Mavzu: 4-sinf o'qish darsligida mavzuni berilgan xalq maqollari bilan bog'lab o'rganish Mundarija Kirish I bob. 4-sinf o’quivchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda



Yüklə 56,1 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü56,1 Kb.
#140257
  1   2   3   4   5   6
4-sinf o\'qish darsligida mavzuni berilgan xalq maqollari bilan bog\'lab o\'rganish11


Mavzu: 4-sinf o'qish darsligida mavzuni berilgan xalq maqollari bilan bog'lab o'rganish
Mundarija
Kirish
I bob. 4-sinf o’quivchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari va 4-sinf o’quivchilarini nafosat va axloqiy tarbiyalash
1.1. 4-sinf o’quivchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan
foydalanish imkoniyatlari
1.2. Milliy an’analardan foydalanib 4-sinf o’quivchilarini nafosat va axloqiy tarbiyalash
II. bob. Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida va tarbiyaviy ahamiyati.
2.1. Xalq maqollari milliy qadriyat sifatida
2.2. 4-sinf o’quivchilarni tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Maqollar ko'p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini tugal fikr tarzida qat'iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so'zning ma'no xilma-xilligi, iboralarning turg'unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo qo'llanish o'rniga qarab ularning ma'no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi. Shuning uchun ham maqoldagi har bir so'zga alohida e'tibor berish kerak. Ularda shunday so'zlar borki, bu so'zlar tarixan butunlay boshqa ma'nolarni anglatgan. Bundan tashqari har bir millatning o’z diniy e’tiqodi, yashash uslubi, madaniyati, dunyoqarashi borki, ular folklorshunoslikda o’rganiladigan maqollarda qisman o’z aksini topadi. Millatni madaniyatini, xalqning o’zligini milliy qadriyatlarini ko’rsatuvchi, ifodalovchi omillardan biri bu shu xalqqagina xos bo’lgan xalq og’zaki ijodidir.
Xalq og’zaki ijodining takrorlanmas janrlari va o’ziga xos durdonalari bo’lib shulardan xalq o’g’zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo’lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo’lgan maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o’rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Folklorshunos olimlar asrlar davomida maqollar yuzasidan o’z mamlakatlarining olis qishloqlariga ekspeditsiyalar uyushtirib kelishmoqda va xalq tilidan yildan yilga turli mavzularga doir bo’lgan takrorlanmas maqollarni jamlab kelishmoqda.
Maqollar dunyo xalqlarining yillar davomida to’plangan dono hikmatlari namunalaridir. Maqollardan insonlar tarbiyaviy masalalarga xos bolgan tushunchalarni, ota bobolardan qolgan eng muhim boylik hisobida e’zozlab foydalanib kelishadi. Til, falsafa va badiiy ijodning o’ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo’lgan bir janrdir. O’zbek folklorshunosligida maqolga adabiy nuqtai nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiy til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so’z sanatkorlarining diqqat markazida bo’lgan.
Kurs ishi maqsadi: 4-sinf o'qish darsligida mavzuni berilgan xalq maqollari bilan bog'lab o'rganish haqida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Yüklə 56,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə