Jamoliddinova kamolaxon mavzu: amaliy gimnastika



Yüklə 281 Kb.
səhifə1/4
tarix15.06.2023
ölçüsü281 Kb.
#117460
  1   2   3   4
JAMOLIDDINOVA KAMOLAXON


21.12 GURUH TALABASI
JAMOLIDDINOVA KAMOLAXON

MAVZU: AMALIY GIMNASTIKA
REJA:


I.KIRISH
II.ASOSIY QISM

        1. Gimnastika fani va tavsifi.

        2. Gimnastikaning asosiy vositalari.

        3. Gimnastikaning xususiyatlari.

        4. Gimnastika – o‘quv-ilmiy fan sifatida.

III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzuv o‘zgarishi bilan, odam haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek, urush qilish usullarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bular gimnastikaning mazmunan o‘zgartirishga, uning o‘qitish metodikasi va hatto mashqlarni bajarish texnikasining o‘zgartirishiga ham muhim ta’sir ko‘rsatgan.


Jismoniy tarbiya xalqlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning tarkibiy qismi, kishilarni mehnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning jismoniy jihatdan barkamol bo‘lib yetishtirishning ta’sirchan vositasidir.
Gimnastika yunoncha «gimnos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «yalong‘och» degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, yunoncha (mashq qildiraman) so‘zining kishi salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama jismoniy tarbiyalash va harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar metodik usullarining tizimi ham degan ma’nosi bor. Gimnastika o‘z xusuiyatlariga ko‘ra bir qator jismoniy (egiluvchanlik, chidamlilik, chaqqonlik, kuch, tezkorlik) sifatlarini hamda go‘zallikni ham tarbiyalaydi.


1.Gimnastika fani va tavsifi.
Gimnastika – bizning nutqimizda ishlatiladigan gimnastika termini faqatgina Olimpia о‘yinlaridagi musobaqalashish degan ma’nosidan tashqari tirmashib chiqish, yoga va raqsga tushish orqati tanani boshqarish degan ma’noni ham beradi.
Gymnastics - Our use of the term “gymnastics” not only includes the competitive Olympic sport but also activities in which the aim is body control—climbing, yoga, calisthenics, and dance, for example.1
Quyidagilar uning asosiy vazifalaridir:
I nson organizmi forma va funktsiyalarini kishilarning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga, salomatligini mustahkamlashga, uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatib yashashlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mukammal rivojlantirish.



  1. Hayotiy muhim harakat, ko‘nikma va malakalarini (shu jumladan, amaliy va sport ko‘nikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan qurollantirish.

  2. Axloqiy-irodaviy va estetik xislatlarini tarbiyalash.

Ayniqsa, bolalar va o‘smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning ahamiyat katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va metodlari yordamida boshlang‘ich jismoniy tarbiya vazifalari, muvaffaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar va o‘smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos yaratiladi, ularning funktsional va ko‘nikish imkoniyatlari ancha kengayadi.
Gimnastikaning juda katta gigiena-sog‘lomlashtirish ahamiyati ham bor.
Gimnastika bilan hamma – bolalaru kattalar, keksalaru yoshlar, yaxshi tayyorgarlik ko‘rganlaru endi boshlovchilar, sog‘lom kishilaru va hatto notob kishilar shug‘ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, maktablarda, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida, O‘zbekiston armiyasi va flotida ham shug‘ullanadilar. Ko‘pchilik o‘z uylarida radiodan eshitib, televizordan ko‘rib turib shug‘ullanadilar.
Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga sabab – uning vositalarining barchaga tushunarli va xilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir.
Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka hamda ko‘nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. Bu fanning juda katta ta’limiy estetik, aqliy-pedagogik ahamiyati ham bor.
Nihoyat, gimnastika – aqliy ta’lim bilan jismoniy tarbiya birligining yorqin namunasidir. Gimnastikada qo‘llaniladigan metodlar shug‘ullanuvchilarning intellektual faoliyati aktivligini rag‘batlantirish imkonini beradi. MN sistemasining moyilligini, uning mushak faoliyatining turli holatlarga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, gimnastikaning o‘ta ta’sirchanligi boshlang‘ich jismoniy tarbiya bosqichlarida, insonning jismoniy qobiliyatlarini har yoqlama va garmonik rivojlantirish poydevori yaratilayotgan vaqtda namoyon bo‘ladi.
Gimnastikaning bu asosiy funktsiyasi uning ko‘p asrlik taraqqiyot tarixi mobaynida shakllandi va qaror topdi, bu uning jismoniy tarbiyaning ko‘p yoqlama mazmunidagi aniq vazifalarini tashkil etadi.
Sport faoliyatida gimnastikaning uchta mustaqil turi bor. Sport gimnastikasi, akrobatika va badiiy gimnastika.


  1. Yüklə 281 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə