Mavzu: Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Quldorlik tizimi davridagi urushlar



Yüklə 147,9 Kb.
səhifə1/7
tarix12.06.2023
ölçüsü147,9 Kb.
#116771
  1   2   3   4   5   6   7
7-вариант-Қулдорлик даври урушлари


Mavzu: Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi.Quldorlik tizimi davridagi urushlar.


Reja.



  • O’rta Osiyo xududlarida eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi.

  • Eramizning IV-V asrlarida O’rta Osiyo xalqlarining qurollanishi va harbiy san’ati.

  • Iskandar Zulqarnaynning O’rta Osiyoni bosib olishi va uning oqibatlari.

  • Spitamenning Yunon - Makedon istilochilariga qarshi bosh ko’tarishi.

  • Iskandar Zulqarnayning O’rta Osiyoga bostirib kelishining oqibatlari.







Tariximiz ildizlari necha-necha ming yillarga borib taqaladi. O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O’zbekiston xududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani jahonga ma’lum.
Xar qaysi mamlakat, xar bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir.
Tarix arabcha so’z bo’lib, “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar xaqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatadi. Tarix insonlar xaqidagi, ularning uzoq o’tmishdan bizgacha etib kelgan hayotiy tajribasi xaqidagi fandir.
Tarix fanini oldiga qo’yilgan dolzarb masalalardan biri:
- yosh avlod ongida g’oyaviy-siyosiy, nazariy-ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi, voqea va xodisalar tarixiy nuqtai-nazardan yondoshadigan xar tomonlama etuk barkamol insonni tarbiyalash kerak.
- yoshlarimizni otashin harbiy-vatanparvarlik an’analari ruxida tarbiyalashi.
- yosh avlodni ulug’ xalqimizning oliyjanob milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: xalollik va poklik, odillik va adolatlilik, insonparvarlik va rostgo’ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, imon va e’tiqodlilik ruhida tarbiyalashi.
- yoshlarimizning baynalminalchilik ruhida tarbiyalash.
Yoshlarimiz fanni o’qish, o’rganish va mutoala qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar. Harbiy tarix fanining oldiga qo’yilgan dolzarb masalalardan biri esa:
Tarixiy faktlar asosida talabalarga qurol va qurolli to’qnashuvlarni rivojlanishini asosiy bosqichlari to’g’risida bilim berishi. Konkret tarixiy masalalarda xalq ommasining va xalq sarkardalarining jang olib borishi san’atini rivojlanishiga qo’shgan hissalarini ko’rsatish;
O’zbekiston Qurolli Kuchlari tarixini o’rganish; Talabalarni vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhida tarbiyalash, ularni o’z Vataniga sadoqatlilik, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, jangovar quroli va harbiy san’atiga ishonch, g’alabaga intiluvchanlik tuyg’ularini rivojlantirish.

Yüklə 147,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə