Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim mazmuni latifa Zarifovna Qorayeva Navoiy viloyat xtxqtmo hududiy markazi Annotatsiya



Yüklə 37,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü37,51 Kb.
#154718
  1   2
maktabgacha-yoshdagi-bolalarga-beriladigan-ta-lim-mazmuni



MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA BERILADIGAN TA’LIM 
MAZMUNI 
 
Latifa Zarifovna Qorayeva 
Navoiy viloyat XTXQTMO hududiy markazi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda ta’lim mazmunini 
samarali tashkil etishning psixologik va pedagogik jihatlari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar:
 rivojlanish, ta’lim, hissiy bilish, tasviriy faoliyat. 
 
СОДЕРЖАНИЕ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО 
ВОЗРАСТА 
 
Латифа Зарифовна Кораева 
Региональный центр ПКПСНО Навоинской области 
 
Аннотация:
В данной статье рассматривается психологических и 
педагогических вопросы эффективной организации уроков в дошкольном 
образовании.
Ключевые слова:
Развивать, образование, интуиция, изобразительная 
деятельность. 
EDUCATION CONTENT FOR PRESCHOOL CHILDREN
Latifa Zarifovna Koraeva 
Regional center for CERPEE of the Navoi region 
Abstract:
In this article discusses the psychological and pedagogical issues of 
the effective organization of lessons in preschool education. 
Keywords:
 Develop, education, intuition, visual activity 
 
 
Bolaning o‘sishi, uning jamiyatimizga kerakli bo‘lgan yetuk shaxs sifatida 
voyaga yetishi muayyan qonunlarga bo‘ysunadi va bu qonunlar Prezidentimiz 
boshchiligida ishlab chiqilib izchil ta’riflab berilgan. 
Psixologlar bolaning rivojlanishi nazariyasini, bola irsiy tabiiy moyillik 
qobiliyatiga, tug‘ma qobiliyatning dastlabki kurtaklariga egadir, bu tug‘ma qobiliyat 
kurtaklari bola tug‘ilmasdanoq uning organizmiga joylashgan bo‘ladi deb 
ta’riflaydilar. Bu tabiiy qobiliyatlarini o‘zgartirish ancha murakkab, unga faqat 
tarbiyaviy omillar yuzasidan yondashib turish lozim bo‘ladi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
131
http://oac.dsmi-qf.uz


Bolaning psixologik xususiyatlari tez yoki sekin namayon bo‘lib boradi. 
Bolani tabiatini o‘zgartirish qiyin, bu sohada muvaffaqiyat qozonish mushkuldir. 
Tug‘ma biologik imkoniyatlar bola shaxsining tarkib topishida asosiy, hal qiluvchi 
axamiyatga egadir va bu psixik xususiyatlarning rivojlanishi, bu imkoniyatlarning 
pishib yetilishi o‘z-o‘ziga takomillashuvi demakdir. Buning uchun tegishli tashqi 
shart-sharoitlar bo‘lsa bas. Chunonchi, ta’lim tarbiya tug‘ma imkoniyatlarni namayon 
qilish va amalga oshirishning zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun 
bolalarnig psixik xususiyatlaridan farq tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi kuchiga 
bog‘liq. 
Binobarin, ta’lim va tarbiya, jamiyat talablariga javob beradigan muayyan 
shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning yosh avlodga ongli 
maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida hal etuvchi muhim omil 
hisoblanadi. Ma‘lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid 
qilish tabiatida bo‘ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan o‘zgacharoq 
fahmlaydi, kuzatadi. Undagi ba‘zi narsalarni o‘yiniga kiritadi va shu o‘yin vositasida 
o‘zini qurshab turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo‘ladi. Shuning 
barobarida, unda hodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi. 
Bolalar tabiat hodisalari, jonivorlar hayoti va harakatlariga taqlid qilib o‘ynar 
ekan, shu qatorda ularning ma‘nosini anglay boradi. Asta-sekin hayotiy tajriba 
orttiradi, qiyinchiliklarni yengishga, bu esa irodasini tarbiyalaydi. Ularda harakat 
ko‘nikmalari hosil bo‘ladi va tasavvur tobora boyib boradi. 
Bundan tashqari, o‘yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo‘lishi uchungina 
emas, balki ularni aqliy, ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhum 
ahamiyat kasb etadi. Ko‘plashib bajariladigan faoliyat turlarida bolalar maqsadga 
erishish uchun farosati va tadbirkorligini, qatiyatini ko‘rsatishi, jamoat oldida faqat 
o‘zining emas, balki o‘rtoqlarining hatti-harakatlari uchun ham javobgarlik hissini 
sezsa olishini shakillantirib borish zarur. 
Rivojlanish deganda odatda bir- biriga bog‘liq ikki faktor
1. Miyaning o‘z biologik, organik yetilish, uning anatomik-biologik tuzlishining 
takomillashuvi;
2. Psixik (aqliy) rivojlanishining ma’lum dinamik darajalarining ortib borishi 
tushuniladi. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik tuzilishining 
biologik yetilishi bilan bog‘liq. Ta’lim miyaning organik tuzilishini inkor eta 
olmaydi. Ta’lim bilan rivojlanish o‘zaro bog‘liqdir. Rivojlanish bilan ta’lim bir- 
biriga mustahkam bog‘liq bir butun jarayondir. Chunki ta’limsiz to‘la aqliy 
rivojlanish bo‘lmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar shaxsining kamol 
topishida bolalarga ma’lum darajada ta’lim berish katta ahamiyatga egadir. Bolalarga 
ta’lim berish bog‘cha yoshidanoq va undan oldinroq boshlanadi, chunki odam 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
132
http://oac.dsmi-qf.uz


ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanishi uchun juda ko‘p va murakkab bilimga ega 
bo‘lishi kerak. 
Bundan tashqari, ta’lim bolalarni har tomonlama rivojlantirishning eng zaruriy 
shartlaridandir. 
Bolalar qisqa davr ichida insoniyat jamiyat tomonidan yaratilgan juda ko‘p 
bilimlarni o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi.Sрuning uchun bizning Respublikamiz 
tarbiyaning maqsadlariga ko‘ra bolalarga ularning har bir yosh davrlarida, ya’ni 
oilada, yaslida, bog‘chada, maktab va oliygoрlarda ta’lim beriladi. Bolalarga 
beriladigan ta’limning mazmuni har bir yosh davrida bir-biridan keskin farq qiladi. 
Masalan: oilada va yaslida yasli yoshidagi bolalarga majburiy (bilim) ta’lim 
berilmaydi. Ular uchun kundalik hayotining o‘zi ta’limdan iborat bo‘lib, bu yoshdagi 
bolalar kundalik hayotlarida atrof- muhitdagi narsa va hodisalar bilan tanishadilar, 
xilma- xil narsalarni qollari bilan ushlab ko‘rib sinchiklab tekshiradilar. Bu yoshdagi 
bolalar kuchli hissiyotli va juda qiziquvchan bo‘ladilar.Ularning ana shu 
qiziquvchanligidan keng foydalanish lozim, ta’lim berishda ularni atrof –muhitdagi 
narsalar bilan bevosita tanishtirishdan ko‘rsatma material yaxshi natija beradi. 
Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim xarakteri esa tubdan farqli 
o‘zgarib, ta’lim jarayoni maxsus tuzilgan dastur asosida olib boriladi. Bu yoshdagi 
bolalarga beriladigan bilim darajasi yasli yoshdagi bolalarga beriladigan bilimlarga 
nisbatan juda kengaytirib boriladi. Bu bilimlarni o‘zlashtirish tarbiyachi tomonidan 
maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali amalga oshadi. 
Masalan: Elementlar matematika mashg‘uloti, ona tili mashg‘uloti, jismoniy 
tarbiya mashg‘uloti, rasm, loy, aplekatsiya konstruktivlash, kompyuter mashg‘uloti 
va boshqa shunga o‘xshash mashg‘ulotlar jumlasidandir. Bog‘chadagi ta’lim jarayoni 
mumkin qadar aniq, to‘liq holda va ko‘rsatmali vositalar bilan o‘tkazilishi kerak. 
Muntazam ravishda o‘tkaziladigan ana shunday mashg‘ulotlar natijisida bog‘cha 
yoshidagi bolalarda bilimlarni o‘zlashtirishga ishtiyoq, qiziqish, bilimlarga havas 
ortib boradi. Biroq ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalar ishini doim kuzatib turilsa, ular 
oldiga aniq maqsad va vazifalar belgilab berilsa, bu mashg‘ulotlar ham o‘yin 
faoliyatlari kabi g‘oyat qiziqarli va jozibali o‘tadi, bolalar mashg‘ulotlarda zerikmay, 
diqqat bilan ishtirok etishadi.
Undan tashqari bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsiy xislatlarining kamol topishida 
tasvirlash faoliyatining roli kattadir. Ma’lumki bog‘cha yoshidagi bolalarga rasm 
solish, loydan turli narsalar yasash, kubuklardan uychalar , ko‘priklar qurish singari 
mashg‘ulotlar juda yoqadi. Ular o‘z tasviriy faoliyatlarida tashqi muhitni, undagi 
narsalarni, tabiatni, hayvonlar dunyosini, aks ettirishni juda xohlaydilar va shunga 
intiladilar. Bog‘cha yoshdagi bolalar tasvirlash faoliyatining psixologik afzalligi 
mazkur faoliyatida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlarining mavjudligidan 
iboratdir. Bolalar o‘zlari istak, hohish, intilishlari ana shunday tasvirlash, rasm solish, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
133
http://oac.dsmi-qf.uz


loy, guldan biror narsa yasash, aplekatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. 
Shuning uchun bog‘cha yoshdagi bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo‘lsa 
ham ular o‘zlarining bunday faoliyatlarida atrofdagi narsa hodisalarni shunchaki 
tasvirlab qolmay, balki o‘zlaridan nimalarnidir qo‘shib, yangilik yaratishga harakat 
qiladilar. Bolalardagi ayrim qobilyatlar ularning tasvirlash faoliyatida juda erta 
namoyon bo‘la boshlaydi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyati juda sodda bo‘lib, ular o‘zlari 
tushunganiga va o‘z fikri bo‘yicha ish olib boradi, chunki ular hali yoshi katta 
kishilar kabi kuzatish qobiliyati o‘z tasavvurlari asosida amalga oshadi. Bu yoshdagi 
bolalarda tasvirlash faoliyati real voqelik emas balki o‘yin tarzida o‘tkaziladi. 
Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatini muntazam ravishda pedagogik 
jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa va tashkil etib borsa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga 
munosabatlari o‘zgaradi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini takomillashtirishda 
narsalardan nusxa ko‘chirish juda katta ahamiyatga egadir. Nusxa ko‘chirish orqali 
bolalarning kuzatuv qobiliyatlari, fantaziyasi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. 
Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta’limda ta’limni samarali tashkil qilish 
uchun avvalo bolaning psixologik holatini, uning ijodiy qolbiliyatlarini hamda aqliy 
jihatlarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 37,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə