Maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida



Yüklə 7,81 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,81 Kb.
#163386
Maktabda kasb


Maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida

Xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etgan holda zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasb-hunarga yo‘naltlrish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 15-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 49-sonli bayonida berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash, o‘quvchilarni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashlariga ko‘maklashish hamda umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida


Buyuraman:
1.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktorining 2022-yil 24-avgustdagi “Umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 40-sonli, viloyat xalqta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 29-avgustdagi 110-sonli hamda Shovot tuman Xalq ta’limi bo‘limining 2022-yil 12-oktabrdagi 234-12-177-XT/2022-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab 7-11-sinf o‘quvchilari uchun “Kasbiy bilim va maslahat oyligi” joriy etilsin.
3. Quyidagilar:
-maktabda “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”ni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilsin;
-“Kasbiy bilim va maslahat oyligi” ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi ishlab
chiqilsin;
- “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va malakalarini oshirib borish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilsin.
4. Maktab psixologi(0,5 stavka) Jumaboyeva Elinur Anvar qiziga:
-ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” da belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- maktabda “Kasblar oyligi”, “Ustoz-shogird” an’analarini
belgilangan tartibda tashkil etilishini nazorat qilish;
-amalga oshirilgan ishlar doirasida o‘tkazilgan tadbirlarni mahalliy ommaviy axborot vositalari va internetdagi rasmiy kanallar, ijtimiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish;
-har oyning 24-sanasiga qadar maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma hisobotlarni tuman xalq ta’limi bo‘limi (I.Jumaniyazova)ga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin
8.Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Yüklə 7,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə