Kommunikator



Yüklə 2,36 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#134613
Kommunikator


Kommunikator
manipulyativ ta’sir ko’rsatishiga qo’yiladigan talablar
So’nggi paytlarda jurnalistika nazariyasiga oid ilmiy adabiyotlarda jurnalistlarga nisbatan “kommunikator” atamasi qo’llanyapti. Bu so’z jurnalist faoliyatining mohiyatini ochib bera oladimi? Bu haqida so’z yuritganda kommunikator tushunchasiga oydinlik kiritish joiz. Xo’sh, kommunikator kim?
Ushbu atamaga sotsilogiya fanlari doktori F.Sharkov “Kommunikatsiya nazariyasi asoslari” nomli kitobida shunday ta’rif beradi:
“Kommunikator – (kommunikatsion tizim faoliyatini tashkillashtiradigan va axborot uzatadigan sub’ekt) axborotni kimga, qancha hajmda, qaysi kanal orqali uzatish lozimligini belgilaydigan sub’ekt” Demak, kommunikator axborotni auditoriyaga etkazish bilan shug’illanadigan mutaxassis.
Axborot bilan ishlaydigan va uni uzatadigan mutaxassislar, ya’ni kommunikatorlarning faoliyati butun auditoriyaga emas, uning muayyan bir qatlamiga xizmat qiladi. Ya’ni aloqa kompaniyasidagi kommunikatorlar faqat mijozlariga xizmat qiladi. Ommaviy kommunikatsiyalar jarayonlari tizimini va unda axborot uzatishni tashkil qiluvchi sub’ektlar kommunikator-jurnalistlardir.
Jurnalistika psixologiyasidan ma’lumki, o’zining haqligini isbotlay oladigan, yangiliklardan xabardor, samimiy kommunikatorlarga auditoriya ishonadi va ko’p masalalarda ularni ekspertlar sifatida taniydi. Kommunikativ jarayonda jurnalist pozitsiyasi quyidagi ko’rinishlarda aks etadi:
    • ochiq (kommunikator o’z qarashlarini ochiq bayon etadi, uni tasdiqlovchi faktlarga baho beradi);
    • yopiq (kommunikator o’z nuqtai nazarini sir tutadi, uni atrofdagilar payqab qolmasligi uchun hatto maxsus usullardan foydalanadi);
    • betaraf (kommunikator o’zini xolis tutadi, qarama-qarshi fikrlarni birgalikda bayon etadi).

Talablar
Kommunikatordan yuksak kasb mahorati, kommunikativ malaka va ko’nikmalar, shaxsiy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi. U og’zaki muloqotda ravon gapirishi, ovoz yoqimli bo’lishi, kommunikativ vositalardan foydalana olishi, axborotni qanday ohang va intonatsiyada etakazishni bilishi kerak. Shuningdek, muloqotning turli ko’rinishlarida (ijtimoiy, psixologik, ko’lamlilik, vaqtinchalik) o’zaro aloqani tashkil etishni va qo’llab-quvvatlashni uddalashi zarur.
Rahmat!
Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə