Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti matematika yo



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/17
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#183325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti matemati-fayllar.org


Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti matematika yo

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

MATEMATIKA YO‘NALISHI

19-M3 GURUH TALABASI

Erkinjonov SunnatulloNING

MATEMATIK ANALIZ FANIDAN

YOZGAN



MAVZU: Hosila tadbiqlari

KURS ISHI RAHBARI: M.TOSHPO’LATOV
Andijon-2020 yil


Mundarija

I. Kirish

II. Asosiy qism:

1.Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar.

2.Hosila.

3.Hosilaning geometric va fizik ma’nolari.

4.Hosilani hisoblash qoidalari.

5.Murakkab funksiyaning hosilasi.

Teskari funksiyaning hosilasi

6.Asosiy elementar funksiyalarning hosilalari.

7.Logarifmik hosila.

Daraja-ko’rsatkichli funksiyaning hosilasi.

8.Yuqori tartibli hosila.

9.Parametrik ko’rinishda berilgan

funksiyaning hosilasi.

10.Skalyar argumentli vektor funksiya va

uning hosilasi.

lll. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


.

Kirish.
O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday ahamiyat kasb etishiga bog`liq.
Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar quyidagilar etib belgilandi:
  • Har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularni bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarning stajirovka o’tashlarini, professor-o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;


  • Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o’qitish yo’nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;


  • Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o’quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;


  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o’quv va labaratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o’quv metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ravshanki, “Matematik analiz” kursining chekli limitga ega bo’lgan funksiya xossalari mavzusi bu fanning xilma-xil va qiziqarli amaliy xossalarga, tadbiqlariga ega bo’lgan mavzusidir.


So’nggi yillarda oliy ta’lim tizimida bu fan, ayniqsa, bu bo’limga ajratilgan soat birmuncha kamayib ketganligi sababli, bu nazariyani atroflicha va chuqur o’rganishning imkoniyati cheklanib qolmoqda. Shu munosabat bilan mazkur kurs ishining mavzusini, ayniqsa, chekli limitga ega bo’lgan funksiya xossalari mavzusini o’rganishga bag’ishlangani bejiz emas. Garchi bu mavzuga oid yetarli materiallar turli xil adabiyotlarda turli darajada aks etgan bo’lsada, uni sistemali tarzda bir joyga joylashtirib o’rganishni talab darajasida deb bo’lmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olib, kurs ishi mavzusini dolzarb mavzular qatoriga kiritish mumkin.
Kurs ishi mavzusining asosiy vazifalari: Oliy ta’lim muassasalarida chekli limitga ega bo’lga funksiya xossalari mavzusidagi darslarni tashkil etish.
Kurs ishi mavzusining mazmuni: Mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə