Majburiyатlar hisobi



Yüklə 167 Kb.
səhifə1/18
tarix30.07.2023
ölçüsü167 Kb.
#120110
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Majburiyатlar hisobi



Mavzu: Majburiyatlar hisobi
Mundarija:
Kirish
I bob. Majburiyatlar ta`rifi va ularni e`tirof etish tartibi
1.1 Majburiyatlarni baholash tartibi
1.2 Majburiyatlarning turkumlanishi
II bob. Joriy majburiyatlarni hisobga olish tartibi
2.1 Qisqa muddatli to`lanadigan veksellar hisobi
2.2 Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


I bob. Majburiyatlar ta`rifi va ularni e`tirof etish tartibi
1.1 Majburiyatlarni baholash tartibi
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari majburiyatlarni «avval amal-ga oshgan xo`jalik muomalalari yoki hodisalari natijasida kelib chiqqan, qondi-rilishi aktivlarning o`tkazilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlar ko`rsatilishi yoki kelgusida iqtisodiy manfaatlarning boshqa yo`l bilan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo`lgan korxonaning qarzlaridir” deb ta`riflaydi. Demak, maj-buriyatlarning asosiy tavsifi shundan iboratki, bunda xo`jalik yurituvchi sub`ekt avvalgi xo`jalik muomalalari yoki hodisalari ta`sirida huquqiy va jismoniy shaxslar oldida yuzaga kelgan qarzdorlik bo`yicha o`z mas`uliyatini tan oladi. Maj-buriyatlar hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi «Mo-liyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishning kontseptual asoslari», «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», «Ijara hisobi» kabi Buxgalteriya hisobi-ning milliy standartlari asosida tartibga solinadi. Majburiyatlarni buxgal-teriya hisobi va hisobotida aks ettirish chog`ida e`tirof etishning tamoyillariga qanchalik tarzda rioya qilinishi hisobga olinadi. Ya`ni majburiyatlar ularni qop-lash natijasida iqtisodiy daromad keltirishi mumkin bo`lgan resurslarning chiqib ketishi yuz bersa va bu qoplash miqdorini o`lchash mumkin bo`lsa e`tirof etiladi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining holatlariga ko`ra majbu-riyatlar:
ularni pul vositasida to`lab berish;
o`rniga boshqa aktivlarni berish;
xizmatlar ko`rsatish;
ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish ;
majburiyatni aktsiyaga (kapitalga) almashtirish orqali qoplanishi mum-kin.
Majburiyat agar kreditor o`z huquqidan voz kechgan yoki u bunday huquqdan mahrum qilingan paytda ham qoplangan deb hisoblanishi mumkin.
Majburiyatlar moliyaviy hisobotda baholashning turli usullarida aks ettirilishi mumkin. Bularga quyidagilar kiradi:

Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə