“Korporativ boshqaruvda moliyaviy hisobotlarni baholash va tahlil qilish amaliyotini takomillashtirish”



Yüklə 14,45 Kb.
tarix30.05.2023
ölçüsü14,45 Kb.
#114274
ichki taqriz Muxtorov


Fargʻona Politexnika Instituti magistranti Muxtorov Abdulvohid Mirkomiljon oʻgʻliningning 5A230901- Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaxassisligi boʻyicha magistr akademik darajasini olish uchun “Korporativ boshqaruvda moliyaviy hisobotlarni baholash va tahlil qilish amaliyotini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasiga


TAQRIZ

Dissertatsiya divizionli boshqaruv muassasalarida boshqaruv va va buxgalteriya hisobini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari , moliyaviy hisobotlarni baholash va tahlil qilish ishlarini modernizatsiya qilish orqali korporativ boshqaruv muhitida ichki audit va moliyaviy nazorat ishini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.


Taqriz qilinayotgan mazkur dissertatsiya kirish, uchta bob, sakkizta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, oʻrganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti, predmeti va usullari, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijasi kabi masalalar bayon qilingan
Magistrant Abdulvohid Muxtorovning dissertatsiya ishi doirasida korporativ boshqaruvni tashkil etishda Microsoft Power BI dasturiy ta’minoti yordamida taklif qilgan yechimi amaliy jihatdan asoslangan aktuallikka egadir. Ilmiy tadqiqot ishi predmeti boʻlgan biznes tahlil dasturi yordamida tijoriy takliflar va debitorlik qarzdorliklarni soʻndirilshini baholash amaliyoti va undagi murakkabliklarni soddalashtirish uslubiyoti tushuntirilgan. Jumladan, tijoriy takliflarni berayotgan kontragentlar bilan agar faoliyat olib borilgan boʻlsa, uning qarzdorlikni soʻndirish oʻrtacha davriyligi, umumiy qarzdorlik summasidagi ulushi, oxirgi martta qachon maxsulot sotib olgani va taklif qilayotgan tijoriy taklifning summasidan kelib chiqib sotuv amalga oshirilgan taqdirda kutilayotgan moliyaviy natijalarni kompleks baholash imkoniyatini berishi asoslab berilgan. Bundan tashqari tahlil qilingan va natijalari koʻrsatiladigan vizual tushunarli hisobotlar yordamida sotuv boʻlimi va buxgalteriya boʻlimi hodimlari ustidan samarali nazorat oʻrnatish imkoniyati yuzaga kelishi va aniq belgilangan reglamentlar doirasida kontragentlar baholangan holda ularga maxsulot sotilishi mumkinligi, shu tarzda hodim va kontragent oʻrtasida maxfiy ravishda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan noqonuniy xatti-harakat oldini olish uslubiyoti yoritib berilgan. Shuningdek, kontragentlar bilan boʻlgan transaksiyalarning davr mobaynidagi tabiati va uning baholanishi visual diagrammalarda koʻrsatishning berilayotgan tijoriy taklifining xavflilik darajasini toʻgri baholashdagi qulayligi asoslangan.
Xulosa qilib aytganda dissertatsiya ishida taklif qilingan hisobot shakli va avtomatik aggregatsiya asosida shakllanadigan ma’lumotlar bazasi va tahliliy hisobotlar yordamida xoʻjalik buxgalteriya boʻlimi ustidan nazoratni tashkil etililishing zamonaviy va tezkor uslubi, uning ishlab chiqarish va sotuvni toʻgri rejalashtirishga koʻrsatadigan ta’sirining mavjudligiga koʻra dissertatsiya ishi dolzarblilik va ilmiy-amaliy yangiliklarga ega deb topildi.
Tadqiqot natijalari bir qancha mahalliy jurnallar, konferentsiyalar hamda xalqaro jurnallarda chop etilgan va ularda dissertatsiyaning asosiy natijalari ifoda etilgan.
Fargʻona Politexnika Instituti magistranti Muxtorov Abdulvohid Mirkomiljon oʻgʻlining 5A230901- Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaxassisligi boʻyicha magistr akademik darajasini olish uchun “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari boʻyicha korxonaning moliyaviy hisobotini shakllantirish masalalari” mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan, yakunlangan tadqiqot natijasi boʻlib, belgilangan talablarga javob beradi. Muallif magistr akademik darajasini olishga loyiq.
Farg’ona politexnika instituti
BH va A” kafedrasi: PhD. O.T.Nurmatov
Yüklə 14,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə