshin bor edi. J. M.ning oʻzidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. J. M. Valiyon qalʼasini qamal qilayotgan Takajuk va Malgʻur boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan soʻng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moʻgʻul askari oʻldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oʻtib, koʻprikni buzib tashlashgan. Bu J. M.ning moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi edi.
  • Chingizxon J. M.ga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi Parvon jangit J. M. moʻgʻullar ustidan ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritadi. Biroq jangdan soʻng J. M.ning lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar J. M.ni tark etganlar. J. M.ning yonida faqat Aminalmulk oʻz lashkari bilan qolgan, xolos.
  • Chingizxon katta qoʻshin toʻplab J. M.ga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida J. M. Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi.
  • Chingizxon qoʻshini J.M.ni daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 y. 25 noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (q. Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan J. M. 4000 jangchisi bilan Sindning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon J. M.ning bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: "Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!", degan. Oradan bir necha kun oʻtgach, J. M. qoʻshini soni 7 mingga yetdi. Unga Kulbars bahodir, Kabkuh va Saʼdiddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar oʻz kishilari bilan kelib qoʻshildi. J. M. Shim. Hindistonning notanish choʻlida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi boʻlgan Shatra viloyati rana (shoh) si J. M.ga xujum qilgan. J. M.ning merganlik bilan otgan kamon oʻqidan rana halok boʻladi, qoʻshini esa parokanda boʻlib qochadi. J. M. katta oʻljani qoʻlga kiritadi.
  • Bu gʻalabadan soʻng Sind, Uchcha, Moʻlton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205—27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy J. M.ga oʻzini xayrixohligini izhor etib, sovgʻa-salomlar joʻnatgan. Gʻiyosiddin Pirshoh ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, Oʻrxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar oʻz lashkarlari bilan kelib J. M.ga qoʻshildilar. J. M. Kalor sh., Parosravar, Tarnuj qalʼalarini qoʻlga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qoʻshini hamda mamluklar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishsan olgan qoʻshimcha kuch bilan J. M.ga qarshi jang qilgan, biroq magʻlubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarogʻlari oʻlja tushgan. 1222 y. Chingizxon J. M. izidan Toʻrbay Toʻqshin va Bola noʻyonni 20 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Lekin ular Moʻltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. J. M. oʻziga qarshi moʻgʻul qoʻshinlari joʻnatilgani xabarini Parosravar qalʼasini olgandan soʻng eshitgan. J. M. Moʻlton tomon yoʻl olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qoʻshini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qoʻshin joʻnatadi. Shamsuddin Eltutmish J. M. ustiga katta qoʻshin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. J. M. mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. J. M.ning Oʻzbek Toy Jahon Paxlavon qoʻmondonligi ostidagi ilgori Eltutmish ilgʻori bilan toʻqnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish J. M. huzuriga elchisini yuborib sulh soʻraydi.
  • J. M. Hindistonda oʻz nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari oʻzaro til biriktirib J.M.ga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon boʻlib qoldi. J. M.ning ikki lashkarboshisi Yazidak paxlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga oʻtganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun J. M. harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning koʻpchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni Gʻiyosiddin Pirshoxdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi.
  • Iroq tomon ketishga qaror qilindi. J. M. oʻzining Hindistonda zabt etgan mulklariga Oʻzbek Toy Jahon Paxlavonni, Gʻur va Gʻazni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yoʻl olgan. Choʻlu biyobonlarni kesib oʻtishda J. M.ning koʻp jangchilari nobud boʻlgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. Gʻiyosiddin Pirshoxning Kirmondagi noibi Baroq hojib J. M.ga tobelik izhor qiladi. Shundan soʻng J. M. Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors xrkimi otabek Saʼd ibn Zangiy va Yazd xokimi otabek Al-uddavla ibn Toʻgʻonshoh unga tobelik bildirishadi. J. M. Isfaxonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qoʻshini qurol-aslaqa bilan taʼminlanadi. Bu hol Gʻiyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qoʻshin bilan yoʻlga chiqadi. Biroq J. M. unga sovgʻasalomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida joʻnatgan va oʻzaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qoʻshin boshliqlari J. M. tomoniga oʻtgan. 1225 y. J. M. Ozarbayjonga yurish qiladi. Soʻng Bagʻdodga qarshi yurishga hozirlik koʻradi. Xalifa Nosirga elchi joʻnatib, moʻgʻullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga javoban Xalifa J. M.ga qarshi oʻzining mamluki amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 minglik qoʻshin joʻnatdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qoʻshinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bagʻdod mudofaasi bilan mashgʻul boʻladi. J. M. Bagʻdod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi Oʻzbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi.
  • 1225 y. mayda J. M. Marogʻa sh.ni jangsiz qoʻlga kiritadi. Damashq, Er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi boʻladilar. Otabek Oʻzbek Tabrizni tashlab Ganjaga, soʻng Alinjo qalʼasiga qochib oʻsha yerda vafot etadi. J. M. Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan soʻng oʻz qoʻshinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225 y. avg .da Garni qalʼasi yaqinida gurjilarning Ivane Mhargodzeli boshliq 60 minglik qoʻshinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga koʻchib oʻtgan. J. M. Dvin, Lori sh.larini egallaydi, Surmari sh. xokimlari oʻz tobeliklarini bildirishgan.
  • 1227 y. sent.da Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlogʻi yaqinida J. M. moʻgʻullarning Taynol noʻyon boshliq qoʻshinini yenggan. Taynol noʻyon J. M. haqida: "Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, oʻz tengqurlarining capvari ekan", degan. J. M.ning Koʻniya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al-Ashraf Muzaf fariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam Sharafiddin Iso va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni moʻgʻullarga qarshi kurashish yoʻlida birlashtirish yoʻlidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Kayqubod muxolif kuchlarni J. M.ga qarshi birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 1230 y. 10 avg .da Arzinjon yaqinidagi jangda J. M. kuchlari magʻlubiyatga uchradi. J. M.ning kuchsizlanganidan foydalangan moʻgʻullar katta qoʻshin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marogʻa, Tabrizni egallab (1231 y.) J. M.ni taʼqib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida moʻgʻullar tungi hujum natijasida J. M.ning oz sonli qoʻshinini tor-mor keltiradilar, J. M.ni oʻzi esa taʼqibdan qutulib Kurdiston togʻlariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qoʻliga asir tushib, fojiali ravishda halok boʻlgan. J. M. haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: "Jaloliddin qorachadan kelgan, oʻrta boʻyli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir soʻzli, kek saqlamaydigan, ochiq koʻngil, toʻgʻri odam edi. U jiddiy shaxe edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qoʻyardi. U adolatsizliklarni yomon koʻrardi. Jaloliddin oʻta qatʼiyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi".
  • Oʻzbekiston hukumati J. M.ning moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan miyelsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qiddi (1998 y.). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda J. M.ga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va b.ga uning nomi qoʻyildi. J. M. haqida videofilm, doston, pyesa va b. yaratilgan. "Jaloliddin Manguberdi" ordeni taʼsis etilgan (2000 y. 30 avg .).
  • Jaloliddin Xorazmshohlar davlatining taxtiga otasi Muhammad IIning oʻlimidan soʻng oʻtiradi. Otasi Chingizxon tomonidan 1220-yilda magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Xorazmning moʻgʻullar bosqiniga qarshi kurashiga boshchilik qiladi. Xurosonda u oʻn ming atrofida askar toʻplaydi va Parvon yonida moʻgʻullarni magʻlub etadi. Lekin 1221-yilda Hind daryosi yonida boʻlib oʻtgan jangdaChingizxon Jaloliddinni magʻlub etadi. Shu bilan birga, uning oilasi qatl etiladi. U esa oʻzining omon qolgan toʻrt mingta askari bilan Hind daryosining narigi qirgʻogʻiga oʻtishga erishadi vaHindistonga qochadi.
  • Jaloliddin Hindistonda uch yil oʻtkazadi, keyin esa Kavkazga oʻtib oladi. 1224-yilda Eronga va Mesopatamiyaga yurish qiladi. Iroq, Fors, Gurjiston,Ozarbayjon va Armanistonni qoʻlga kiritadi. 1125-yilda Jaloliddin qoʻshinlari Ozarbayjonni, Gurjistonni va Armanistonni qoʻlga kiritishadi. 1226-yilda gurjilarning poytaxti Tbilisini qoʻlga oladi. Keyingi yili (1227) Jaloliddin Ray atrofida moʻgʻullarni magʻlub etadi, keyin esa, Isfahon yonida ham ular ustidan ulkan gʻalabani qoʻlga kiritadi. Bu paytga kelib u ikki frontda jang olib borayotgan edi: Gʻarbiy Eronda — moʻgʻullarga qarshi, Kavkazortida — gurji va armanlarga qarshi. 1228-yilda xorazmshohga qarshi birgalikda Rum sultoni Alovuddin Kaykubod, Misr sultoni Malik Al-Komil vaKilikiya-arman qiroli Xetum I urush eʼlon qilishadi. Yerevan yaqinida Jaloliddin qoʻshini magʻlub boʻlishadi.
  • 1230-yilda Jaloliddin Iroq qal’asi Xilotni qoʻlga kiritadi, lekin tezda Qayqubod va Malik Al-Komil tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Toʻliq magʻlubiyatni O'qtoyxon tomonidan yuborilgan sarkardaCharmag'on oxiriga yetkazadi. Jangda ogʻir yaralangan Jaloliddin Kurdiston togʻlarida yashirinadi, 1231-yilda esa kurdlar tomonidan oʻldiriladi.
  • Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oʻzbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan. Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə