Madaniyat va san’at sohasini taraqqiy etishida innovatsion jarayonlarning tutgan o‘rni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix09.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#126468
  1   2
madaniyat-va-san-at-sohasini-taraqqiy-etishida-innovatsion-jarayonlarning-tutgan-o-rni



MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI TARAQQIY ETISHIDA 
INNOVATSION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI 
 
Muhayyo Akbarovna Bekmurodova 
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga 
to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar, milliy madaniyatni yanada 
rivojlantirishning asosiy tamoyillari o‘rganilib, madaniyat va san’at sohasini taraqqiy 
etishida innovatsion jarayonlarning tutgan o‘rniga baho berilgan va madaniy 
loyihaning asosiy innovatsion belgilari ajratilgan holda innovatsion madaniy 
mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish, madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish 
va venchur kapitalini rivojlantirish masalalari o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, madaniyat va san’at, madaniy qadriyatlar, ijod 
erkinligi, venchur kapitali, innovatsion jarayonlar. 
THE ROLE OF INNOVATIVE PROCESSES IN THE DEVELOPMENT OF 
CULTURE AND ART 
Muhayyo Akbarovna Bekmurodova 
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
Abstract
: The article examines a number of systemic shortcomings that impede 
the further development of national culture, the basic principles of the further 
development of national culture, assesses the role of innovation processes in the 
development of culture and art, highlights the main innovative features of a cultural 
project, studies the development of products and services, improving culture and art, 
as well as development of venture capital. 
Keywords:
innovation, culture and art, cultural values, freedom of creation, 
venture capital, innovation processes. 
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini 
yuksaltirish, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, hozirgi vaqtda madaniyatning 
innovatsion tarkibiy qismining ahamiyati davlat darajasida kata e’tirob qaratilishi 
Yangi O‘zbekistonning bosh maqsadiga aylandi. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Mamlakatimiz aholisi, avvalo yoshlar, qalbida 
amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yo‘nalishdagi 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
109
http://oac.dsmi-qf.uz/


ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr 
talabiga aylanib bormoqda” - deya ta’kidlab o‘tgan edi[1: 280-bet]. 
Yangi O‘zbekiston madaniyat sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Haqiqatan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi 
“O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3920-son qarorini imzolashi buning yaqqol 
isbotidir. Bu qaror ijrosi madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishni 
ta’minlash, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, 
aholining 
madaniyat 
muassasalariga 
bo‘lgan 
qiziqishini rag‘batlantirish, 
mamlakatimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta’minlashni 
nazarda tutadi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi 
“Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning 
naqadar 
dolzarbligini 
ko‘rsatib 
turibdi. 
Farmonga 
ko‘ra, 
O‘zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish 
dasturlarida moddiy-madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini restavratsiya 
qilish uchun xarajatlarga 500 mlrd. so‘m ajratilishi belgilandi[2: lex.uz]. 
So‘nggi to‘rt-besh yilda Yangi O‘zbekistonda madaniyat sohasida sodir 
bo‘layotgan jarayonlar madaniyat va san’at rivojida ayniqsa, jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishidagi rolida ham yuqori darajaga ko‘tarildi. 
Hech shubhasiz, o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonch bizni 
Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashtirib, 
yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, 
buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo‘lishning 
o‘zi kata baxt, kata sharafdir [3: 30]. 
Shunday jarayonlardan biri, innovatsiya muammosi hisoblanadi. Madaniyat va 
san’at sohasida innovatsion rivojlanishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishda 
ba’zi yutuqlar va ba’zi muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, bu jarayon O‘zbekiston 
uchun hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
Bunda asosiy muammo - iqtisodiyot va jamiyatning uzoq muddatli turg‘unligi 
va mamlakatning jahon taraqqiyotidan ancha ortda qolib ketishi sanaladi. Ayni 
paytda, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator 
tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan: 
birinchidan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va 
san’at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, 
ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan; 
ikkinchidan, yosh ijodkorlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
110
http://oac.dsmi-qf.uz/


madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o‘sib 
borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar sifatini keskin 
oshirish imkonini bermayapti; 
uchinchidan, aksariyat madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik 
bazasi zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning 
to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmoqda;
to‘rtinchidan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin 
egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmagani 
sohani keng tadqiq va targ‘ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida 
integratsiya qilishga yo‘l bermayapti; 
beshinchidan, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va 
tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini izchil ta’minlash va ularning sara asarlarini 
namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimi 
yaratilmagani, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani 
ham soha rivojiga to‘sqinlik qilmoqda [4: lex.uz].
Bu muammolarni bartaraf etishda innovatsiya jarayonining tarkibiy qismlarida 
nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish kerak. Innovatsion rivojlanish jarayoning 
ikkita asosiy tarkibiy qism - innovatsion loyihalarni amalga oshirish va innovatsion 
salohiyatni 
rivojlantirish 
bo‘lib, 
jamiyatning 
innovatsion 
madaniyatining 
yetishmasligi innovatsiyalar turg‘unligining asosiy sabablaridan biridir. Har qanday 
innovatsion rivojlanish nafaqat asosiy innovatsion jarayon, balki uni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan omillar va shartlar tizimini, ya’ni innovatsion salohiyatni 
rivojlantirishdir. Madaniy innovatsion loyihalarni amalga oshirish va madaniy 
innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali madaniyat sohasida innovatsion 
taraqqiyotga erishish mimkin. 
Ko‘p muammolar moliyaviy tomondan farqli tekislikda yotadi. Taniqli menejer, 
Germaniya Federativ Respublikasi Fraunhofer jamiyati prezidenti, professori H.Yu. 
Varnecke bozor segmentini ko‘paytirish va mahsulot sifatini yaxshilash kabi deyarli 
barcha yakuniy maqsadlarga eng yaxshi ijtimoiy tizimga ta’sir qiluvchi strategiyalar 
orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi. Ushbu jarayonda texnika va texnologiyalar 
juda kichik rol o‘ynaydi. Bir tomondan, madaniyat va san’at, boshqa tomondan, 
tabiiy fan va texnikaning tarqoqligi falokatga olib kelish xavfini tug‘diradi. 
Innovatsion jarayonlar muqarrar ravishda xatarlar va noaniqliklar bilan 
tavsiflanganligi sababli, ko‘plab tadqiqotchilar mamlakatda rivojlangan venchur 
kapitalining mavjudligi innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatini belgilovchi omil 
deb hisoblashadi. Uning zaif rivojlanishi tufayli, masalan, Yevropa mamlakatlari 
innovatsiya sohasida AQShdan ma’lum darajada orqada qolmoqda. Biroq, tahlillar 
shuni ko‘rsatadiki, bu boradagi farq unchalik katta emas. Shunday qilib, hisob-
kitoblarga ko‘ra, innovatsiyani venchur investitsiyalari emas, aksincha, innovatsion 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
111
http://oac.dsmi-qf.uz/


jarayonlardan talab venchur kapitalining rivojlanishini rag‘batlantiradi va 
ikkinchisining rivojlanish darajasi institutsional muhit sifati bilan uzviy bog‘liqdir. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ijtimoiy sohadagi zamonaviy mahsulotlar 
va xizmatlar nafaqat iste’molchilarning ehtiyojlari asosida shakllanadi, balki o‘zlari 
ham ushbu ehtiyojlarni shakllantiradi. Masalan, yuqori texnologik tibbiy yordam 
xizmatlariga, masofaviy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj, zamonaviy insonning turmush 
tarziga mos keladi, shu bilan birga, bunday xizmatlar ko‘rsatish innovatsiyalar, 
xususan, texnologik rivojlanishlar tufayli amalga oshirish mumkin. Binobarin, 
bizning fikrimizcha, vazifa zamonaviy odamni avvalgi madaniy ehtiyojlar doirasida 
ushlab turish emas, balki jozibali va shu bilan birga konstruktiv qadriyatlarni 
shakllantiradigan madaniy mahsulotni taklif qilishdan iboratdir. 
Bunga qanday erishish uchun madaniyat xodimlarining ijodkorlik va yangilik 
yaratish qobiliyati, ularning ijtimoiy mas’uliyati, va nihoyat, deklarativ emas, balki 
bilvosita ta’sir qila olishi orqali erishish mumkin. 
Aholining e’tiborini madaniy xizmatlarga jalb qila oladigan yangiliklar degani 
nimani anglatishiga to‘xtalamiz. Rasmiy hujjatlarda, xususan, innovatsiyalarning 
texnologik tarkibiy qismiga urg‘u beriladi: gap ommaviy axborot markazlarini 
yaratish, ko‘p funksiyali madaniy majmualar tarmog‘ini shakllantirish, universal 
mobil tizimlar sonini ko‘paytirish haqida ketmoqda. 
Tadqiqotchilar innovatsiyalar deganda ijtimoiy-madaniy vaziyatning o‘zgarishi, 
yangi madaniy mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, mavjud ob‘ektlar, yondashuvlar 
va texnologiyalarni ijodiy rivojlantirish kabilarni nazarda tutgan holda ushbu 
kontsepsiyaga yanada kengroq ma‘no kiritdilar.
Aynan g‘oyalar, zamonaviy ijodiy mahsulotlarning etishmasligi byudjet 
muassasalari xizmatlari iste‘molchilari sonining kamayishi, ularning faoliyat 
ko‘lamini pasayishining sabablaridan biri sanaladi. Maxsus adabiyotlarda ifodalangan 
madaniy loyihaning innovatsion belgilaridan biz quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz: 
faollik: atrofdagi voqelikni o‘zgartiradigan loyihalarni boshlash, madaniyat 
muassasalarining ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, tinglovchilarni jalb qilish shakllaridan 
foydalanish; 
dolzarblik: zamonaviy shaxs, yangi ijtimoiy guruhlar ehtiyojlariga muvofiqlik, 
zamonaviy mobil va band turmush tarziga muvofiqlik - moslashuvchan ish vaqti, 
innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun ochiq shahar maydonlaridan 
foydalanish (shaharlashgan va tabiiy). San’at turlari va madaniy tadbirlar; “uxlab 
yotgan” joylarda joylashgan madaniy tashkilotlar faoliyatini faollashtirish. 
Umuman olganda, biz intellekt, ijodiy munosabatlar, turli xil san’at turlarining 
integrasilashuvi, jamiyatdagi mehnat shakllarini o‘zgartirish, madaniyat holatini 
baholash va loyihalashga e’tiborni qaratish, menejmentni o‘zgartirish kabilarni 
istiqbolga yetaklaydi, deb ayta olamiz.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
112
http://oac.dsmi-qf.uz/


Darhaqiqat, innovatsiyalar sharoitida biz aholining madaniy muassasalardan (bu 
muassasalar prinsipial ravishda ishlashiga qo‘shimcha ravishda) ham moddiy-
texnologik, ham ijodiy (kasbiy va texnologik) o‘zgarishlar kutayotganini ta’kidlab 
o‘tishimiz mumkin. Ijodiy o‘zgarishlarga turli toifadagi fuqarolar uchun ularning 
zamonaviy ehtiyojlariga mos keladigan turli xil xizmatlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirishga ijodiy yondoshishni kiritish mumkin. 
Albatta, madaniy “xizmat”ning sust rivojlanishi, hattoki avvalgilaridan mahrum 
bo‘lish (masalan, filmlarni tarqatish) sharoitida rivojlanish darajasi past bo‘lgan 
shaharlar, qishloqlar aholisining zamonaviy madaniy xizmatlarga talabi hali hamon 
juda past darajadadir. Biroq, innovatsiyalarning asosiy xususiyatlarini - bu dolzarblik, 
ijodkorlik va zamonaviy texnik vositalardan foydalanishga talabni - bu hududdagi 
madaniy talablarda ham ko‘rish mumkin. 
Ijtimoiy-iqtisodiy sohani umumiy modernizatsiya qilish nafaqat madaniyatning 
yangi iste’molchilarini, balki uni yaratuvchilarni ham shakllantiradi. Yangi ishlab 
chiqarish texnologiyalarini joriy etish va madaniy mahsulotlarni targ‘ib qilish 
ijodkorlar va iste’molchilarni, xususan, ijodiy sohalar doirasida birlashtiradi. 
Iste’molchilarni ijodiy jarayonga jalb qilish orqali ijodkorlar ularni asarlar 
yaratilishidagi quvonchlariga qo‘shilishiga imkon beradi va ular, o‘z navbatida, 
“o‘zlarining” tomoshabinlari va tinglovchilarini yaxshiroq anglay boshlaydilar.
Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda badiiy festivallar, kontsertlar 
va ko‘rgazmalar, muzey va teatr jamoatchiligini birlashtirgan loyihalar kabi yangi 
ijod turlari nafaqat yangi ijodiy yondashuvlarni, balki axborot texnologiyalari 
yangiliklaridan va yangi boshqaruv ko‘nikmalaridan foydalanishni talab qiladi. Bu 
mavjud modernizatsiya qilish va innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish byudjet 
sohasini isloh qilish, madaniyatning institutsional sohasini o‘zgartirish, tashkilotlar 
boshqaruvining rolini kuchaytirish va innovatsion yondashuvlardan foydalangan 
holda ijtimoiy-madaniy sohada boshqaruv amaliyotining tarqalishi bilan tavsiflangan 
yangi sharoitda madaniyat sohasidagi boshqaruv samaradorligini oshirishga yordam 
beradi. 
Xulosa qilib aytganda, innovatsion madaniy mahsulot va xizmatlarni 
rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar iste’molchisini shakllantirish zarur, 
buning uchun madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish va venchur kapitalini 
rivojlantirish; fan, ixtirolar va texnologiyalari transferini rivojlantirish; sohada 
innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; raqobatni 
rivojlantirish va ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish; infratuzilma va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə