Maktabgacha pedagokikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 55,12 Kb.
tarix29.06.2022
ölçüsü55,12 Kb.
#90209
Мустақил иш MAKTABGACHA PEDAGOKIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Pedagokika kollejining Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi yo‘nalishi (Sirtqi) talabasi

Yusupova Sevaraning



MAKTABGACHA PEDAGOKIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
mavzusidagi

OQDARYO TUMANI 2022 yil


MAVZU: MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI
REJA:
1. Maktabgacha ta’limda Maktabgacha pedagokikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tog‘risida umumiy tushuncha.
2. Maktabgacha pedagokikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
3. Maktabgacha pedagokikaning bola tarbiyasida tutgan o‘rni.

1. Maktabgacha ta’limda Maktabgacha pedagokikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi tog‘risida umumiy tushuncha.
Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgi laydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda peda­gogika etikaning axloq to'g'risidagi ta’limotiga, estetik tarbi­yaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
"Didaktika" grekcha so'z bo'lib, "o'qitish”, "o'rgatuvchi" de­gan ma'nolarni anglatadi. "Didaktika" so'zining lug'aviy tarjimasi "Ta’lim nazariyasi" demakdir. Ta'lim nazariyasi ta'lim jarayoni tushunchasi va mohiyatini, ta’lim tamoyillarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari mazmuni­ni aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta’limni tashkil etishdan iboratdir. Ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
2. Maktabgacha pedagokikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yuraktomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Hozir­gi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiya­si ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv siste­masining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pe­dagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiqarishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.

1-chizma






3. Maktabgacha pedagokikaning bola tarbiyasida tutgan o‘rni.
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pe­dagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir, Shunga ko'ra pedagogikaning psi­xologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, avvalo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogi­ka tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bi­lan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.



Umumiy pedagogika guruhi uzluksiz ta’lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabga­cha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasbhunar ta’limi pe­dagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan.
2-chizma

Yüklə 55,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə