Mavzu: Eng qadimgi quldorlik davlatlarini tashkil topishi. Quldorlik tizimi davridagi urushlar


Qul bir yoki bir necha xo’jayinnning shaxsiy mulki hisoblangan



Yüklə 147,9 Kb.
səhifə3/7
tarix12.06.2023
ölçüsü147,9 Kb.
#116771
1   2   3   4   5   6   7
7-вариант-Қулдорлик даври урушлари

1. Qul bir yoki bir necha xo’jayinnning shaxsiy mulki hisoblangan.
2. Qul ishlab chiqarish vositalarga ega bo’lmagan.
3. Qul eskpluatatsiyaga noiqtisodiy yo’l bilan majbur etilgan.
Agar Gretsiya va Rimda qulchilik munosabatlari ijtimoiy taraqqiyotning eng yuqori cho’qqisiga ko’tarilgan va ijtimoiy turmush tarzi to’la tarzda belgilangan bo’lsa, markaziy Osiyoda uning aksini ko’ramiz. Bu erda qulchilik sifatida mavjud bo’lsada, jamoa mavqei katta bo’lganligidan u taraqqiyotning yuqori darajasiga ko’tarila olmagan.
Markaziy Osiyoning o’ziga xos tabiiy, geografik va xo’jalik iqtisodiy sharoitlari, xususan bu erda sug’orma dexqonchilik madaniyatining ustunligi qullar mehnatiga nisbatan, dehqonlar mehnatini ustunroq mavqeida bo’lishini ta’minladi. Chunki dehqon ko’p ishlasa, ko’p hosil etishtirsa, ko’p daromad va foyda oladi. Qul esa ishlasa-ishlamasa xo’jayin beradigan bir burda non uchun o’zgarmas nasibaga ega bo’lgan. Shu boisdan, Markaziy Osiyoda qulchilik Misr, Gretsiya, Vaviloniya singari davlatlardagidek sinfiy jamiyat darajasida rivojlanmagan. Ammo XX asr boshlarigacha ham bu erda qul savdosi davom etganligini aloxida ta’kidlash lozim. Yozma manba’larda qadim zamonlarda, Amudaryo, Sirdaryo-Yaksart va Zarafshon esa Politimit deb atalgan. Markaziy Osiyoning keng xududlarida yashagan xalqlar u zamonlarda Skiflar nomi bilan yuritilgan. Skiflar tarixi to’g’risida yunon muarrixlari juda qimmatli ma’lumotlar berdilar. Jumladan, Pompey Tron skiflarni dunyodagi eng qadimiy xalqlardan biri deb hisoblaydilar, «Qadimiylikda ular misrliklar bilan baxslashadilar». «Skif» so’zi xalqning aniq nomi emas, balki ularning turmushining sifatlovchi ma’noni anglatgan. Yaqin o’tmishlarga qadar ham dasht va sahrolarda yashovchi xalqning maishiy turmushini anglatuvchi «Saqrat», «Sartlar» kabi iboralar ishlatilib kelinganligi tarixda sir emas.
Yunon muarrixlarining ma’lumotlariga qaraganda, skiflar qadimda g’arbda, Dnepr daryosidan tortib Sharqda Tyang’-Shang’ tog’larigacha cho’zilgan, dasht va saxrolarda yashaganlar. Ularning qabilalari Massaget, Day, Shak, Sak, Debrik kabi nomlar bilan atalgan.
Qadimgi skif qabilalarining Volga, Don, Dnepr, Dunay daryolari bo’ylarida yashaganliklarini qayd etgan olim A.B.Ditmer «Skifiyadan Elefantingacha» nomli asarida: «Skiflar O’rta Osiyodan tarqalgan edi», deydi. Uning yozishicha, skiflarning tili shimoliy Eron tillari guruxiga kiradi va Sak-Massaget qabilalari bilan urug’doshdirlar.



Yüklə 147,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə