Kokanduni uz Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb et



Yüklə 209,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü209,71 Kb.
#153125
  1   2   3   4
844-846



844
www.
kokanduni.uz 
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ET
ISH 
 
Matmusaeva Nigora Usmonalievna
Qo’qon Universiteti 
Maxsus sirtqi talabasi
Raximova Xurshidaxon Sadikovna 
Qo’qon Universiteti Ta’lim kafedrasi d
otsenti
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb 
etish yo’llari. Inklyuziv ta’limning mazmun, mohiyati hamda integratsiyalashgan ta’limga 
imko
niyati cheklangan bolalarni yo’naltirish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: 
integratsiya, yashash huquqi

korreksion sharoit, imkoniyati cheklangan, 
nuqson, kompleks, pedagogik-psixologik, inklyuziv 
ta’lim
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramiz aholisining 15 foizi 
(bir milliarddan ortiqroq inson) nogirolikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. 60 yoshdan 
oshganlarning 46 foizini nogir
onligi bo‘lgan shaxslar tashkil qilad
i. Yer yuzidagi nogironligi 
bor insonlarning 10 foizi esa bolalardir. Ularning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida 
e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983
-
1992 yillar Xalqaro nogironlar o‘n yilligi 
deb belg
ilangan edi. Mazkur o‘n yillik yakuni
da (1992 yilning 14 oktyabr kuni) BMT Bosh 
Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro 
nogironlar kuni deb e’lon qilingan.
Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a’
zo barcha 
mamlakatlarga, shuningdek, tegishli 
tashkilotlarga nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘laqonli 
hayot kechirishi, ta’lim olishi, salomatligini tiklashi va mehnat qilishi uchun muntazam tarzda 
zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan. 
Imkoni
yati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish esa hozirgi kunda davlat siyosati 
darasiga ko’tarilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ
-4860-
son “Alohida 
ta’lim eht
iyojlari 
bo‘lgan bolalarga ta’lim
-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida “Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim va tarbiya 
berishning muqobil shakllarini yaratish, mazkur toifa bolalarni har tomonlama kompleks 
rivojlantirishning innovatsion va axborot-kommunikasion texnologiyalarini amaliyotga joriy 
etish” ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Natijada, mamlakatimizda sog‘lom bolalar kabi kar 
va zaif eshituvchi bolalarni har tomonlama sifatli ta’lim bilan
ta’minl
ash, mexanizmlarini 
yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Inklyuziv ta’lim bu barcha o‘quvchilar, shu jumladan imkoniyati cheklanganlar ham o‘z 
tumanlaridagi umumta’lim maktablarida oddiy sinflarda,yoshlariga muvofiq bilim o
lish uchun 
kerak bo‘lgan yordamni olganlari v
a maktab hayotidagi barcha jabhalarda ishtirok etishlari 
hamda o‘zhissalarini qo‘shishlarini anglatadi. Inklyuziv ta’lim barcha o‘quvchilarga –
ta’limda 
asosiy ehtiyojga muhtoj bo‘lgan va bo‘lmaganlarga ham ijob
iy tarzda tarbiyaviy va ijtimoiy 
ta’sir qilad
i[1]. 
Barcha imkoniyati cheklangan bolalarni hayotni yaxshi boshlashi va inklyuziv ta’lim 
muhitida qo‘llab
-quvvatlanib va yordam olib hayot kechirishi. 
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilishda va maqsad
-vazifalari,
ta’limni tashkil etish 
usullarini ommaga tushuntirishda hali qator muammolar, tusiqlar ham mavjud.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan 
ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim o
lishiga 
oid qo‘shimcha 
moslamalarni tashkil q
ilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. 
Inklyuziv ta’lim xarxil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani 
rivojlantirishga xarakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli extiyojlarn
i qondirishga qaratilgan ixcham 
turdagi dars 
berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda 


845

Yüklə 209,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə