Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot



Yüklə 231,5 Kb.
səhifə1/12
tarix22.05.2023
ölçüsü231,5 Kb.
#112056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar.


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar.
Mundarija:
Kirish………………………………………………………..…………………..3
Asosiy qism
I Bob Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot.
1.1 Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar…………………………….12
1.2 O‘zbekistonda madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar…………………………………………………………………………17
II Bob O‘zbekistonda ma’naviy va madaniy sohadagi islohatlar
2.1 Madaniy va ma’naviy mеrоs………………………………………………..24
2.2 Mustaqillik sharоitida madaniyat rivоjlanishining asоsiy tamоyillari……30
Xulosa……………………………………………………………...…………….31
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..33


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Maʼnaviy-maʼrifiy anjumanda Bosh konsulxona tomonidan kutubxonaga Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida bunyod etilgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati va ahamiyati ochib berilgan “Gʻalaba bogʻi falsafasi” kitobi topshirildi.
Xalqaro tadbirda mamlakatimiz diplomatlari Oʻzbekistonda barcha sohalarda, xususan, madaniyat, fan va taʼlim yoʻnalishlarida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 2022-yil mamlakatimizda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilingani, ushbu yilga berilgan nom asosida qabul qilingan davlat dasturining mazmun-mohiyati haqida soʻzlab berildi.
Davra suhbatida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining oʻzbek, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri K.Turdiyeva “Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli madaniy-maʼrifiy loyihalarni amalga oshirish tajribasi” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Maʼruzacha oʻz chiqishida mamlakatimizning boy tarixi va madaniy merosi, shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan madaniy-maʼrifiy loyihalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.
Davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi direktori I.Lizunova Oʻzbekistonda hayotga tadbiq etilayotgan izchil islohotlar ahamiyatiga toʻxtalib, kelgusida respublika bilan oʻzaro hamkorlik ishlari yanada faollashtirilishini bildirdi.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi.
Kurs ishining maqsadi: Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim Chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari-Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog‘-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi.
Kurs ishining vazifasi: Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Kurs ishining predmeti: O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari birinchi Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi.

Yüklə 231,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə