Kreativ pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Fanni õqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida



Yüklə 178,4 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü178,4 Kb.
#134698
Ahmedov Jasur 203 guruh.

Kreativ pedagogika fanining tamoyillari.

Reja:


Kreativ pedagogika - bu ijodiy ta'lim haqidagi fan va san'atdir . Bu pedagogikaning o'ziga xos turi bo'lib, majburlash pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi , tanqidiy pedagogika ( inglizchadan - tanqidiy pedagogika ) kabi pedagogika turlariga qarama-qarshidir . Ijodiy pedagogika o‘quvchilarni ijodiy o‘rganishga, o‘z-o‘zini yaratuvchisi va kelajagini yaratuvchisi bo‘lishga o‘rgatadi.

Kreativ pedagogika, har qanday fanga, xoh matematika, xoh fizika, xoh tillar, xoh iqtisod bo‘lsin, qo‘llanilish mumkin bo’lgan pedagogikadir. Ma’lum darajada aytish mumkinki, uning metodologiyasi o‘qitish va o‘rganish jarayonini o‘zgartiradi.


Kreativlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish natijalari bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik amaliyot davridagi kreativligini rivojlantirishning tarkibiy-funksional modeli tamoyillarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Bu
tamoyillar quyidagilardan iborat
Muammoli tamoyilidan foydalanish pedagogik faoliyat uchun yangilik emas. Kreativlikning mohiyati muammoli xarakterga ega bo‘lib, u muammoning nostandart yechimini topishdan iborat. Pedagogik amaliyotda bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativligini muammolilik tamoyiliga muvofiq rivojlantirish ijodiy muammoli vazifalarda namoyon bo‘ladi, masalan, "Gipotezani ilgari suring va uni sinab ko‘rish rejasini tuzing ...", "Dastlabki natijani baholash . ..", "O‘quv materialini boshqacha taqdim eting ..." va hokazo.
2. Ijodiy yo‘nalish tamoyili.
Bu tamoyil nafaqat reproduktiv, balki ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Kreativlikni rivojlantirish faqat maqsadli xarakterga ega bo‘lmasligi kerak, ya’niki erishilayotgan natija amaliyot so’ngida natijaga erishish degan fikrdan yiroq bo’lishi lozim. Bu holatda talaba topshiriqlarni tez va hech qanday hissiyotlarsiz bajarishlari kerak.

Chunki bu holat mashg‘ulot sifatiga, diagnostika natijalariga, umuman, barcha tajriba-sinov ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Agar kreativlikning rivojlanishi bosqichli xususiyatga ega bo‘lib, har bir vazifa yoki faoliyat turi sinovning keyingi bosqichi sifatida qaralmasdan, balki o‘zo‘zini sinab ko‘rish, o‘zini o‘zi anglash va qiziqarli faoliyat uchun imkoniyat sifatida yo’naltirilgan bo‘lsa, u holda bajarilayotgan ish yuqori sifatlii va o‘rganilayotgan konsepsiya ko‘rsatkichlari o’sish darajasida bo’ladi.

3 .Butunlilik va izchillik tamoyili.

Bu tamoyil ijodkorlikni rivojlantirish dasturi tuzilmasi yaxlitlilik, izchillik, to‘liqlilikni talab qiladi. Faqat shu holatda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vosita va usullarni tanlashning maqsadga muvofiqligi haqida gapirish mumkin. Kreativlikni bo‘lajak o‘qituvchining yaxlit qiyofasiga hamroh bo‘ladigan sifatlar tizimining tarkibiy qismi sifatida qarash lozim.


Individuallashtirish tamoyili.
Ushbu tamoyilning asosiy jihati har bir talabaning individual tarbiyaviy ish uslubini, uning shaxsiy rivojlanishining o‘ziga xos trayektoriyasini va ruhiy jarayonlarning ishlash xususiyatlarini hisobga olishdan iborat.
Kreativlikning rivojlantirishning bosh maqsadi bu o’quvchilarning aqliy faoliyati va mantiqiy fikrlashini rivojalntirishdan iborat. Bunng uchun biz talaba erishgan rivojlanish darajasiga emas, balki bir oz oldinroq qadam tashlab, uning fikrlash qobiliyatidan biroz yuqoriroq bo'lgan talablarni qo'yishimiz kerak.

E’tiboringiz uchun rahmat..


Yüklə 178,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə