Ushbu dastur ixtisosligi bo‘yicha bo‘lgan tayanch doktorantlar (PhD)
va mustaqil
izlanuvchilarga (PhD) mo‘ljallangan bo‘lib, unda olam, jamiyat va insonni o‘rganishda
psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi, ularning
dunyoqarashini boyitish va
rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni o‘rganish ehtiyojining ortayotganligi, inson
psixologiyasining umumpsixologik masalalariga e’tibor qaratilgan.
Tuzuvchi:
ps.f.f.d., PhD. X.Abdusamatov
Taqrizchi: ps.f.n R.Ismailova
Mazkur dastur Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti
ilmiy kengashining
2022-yil 22-avgustdagi 4-sonli majlisida tasdiqlangan.
KIRISH
Ushbu dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda
tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni,
2020-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi huzurida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot
institutini tashkil
etish to‘g‘risida”gi 367-son qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila
va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son
Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila
va xotin-qizlar davlat
qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son
qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli
qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 31-martdagi
145-son qarorilarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda
tuzilgan.
19.00.05 - “Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya” (psixologiya fanlari)
ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilardan ixtisoslik
imtihonini topshirish uchun tuzilgan bo‘lib, o‘z ichiga
mazkur fanning deyarli
barcha qirralarini qamrab oladi.
Malakaviy imtihon topshiruvchi - izlanuvchi yuqori darajada nazariy va
amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi, ijtimoiy pedagogika fanining boshqa ijtimoiy
gumanitar fanlar bilan bog‘liq ilmiy metodologik masalalardan xabardor bo‘lishi,
shu bilan birga u o‘z bilimidan ilmiy va amaliy vazifalarni to‘g‘ri
xal etishda
foydalanishi lozim.
Mazkur dastur 19.00.05 - “Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya”
(psixologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha ixtisoslik imtihonlarini topshiruvchi
tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarning
bilim darajasini mukammal
sinovdan o‘tkazish imkonini yaratadi.