Labaratoriya ishi №3,4 Mavzu: Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlash. Formulalarni kiritish va tahrirlash. «Master funktsiy»



Yüklə 40,41 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü40,41 Kb.
#181576
  1   2   3
Labaratoriya ishi 3,4 qayta


Labaratoriya ishi № 3,4
Mavzu: Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlash. Formulalarni kiritish va tahrirlash. «Master funktsiy» yordamida formulalarni kiritish. Jadvallar bo'yicha siljib yurish va yacheykalarni belgilash. Yacheykalar mazmunidan nusxa olish va o'chirish. Aniq iqtisodiy masala echish.
Nazariy qism
Formulani kiritish = (tenglik) belgisi bilan boshlanishi zarur.
Formula havolalarni, ya'ni, boshqa formulalar adresini saqlashi
mumkin. Bu holda mazkur kataklar ichidagi hisoblashlar bu formula bilan
bog'liq katakka ham tegishli bo'ladi. Formula hisoblashlardagi natija
boshqa katakdagi songa bog'liqligini bildiradi.
Shunday qilib, formula saqlaydigan katak bog'liq hisoblanadi. Ya'ni,
formula saqlaydigan katak qiymati, havola ko'rsatadigan katakdagi
qiymat o'zgarishi bilan qayta hisoblanib ko’riladi.
Katakka havolani ikki yo'lda berish mumkin: klaviaturadan terib
kiritish yo'li va ishchi varaqdagi katakni ko'rsatish yo'li bilan. Birinchi
holatda, hisoblanadigan katak ustida havola kiritiladi, bu yo'lda xatolar yuz
berishi mumkin, ikkinchi yo'lda kerakli katakka sichqoncha yordamida
ko'rsatiladi. Avvaldan kelishilganidek, formuladagi katakka havola nisbiy
deb ko’riladi. Bu quyidagini bildiradi, agar havola adreslari formulalarining
nusxalari hosil qilinsa, berilgan katakka nisbatan nusxalardagi formulalar
ham mos ravishda o'zgaradi.
Misol uchun: V2 katagida Al katagiga havola bo'lsin. Shunday qilib,
havola bitta katak chapga va bir katak yuqoriga bog'langandir. Agar
formulaning nusxasi boshqa bir katakka ko'chirilsa, u holda mavjud nisbiy
havolaga ko'rsatish saqlanadi. Ya'ni, misol uchun E27 katakka
nusxasini ko'chirsangiz, havola bir katak chap va bir katak yuqoridagi
D26 katakni ko'rsatadi.
Absolut adreslashda esa havola adresi nusxa ko'chirganda ham
o'zgarmaydi.
Formulani tahrirlashda adreslash usulini o'zgartirish uchun havolali
katakni belgilab, F4 klavishini bosing. Absolut adreslashdan
foydalanuvchi katak nomeri oldida $ belgisi turishi kerak. F4 klavishi
bosilsa, turli havola variantlari taklif etiladi.

Yüklə 40,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə