Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot


O‘zbekistonda madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar



Yüklə 231,5 Kb.
səhifə3/12
tarix22.05.2023
ölçüsü231,5 Kb.
#112056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar.

1.2 O‘zbekistonda madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar.
Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim Chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari-Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog‘-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Milliy dastur ro‘yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o‘rta ta’limni 9-yillik maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘rta maxsus bilim va kasb-hunar o‘rganadilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi.
Oliy ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan-bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar fondi”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Iste’dod” jamg‘armalari tashkil topdi. Ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, AQSH kollejlari konsortsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSH), Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
2003 yil 1 iyulda «Iste’dod» jamg‘armasi tashkil etildi. O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi farmoniga muvofiq jamg‘armaning nomi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va ta’lim olishini tashkil etish «Iste’dod» jamg‘armasi”ga o‘zgartirildi. Jamg‘arma faoliyatining maqsadi yuqori malakali, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh etuk mutaxassislarni jahonning nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarida magistratura va PhD dasturlari asosida tayyorlash orqali respublika iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirishga ko‘maklashish, davlat va jamoat tuzilmalari xodimlarning, pedagog va ilmiy kadrlarning bilim va malakalarini oshirish darajasini yuksaltirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning hamkorlik asosida rivojlangan mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash va ta’lim olishlariga ko‘maklashishdan iborat etib belgilandi1.
Bugungi kunda “Iste’dod” jamg‘armasi negizida “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyat yuritmoqda.
Xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni etakchi xorijiy ta’lim muassasalarida hamda O‘zbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2018 yil 25 sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5545-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni1 e’lon qilindi.
Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda yurtimizda “Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o‘quv yurtlari muhim o‘rin egallamoqda.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan etuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Keyingi bir yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining etmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 20 aprelda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qaror2ni imzoladi. Qaror bilan ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Vazirlar mahkamasining 18.07.2017 yil 515-sonli Qarori1) tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi – ta’lim-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, ta’lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kaeta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.SHukshunov O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. O‘zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o‘zbek modeli» deb e’tirof etildi.
2020 yil 23 sentyabrda yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
• maktabgacha ta’lim va tarbiya;
• umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
• professional ta’lim;
• oliy ta’lim;
• oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. 
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
SHuningdek, mazkur Qonun bilan, 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi1.

Yüklə 231,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə