Mavzu: G’ildirak juftligi Reja: G’ildirak juftligi ta’miri G’ildirak juftligi defektlari tasnifi



Yüklə 47,02 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü47,02 Kb.
#166258
  1   2   3   4
” 2023 «radiotexnik o’lchovlar»



Mavzu: G’ildirak juftligi
Reja:
1. G’ildirak juftligi ta’miri
2. G’ildirak juftligi defektlari tasnifi
3. G’ildirak juftligini tashqil qilish
G’ildirak juftliliga ekspluatatsiya davrida quyiladigan talablar G’ildirak juftligi ish davrida vagon ostida eyiladi va shikastlanadi. Yeyilish va shikastlanish ro`y berib harakat xavfsizligiga xavf soladigan darajaga etsa g’ildirak juftligi ekspluatatsiyadan tuxtatiladi va jihozlar tarkibidan chiqariladi. O`zbekiston Respublikasi temir yo`l texnik ekspluatatsiyasi qoidalarining 154 - punktiga binoan harakatdagi vagonlarda g’ildirak juftligining istalgan erida yoriq yoki darz qancha, shuningdek boshqa erlarda ham bunday xollar yuz beridagan bo`lib, u harakat xavfsizligiga putur yetkazadigan qancha bunday poyezd vagonlari ekspluatatsiyadan tuxtatiladi. Bunday yeyilish va shikastlanishga quyidagilar kiritiladi: keragidan ortiq va kam bo`lgan o`lchamlardagi g’ildiraklarni ishlatish; taroqsimon kesma va o`tkir uchli to`sin, visherbinlar va sirpanish yuzalardagi rakovinalar; g’ildirak chambaragi tashqi qismining yuza ajraluvi. Ekspluatatsiyaga yana shunday g’ildirak juftliklari qo`yilmaydiki, qaysiki g’ildirak yon qismining istalgan erida darz qancha, bo`yincha va tirsaklarida tirnalgan va rijimlangan qismlar qancha, o`qning o`rta qismida eyilgan va ishqalangan erlari qancha; badanida payvand sachratqilari va sim koldiklari qancha; ichki belbog’ o`lchovlari namunadagidan katta yoki kichik qancha; g’ildirak gupchagi (stupitsasi) siljigan yoki bo`shashgan bo`lgan.

G’ildirak juftligi defektlari tasnifi
Yo`l va harakat tarkibi o`zaro ta’siri natijasida g’ildirakning rels bilan kontaktda bo`ladigan joylarida kontakt kuchlanishi hosil bo`ladi. Oqibatda g’ildirak harakati davomida relsda tabiiy ravishda yeyilish vujudga keladi. SHuningdek, egiluvchan plastik deformatsiya va charchov tufayli parchalanishlar hosil bo`ladi. 56 G’ildirak juftligi o`qi katta qiymatdagi statik va dinamik yuklamalar ta’sirida ishlab, ishorasi o`zgaruvchan egiluvchi kuchlanishlar ta’sirida bo`ladi. O`q qo`shimcha kuchlanishlarni presslangan ulamalarning g’ildirak bilan birlashgan erlarida “xis” etib, izlardan keladigan zarbaviy kuchlarga bardosh beradi. Agarda g’ildirak rels bilan birlashgan yuzalar - joylarda defektlar qancha - bu harakat uchun xavfli bo`lgan xodisalarni keltirib chiqaradi. Natijada o`qda maxalliy o`ta kuchlanishlar hosil bo`lib, metallardan charchash xodisalari tufayli xarxil darzlanishlarni keltirib chiqaradi. G’ildirak juftligi defektlari (nosozliklar) ikki belgi o`nli tizimi bilan tasniflanadi
5.3. G’ildirak juftligini texnik xolatini kontrol qilish tizimi G’ildirak juftligini ishga yaroq holda ushlab turishlik uni tekshirish, ishga yaroqliligini aniqlash, ta’mirlash va yana joyiga o`rnatish kabi ishlar xajmi, tekshirish va qurish muddatlari tartibda kuzda tutilgan. G’ildirak juftligi kurigi to`g’rdan - to`g’ri vagon ostida o`tkaziladi. Bunday ishlar tranzit poyezdlar vagonlariga texnik xizmat ko`rsatishda, poyezdlar tashkil etiluvchi stansiyalarda texnik kuruvdan utuvchi vagonlar to`xtab turgan stansiyalarda, ta’mirlash uchun poyezddan ajratilgan vagonlarda, kuzatuv postlari va boshqa texnik xizmat ko`rsatuv postlarida o`tkaziladi. Vagon ostidagi g’ildirak juftligini kuzatuv natijasida sirpongich, g’ildirak va o`q o`rtalaridagi darzlar aniqlanib, prokatga baho beriladi, natijada bu defektlarni oldi olinishiga yo`l ko`rsatiladi. G’ildirak juftligi xolatini xulosalash ikki xil bo`ladi: oddiy va to`liq xulosalash (TSVg’3429 instruksiyasi). Oddiy xulosalashda g’ildirak juftligini xarbir podkatkada vagon ostida ikki yetapda, ya’ni dastlabki va yakuniy xulosalanadi. Dastavval g’ildirak juftligini ifloslikdan tozalashdan oldin tekshiriladi. Birqancha belgilarga
asosan o`q va g’ildiraklarda darz bor - yo`qligi hamda zaif burama - maxkamlagichlar va stupitsanig o`qka nisbatan siljish xolati aniqlanadi. Darz borligini changdan valik va nam havoda zang alomatlari, kishda esa darz atrofii qor va shudring bilan qoplanishi bilay aniqlanadi. Bo`yoqlarning bo`rtib shishishi stupitsaning o`q bilan to`qnashuv eri atrofida darz borligidan nishona beradi. Bo`yoq kavatining shishishi yoki xalqa bo`laklari metallining yaltirashi yoki zangi stupitsaning g’ildirak o`qi bilan birlashuvi bo`shashganligidan darak beradi. Ifloslik va moydan tozalangan g’ildirak juftligi oxirgi kurikdan o`tadi. Bunda asosiy e’tibor dastlabki ko`rikda aniqlangan defektlarga karatiladi, o`qning o`rta qismi magnitli defetoskop bilan tekshiriladi, elementlar xolati va ular o`lchovlarining va eiilishlarining qo`yilgan talablarga mosligi va javob beraolishligi aniqlanadi. G’ildirak juftligini to`la xulosalashni ta’mirlash va elementlarni almashtirishni uyushtirishda, g’ildirakni siljishga tekshirilgandan so`ng, buksani to`la taftish kilinganda, vagonlarni kapital ta’mirlashdan so`ng, vagonning izidan chiqib ketganda, g’ildirakni profil bo`yicha bir marotaba yunilganda bajariladi. G’ildirak o`qini dastlabki tekshiruvdan so`ng to`la xulosalashni o`tkazilganda buksalarni demontaj qilib, uni ifloslik va eski buyolardan tozalanadi, so`ngra maxsus yuvuvchi mashinalarda yuviladi. Tozalangan g’ildirak juftligini tekshiruvdan o`tkaziladi, magnitli defektoskopda o`qning o`rta qismi, bo`yinchasi ham tekshiriladi, g’ildirak juftligining barcha elementlari o`lchangandan so`ng ta’mir xajmi aniqlanadi.
5.4. G’ildirak juftligini ta’mirlash G’ildirak juftligi ta’miri ikki xil o`tkaziladi: elementlar almashtirmasdan va almashtirilib chiqarilib ta’mirlash. 5.4.1. G’ildirak juftligini uning elementlarini almashtirmasdan ta’mirlash G’ildirak juftligini uning elementlarini almashtirmasdan ta’mirlash kuzga tashlangan presslov operatsiyalari bilan bog’liq bo`lmagan nosozliklarni tuzatishdan iborat. Bunda asosiy ish o`q bo`yinchasi va g’ildirakni belbog’i bo`ylab mexanik ishlov berishdan iborat. G’ildirak aylnuv yuzasini ta’mirdashda iloji boricha undan kam yuza shilinishi zarur. Bu, albatta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, chunki ishlov beriladigan yuza qattiq materialdan bo`lgan qoplamadan iborat bo`lib, uklyopka bilan maxkamlangan. Bu qiyinchilikdan qutilish maqsadida sun’iy ravishda olinadigan qatlam kolipligini oshirish va barcha operatsiyalarni klyopka qilinmagan metall qatlamida bajarish kerak. Biroq bu xol peretochkalar soni kamaytiradi va buning oqibatida g’ildirak ishlash muddati kamayadi. Bu kamchilikni yo`qotish maqsadida g’ildirak aylanish yuzasini dastlabki kuydirib yumshatuvchi qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan. Buning uchun eng samarali usul sifatida yuqori chastotali tok bilan induksion kizitish usuli tan olingan. Bunda metallning eng yuqori qatlami yuqori darajada qiziydi va naklep kamayadi. Ushbu texnologiyani qo`llashlik minimal qalinlikdagi kirindini olgan xolda g’ildirak juftligiga ishlov berishlikni ta’minlaydi. Bunda g’ildirak juftligi ishlash muddati taxminan ikki barobar ortadi va qirquvchi asbobni keskin tejaydi. Keyingi vaqtlarda taroq yeyilishi kuchayib ketdi. Natijada g’ildirash yuzasi va taroqni dastgohda tiklash va ishlov berish jarayonlari qiyinlashdi. Shu bois taroqlarni tiklash suyultirib qoplash texnologiyasi asosida olib borishlikka mo`ljallandi. G’ildiraklar o`rtacha uglerodistik po`latdan yasaladi. Bunday metallar juda qiyin payvandlanadi. Shunga ko`ra suyultirib qoplash texnologiyasi qo`llaganda qaynoq (kristallizatsion) darzlar paydo bo`lishini oldini olish maqsadida birqancha shart - sharoitlarni bajarish talab etiladi. Buning uchun XAD - 112 bo`yincha - suyultiruv stanogi asosida maxsus texnologiya yaratilgan. Unga asosan g’ildirak tarok zonasida 250°S atrofida kizdiriladi va maxsus xona - kabinada ishlovlar olib boriladi. Asosiy e’tibor - ishlov berish davrida elgizak bo`lmasligini ta’minlash va g’ildiraklarning ishlov berilgandan so`ng asta - sekinlik bilan sovutilishini ta’minlashdan iborat. Bunda ishlovdan chiqqan g’ildirak juftligini iz - relslarga qo`shishlik mumkin emas. Sv - 08XM va Sv - 08 - GA turidagi payvandlov simlarini I - 330 - 350 A tokda, eritish tezligi Vv q 20- 25m/soat bo`lganda, flyuslar - AN - 348 A, ANTS - 1 quridagilar qo`llanilganda darzlardan xole bo`lishlik kuzatildi. Bunda xarorat 350-400°S da quritish shkafida 1-2 soat saqlanishi lozim. Shundan so`ng g’ildirak aylanish yo`nalishi bo`yicha yo`naladi (bu to`g’rida yuqorida bayon qilingan). Bundan keyin g’ildirak juftligi o`qining o`rta qismi magnitli - kuqunli (poroshokli) defektoskop, stupitsalar, o`q va bo`yin qismlari ultratovushli defektoskopiyadan (agarda podshipniklar ichki xalqalari olinmasa) hamda ultratokli defektoskopiyadan tegishli ko`rsatmalarga asosan o`tishi zarur. TSV/3429 - son ko`rsatma asosida g’ildirak juftligi parametrlari ulchangandan so`ng bu parametrlar tegishli talablarga to`g’ri keladigan qancha, juftlikka belgi - muxr qo`yilib, u buyaladi.

Yüklə 47,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə